106-rasm. O‘mrov osti arteriyasi tarmoqlari.
1-ko’tariluvchi аорта; 2-truncus brachiocephalicus; 3-a.carotis communis sinistra; 4-arcus аоrtаe; 5-aorta desendens; 6-a.subclavia;
7-a.vertebralis; 8-tr.thyrocervicalis; 9-tr.costocervicalis; 10-a.transversa cervicis; 11-a.thoracica interna; 12-a.musculophrenica;
13-a.epigastrica superior.
4. Bo‘yinning yuza arteriyasi (a. cervicalis superficialis) yuqoriga narvonsimon mushaklarni old yuzasi bo‘ylab ko‘tarilib narvonsimon mushaklarga tarmoq beradi. Lateral tomonga burilib, o‘mrov ustidan o‘tib trapetsiyasimon, rombsimon va orqaning yuqorigi tishsimon mushagini qon bilan ta’minlaydi.
O‘mrov osti arteriyasining ikkinchi qismidan qovurg‘a-bo‘yin poyasi (truncus costocervicalis) chiqadi. Bu arteriya narvonsimon mushaklar oralig‘idan boshlanib, ikki shoxga: bo‘yinning chuqur arteriyasi va qovurg‘alararo ustki arteriyaga bo‘linadi. Bo‘yinning chuqur arteriyasi (a. сervicalis profunda) orqa tomonga yo‘nalib bo‘yin va boshning yarim qirrali mushagini qon bilan ta’minlaydi. Qovurg‘alararo ustki arteriya (a. intercîstalis suprema) pastga yo‘nalib I qovurg‘aro sohani qon bilan ta’minlovchi (a. intercostalis posterior prima) va II qovurg‘aro sohani qon blan ta’minlovchi (a. intercostalis posterior secunda) ga bo‘linadi.
O‘mrov osti arteriyasining uchinchi qismidan bo‘yinning ko’ndalang arteriyasi (a. transversa coli) oldingi narvonsimon mushakning lateral chekkasi sohasida boshlanib, kurak o‘simtasining medial uchi sohasida ikki tarmoqqa bo‘linadi: a) yuzaki tarmoq (r. superficialis) kurakni ko‘taruvchi, bo‘yinning tasmasimon va trapetsiyasimon mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. b) chuqur tarmoq (r. profundus) pastga yo‘nalib rombsimon, orqaning yuqorigi tishsimon, kurak osti va orqaning keng mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
O‘mrov osti arteriyasining diametri bola tug‘ilganidan to‘rt yoshgacha bo‘lgan davrda tez o‘sadi. Uning tarmoqlaridan biri umurtqa arteriyasi bolalikning ayrim davrlarida bir tekis o‘smay, o‘smirlik davrida uch martaga yaqin kattalashib kengligi o‘rtacha 3 mm, uzunligi 27 mm bo‘ladi. O‘ng va chap umurtqa arteriyalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan asosiy arteriyaning o‘lchamlari turli davrlarda turlicha o‘zgarib, o‘smirlik davrida kengligi 3,2 mm, uzunligi 3 sm ga yetadi. Uning oxirgi tarmog‘i bo‘lgan miyaning orqa arteriyasini kengligi homila hayotining ikkinchi yarmida 0,9 mm bo‘lsa, o‘smirlik davrida 2,54 mm. Uning uzunligi esa bu davrlarda o‘rtacha 4,25 sm va 8,7 sm bo‘ladi
Qo‘ltiq osti arteriyasi.
Qo‘ltiq osti arteriyasi (a. axillaris) o‘mrov osti arteriyasining bevosita davomi (107, 108rasm) bo‘lib, qo‘ltiq osti chuqurchasida yelka chigali poyalari o‘rtasida joylashgan. Katta ko‘krak mushagining pastki chekkasida u yelka arteriyasiga o‘tib ketadi. Qo‘ltiq osti arteriyasi uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Uning birinchi qismi ko‘krak-o‘mrov uchburchagi sohasida quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Ko‘krakning yuqorigi arteriyasi (a. thoracica superior) tarmoqlari I-II qovurg‘a oralig‘iga yo‘naladi. U qovurg‘alararo mushaklar va omrov osti, katta, kichik ko‘krak, oldingi tishsimon mushaklarga tarmoqlar beradi.
2.Ko‘krak qafasi va akromion o‘simtasi arteriyasi (a. thoroco-acromialis) kichik ko‘krak mushagining yuqori chekkasi sohasida boshlanib, to‘rtta tarmoqqa bo‘linadi: akromion tarmog‘i (r. acromialis) akromion-o‘mrov bo‘g‘imi, qisman yelka bo‘g‘imi haltasini qon bilan ta’minlaydi; o‘mrov tarmog‘i (r. clavicularis) o‘mrov suyagi va o‘mrov osti mushagini qon bilan ta’minlaydi; deltasimon tarmog‘i (r. deltoideus) deltasimon va katta ko‘krak mushagi va ularni qoplagan terini qon bilan ta’minlaydi; ko‘krak tarmoqlari (rr. pectorales) katta va kichik ko’krak mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Qo‘ltiq osti arteriyasining ikkinchi qismi, ko‘krak uchburchagi sohasida undan ko‘krakning lateral arteriyasi (a. thoracica lateralis) chiqib oldingi tishsimon mushakni tashqi yuzasi bo‘ylab pastga yo‘nalib uni qon bilan ta’minlaydi. Undan sut bezlariga rr. mammaria lateralis chiqadi.
Uchinchi qism ko‘krak osti uchburchagi sohasida quyidagi arteriyalar chiqadi:
4.Kurak osti arteriyasi (a. subscapularis) qo‘ltiq osti arteriyasining eng yirik tarmog‘i bo‘lib ikkiga bo’linadi: a)ko‘krak orqa arteriyasi (a. thorocodorsalis) kurakning lateral chekkasi bo‘ylab yunalib, oldingi tishsimon, kurak osti, katta yumaloq va orqaning serbar mushagini qon bilan ta’minlaydi. b) kurak suyagini aylanib o‘tuvchi arteriya (a. sircumflexa scapulae) uch tomonli teshik orqali kurakni orqa yuzasiga o‘tib, kurak qirrsi ustidagi, kurak qirrasi ostidagi, kichik yumaloq mushaklarni va shu soha terisini qon bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |