110-rasm.Qo‘l kafti arteriyalari. Yuza kaft ravog‘i
1-arcus palmaris superficialis; 2-aa. digitales palmares communes; 3-aa. metacapreae palmares; 4-aa. digitales palmares propriae; 5-r. palmaris superficialis a. radialis; 6-a. radialis; 7-retinaculum flexorum; 8-a. ulnaris;
9-r. palmaris profundus a. ulnaris.
2.Kaft ustining kaft to‘rining (rete carpi palmare) shoxlari bilak-kaft oldi va kaft usti suyaklariaro bo‘g‘imlarni qon bilan ta’minlaydi.
Qo‘l panjasining kaft yuzasida yuzaki va chuqur arteriya ravoqlari joylashgan.
1.Qo‘l kaftining yuzaki ravog‘i (arcus palmaris superficialis) tirsak arteriyasining uchi bilan bilak arteriyasining yuza kaft tarmog‘ining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi (110-rasm). Bu ravoq kaft aponevrozi ostida joylashgan bo‘lib, undan to‘rtta umumiy kaft barmoq arteriyalari (aa. digitales palmaris communis) chiqadi. Ular pastga tomon yo‘nalib, uchtasi kaft-barmoq bo‘g‘imi yaqinida ikkitadan xususiy barmoq arteriyalariga (aa. digitales palmaris propriae) bo‘linib II-V barmoqlarning bir biriga qaragan yuzalariga tarqaladi. To‘rtinchi arteriya nisbatan kichik bo‘lib, V barmoqning tirsak suyagi tomondagi yuzasiga tarqaladi.
2.Kaftning chuqur ravog‘i (arcus palmaris profundus) bilak arteriyasining uchi bilan tirsak arteriyasining chuqur kaft tarmog‘i qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu ravoq suyaklararo mushaklarning ustida yotadi. Undan uchta aa. metacarpeae palmaris chiqadi. Ular suyaklararo mushaklarni qon bilan ta’minlab, kaft-barmoq bo‘g‘imi yaqinida a.digitalis palmaris communis ga qo‘shilib ketadi. A. a. metacarpeae palmaris dan chiqqan uchta teshib o‘tuvchi arteriya suyaklararo mushaklarni teshib o‘tib aa. metacarpeae dorsales lar bilan anastomozlashadi.
Pastga tushuvchi aorta
Pastga tushuvchi aorta (aorta decendens) (111-rasm) aortaning eng uzun qismi. U ko‘krak va qorin qismlariga bo‘linadi. Pastga tushuvchi aorta bolalarda IV ko‘krak umurtqasi sohasidan boshlanib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab V bel umurtqasi sohasigacha tushadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq aortasi diametri 18-20 mm bo‘lsa, balog‘at davrida 4 sm ga yetadi. Bu davrda pastga tushuvchi aortaning ko‘krak qismi qorin qismiga nisbatan tez o‘sadi.
Aortaning ko‘krak qismi
Pastga tushuvchi aortaning ko‘krak qismi (aorta thoracica) ko‘krak qafasida orqa ko‘ks oralig‘ida yotadi. Undan ko‘krak qafasi devoriga boruvchi parietal va ichki a’zolarga boruvchi vistseral tarmoqlar chiqadi.
Ko‘krak aortasining parietal tarmoqlari quyidagilar:
1.Qovurg‘alararo orqa arteriyalar (a. intercostalis posteriores) 10 juft (111-rasm) bo‘lib, III-XII qovurg‘alar oralig‘ida, qovurg‘a egatida tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar o‘rtasida yotadi. Bu arteriyalar qovurg‘alararo mushaklarni, qovurg‘ani va ko‘krak terisini qon bilan ta’minlaydi. Orqa qovurg‘alararo arteriyalardan qovurg‘a boshining pastki chekkasida orqa mushaklari va terisiga orqa tarmoq (r. dorsalis), undanumurtqalararo teshik orqali kirib orqa miya va uning pardalarini qon bilan ta’minlovchi orqa miya tarmog‘i (r. spinalis) chiqadi. Orqa qovurg‘alararo arteriyaning lateral va medial teri shoxlari (rr. cutanei medialis et lateralis) ko‘krak va qorin terisini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari IV-VI qovurg‘alararo arteriyalardan sut bezlari tarmoqlari (rr. mamaria lateralis) ham chiqadi. XII orqa qovurg‘alararo arteriya XII qovurg‘a ostida yotgani uchun qovurg‘a osti arteriyasi (a. subcostalis) deb ataladi. X-XII orqa qovurg‘alararo arteriyalar qorin qiyshiq mushaklari orasidan o‘tib, qorin ustining ustki arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashadi.
2.Diafragmaning ustki arteriyasi (a. phrenicae superioris) juft, aortadan diafragmani ustida boshlanib, uning bel qismini va uni qoplagan parietal plevrani qon bilan ta’minlaydi.
111-rasm.Aorta va uning shoxlari
1-pars thoracica aortae; 2-aa. intercostales posteriores; 3-truncus coeliacus; 4-aa. lubales; 5-bifurcatio aortae; 6-a. sacralis mediana; 7-a. ilica communis dextra; 8-pars abdominalis aortae; 9-a. mesenterica inferior; 10-a. testicularis dextra; 11-a. renalis dextra; 12-a. mesenterica superior; 13-a. phrenica inferior dextra; 14-bulbus aortae; 15-a. coronaria dextra; 16-pars ascendens aortae; 17-arcus aortae; 18-truncus brachiocephalicus; 19-a.carotis communis sinistra; 20-a. subclavia sinistra.
1.Bronx tarmoqlari (rr. bronchiales) 2-3 ta bo‘lib, bronxlar devorini va o‘pka to‘qimasini qon bilan ta’minlaydi.
2.Qizilo‘ngach tarmoqlari (rr. esophageales) 1-5 ta bo‘lib, aortaning turli sohalaridan boshlanib, qizilo‘ngach devorini qon bilan ta’minlaydi.
3.Perikard tarmoqlari (rr. pericardiaci) perikardni qon bilan ta’minlaydi.
4.Ko‘ks oralig‘i tarmoqlari (rr. mediastinales) orqa ko‘ks oralig‘i biriktiruvchi to‘qimasini, limfa tugunlarini qon bilan ta’minlaydi.
Aortaning qorin qismi
Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) ko‘krak aortasining bevosita davomi bo‘lib, bel umurtqalari oldida joylashadi. U XII ko‘krak umurtqasi sohasida boshlanadi. IV bel umurtqasi sohasida qorin aortasi aorta bifurkatsiyasini (bifurcatio aortica) hosil qilib ikkita umumiy yonbosh arteriyasiga bo‘linadi. Aortaning o‘zi ingichka o‘rta dumg‘aza arteriyasi (a. sacralis media) bo‘lib, dumg’aza suyagining chanoq yuzasidan pastga kichik chanoqqa qarab yo’naladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda qorin aortasining boshlanish joyi XI ko‘krak umurtqasi sohasida bo‘lib, ikkinchi bolalik davrida XII ko‘krak umurtqasining o‘rtasiga, o‘spirinlik davrida XII ko‘krak umurtqasining pastki 1/3 gacha tushadi. Qorin aotasining uzunligi yangi tug‘ilgan chaqaloqda 5 sm, diametri 5,5-6,8 mm bo‘ladi. Yoshga qarab uning uzunligi o‘zgarib erta bolalik davrida 7 sm, bolalikning birinchi davri oxirida 8 sm, bolalikning ikkinchi davrida 9,5 sm, o‘smirlik davrida 12,5 sm bo‘ladi.
Aortaning qorin qismidan parietal va visseral tarmoqlar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |