£он томирлар тизимининг умумий анатомияси


-rasm. Bosh miya asosidagi arterial halqalarning hosil bo‘lishi



Download 458,5 Kb.
bet10/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3

105-rasm. Bosh miya asosidagi arterial halqalarning hosil bo‘lishi.
1-a.cerebri anterior; 2-a.carotis interna; 3-a.cerebri media; 4-a.communicans posterior; 5-a.cerebri posterior; 6-a.basilaris; 7-a.vertebralis; 8-a.spinalis posterior; 9-a.spinalis anterior; 10-a.communicans anterior.

3.Tomirli chigal arteriyasi (a.choroidea) ichki uyqu arteriyasidan chiqib, yon qorinchalarning pastki shoxiga, so‘ngra III qorinchaga kiradi. Uning tarmoqlari qorinchalar tomirli chigalini hosil qilishda ishtirok etadi. Shuningdek uning tarmoqlari ko‘ruv trakti, tashqi tizzachali tana, bazal o’zaklar va gipotalamus o‘zaklarini qon bilan ta’minlaydi.


4.Orqa qo‘shuvchi arteriya (a.communicans posterior) orqaga ko‘prik tomonga yo‘nalib, uning oldingi chekkasida o‘mrov osti arteriyasining tarmog’i bo‘lgan miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi. Buning natijasida bosh miyaning asosida ichki uyqu arteriyasi va o‘mrov osti arteriyasining tarmoqlarini o‘zaro anastomozlashuvidan bosh miyaning arterial halqasi (Villiziy qon aylanish doirasi) (105-rasm) (circulus arteriosus cerebri) hosil bo‘ladi. Bu halqa bosh miyani bir me’yorda qon bilan ta’minlanishini boshqarib turadi.
Homila hayotining ikkinchi yarmida ichki uyqu arteriyasining kalla ichi qismining kengligi 1,86 mm, uzunligi 4,9 mm bo‘ladi. Bola tug‘ilganidan keyin uning o‘lchamlari emizikli, erta bolalik va bolalikning ikkinchi davrlarida sezilarli o‘sadi. Uning kengligi o‘smirlik davrida o‘rtacha 3,87 mm, uzunligi 6,94 mm bo‘ladi. Bu davr davomida miyaning oldingi arteriyasining kengligi 2 marta, uzunligi esa uch marta kattalashadi. Ichki uyqu arteriyasining eng katta tarmog‘i bo‘lgan o‘rta miya arteriyasining o‘lchamlari bosh miyaning o‘sishiga mos ravishda o‘zgarib boradi


O‘mrov osti arteriyasi
O‘mrov osti arteriyasi (a. subclavia) o‘ng tomonda yelka-bosh poyasidan, chap tomonda bevosita aorta ravog‘idan boshlanadi. Shuning uchun chap o‘mrov osti arteriyasi o‘ngidan 4 sm uzunroq. O‘mrov osti arteriyasi ko‘krak bo‘shlig‘ining ustki aperturasidan chiqib, narvonsimon mushak oralig‘idan o‘mrov ostiga o‘tib, I qovurg‘aning shu nomdagi egatida yotadi. I qovurg‘aning lateral chekkasidan qo‘ltiq osti chuqurchasiga o‘tadi va qo‘ltiq osti arteriyasiga davom etadi. O‘mrov osti arteriyasi shartli ravishda uch qismga bo‘linib o‘rganiladi (106-rasm). 1.Boshlangan joydan oldingi narvonsimon mushakning oldingi chekkasigacha. 2. Narvonsimon mushaklar oralig‘i. 3.Narvonsimon mushak oralig‘idan chiqqanidan to I qovurg‘aning lateral chekkasigacha.
O‘mrov arteriyasining birinchi qismidan umurtqa arteriyasi, ko‘krakning ichki arteriyasi va qalqonsimon-bo‘yin poyasi chiqadi.
I.Umurtqa arteriyasi (a. vertebralis) VII bo‘yin umurtqasi sohasida chiqib, VI bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang teshigiga kiradi. So‘ngra arteriya bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang teshiklari orqali yuqoriga yo‘naladi. Atlantning ko‘ndalang teshigidan chiqib o‘z nomidagi egatda yotadi. Keyin arteriya orqa atlant-ensa pardasini teshib o‘tib, ensa suyagining katta teshigi orqali kalla ichiga kiradi. Ko‘prikning orqa chekkasida ikkala arteriya o‘zaro birikib asosiy arteriyani (a. basillaris) hosil qiladi. Umurtqa arteriyasi ikki: bo‘yin (pars cervicalis) va kalla ichi (pars intracranialis) qismlariga bo‘lib o‘ganiladi. Umurtqa arteriyasining bo‘yin qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1.Orqa miya tarmoqlari (rr. spinales) umurtqalararo teshikdan o‘tib orqa miyani bo‘yin segmentlarini qon bilan ta’minlashda qatnashadi. 2. Mushak tarmoqlari (rr. muscularis) bo‘yinning chuqur mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Umurtqa arteriyasining kalla ichi qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.Orqa miyaning orqa arteriyasi (a. spinalis posterior) orqa miyaning orqa yuzasidan pastga tomon tushib o‘z nomidagi qarama-qarshi arteriya bilan anastomozlashadi. 2.Orqa miyaning oldingi arteriyasi (a. spinalis anterior) qarama-qarshi tomondagi shu nomli arteriya bilan qo‘shilib, oldingi o‘rta yoriq bo‘ylab pastga yo‘naladi. Bu yerda old tomonda umurtqa arteriyalarini, orqa tomonda orqa miyaning oldingi arteriyalarini o‘zaro qo‘shilishidan yana bir arterial halqa (Zaxarchenko halqasi) hosil bo‘ladi. 3.Miyachaning pastki orqa arteriyasi (a. cerebelli inferior posterior) miyachaning orqa pastki qismlariga tarqaladi. 4. Uzunchoq miyaga yo‘naluvchi medial shoxlar (rr.medullares medialis). 5. Uzunchoq miyaga yo‘naluvchi lateral shoxlar (rr.medullares lateralis) uzunchoq miyani qon bilan ta’minlaydi.
Asosiy arteriya (a.basillaris) ko‘prikda o‘z nomidagi egatda yotadi va ko‘prikning oldingi chekkasida o‘ng va chap bosh miyaning orqa arteriyalariga bo‘linadi. Asosiy arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1.Miyachaning oldingi pastki arteriyalari (aa. cerebelli inferiores anteriores) (o‘ng va chap) miyachaning pastki yuzasiga tarqaladi. Undan ichki quloq arteriyalari (aa. labyrinti) chiqib, ichki eshituv yo‘li orqali ichki quloqqa boradi. 2.Ko‘prik arteriyalari (aa. pontis) miya ko‘prigiga boradi. 3. O‘rta miya arteriyalari (aa. mesencephalici) o‘rta miyaga boradi. 4.Miyachaning ustki arteriyalari (aa. cerebelli superiores) (o‘ng va chap) miyachaning yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi. 5.Bosh miyaning orqa arteriyasi (a. cerebri posteriores) miya oyoqchasini aylanib o‘tib, bosh miyaning chakka va ensa bo‘laklari pastki yuzasiga tarmoqlar beradi. Bosh miyaning orqa arteriyasi ichki uyqu arteriyasining orqadagi qo‘shuvchi arteriyasi bilan qo‘shilib arterial halqa hosil qilishda ishtirok etadi.

  1. Ko‘krakning ichki arteriyasi (a. thoracica interna) umurtqa arteriyasini qarshisidan boshlanadi. U to‘sh suyagining chekkasidan 1-1,5 sm tashqariroqda I-VII qovurg‘a tog‘ayi bo‘ylab pastga tushadi va VII qovurg‘aning pastki chekkasida mushak-diafragma va qorin ustining ustki arteriyasiga bo‘linadi. Ko‘krak qafasining ichki arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1.Ko‘ks oralig‘i shoxlari (r. mediastinales) mediastinal plevraga va oldingi ko‘ks oralig‘i kletchatkasiga. 2.Ayrisimon bez shoxlari (r. thymici) ayrisimon bezga. 3.perikard-diafragma arteriyasi (a. pericardiacophrenica) ko‘krak qafasining ichki arteriyasidan I qovurg‘a sohasida boshlanib diafragma nervi bilan diaframagacha tushib, diafragmanining boshqa arteriyalari bilan anastomozlashadi. 4.To‘sh shoxlari (rr. sternales) to‘shni qon bilan ta’minlab qarama-qarshi arteriya bilan anastomozlashadi. 5.Teshib o‘tuvchi shoxlar (rr.perforantes) yuqorigi 5-6 qovurg‘a oralig‘ini teshib o‘tib katta ko‘krak mushagi va terini qon bilan ta’minlaydi. 3-5 arteriyalardan ayollarda sut beziga tarmoqlar (rr. mammarii) chiqadi. 6.Oldingi qovurg’alararo tarmoqlar (rr. intercostales anteriores) yuqoridagi 5 ta qovurg‘alararo mushaklarga. Ko‘krak ichki arteriyasining oxirgi shoxlaridan mushak-diafragma arteriyasi (a. musculophrenica) lateral tomonga va pastga diafragmaga yo‘nalib, pastki 5 ta qovurg‘a oralig‘iga tarmoqlar beradi. Qorin ustining ustki arteriyasi (a. epigastrica superior) qorin to‘g‘ri mushagi qinini orqa devorini teshib o‘tib qorin to‘g‘ri mushagini qon bilan ta’minlaydi va kindik sohasida shu nomli pastki arteriya bilan anastomoz hosil qiladi.

III.Qalqonsimon-bo‘yin poyasi (truncus thyrocervicalis) oldingi narvonsimon mushakni medial chekkasidan boshlanib, uning uzunligi 1,5 sm atrofida bo‘lib 4 ta tarmoqqa: qalqonsimon bezning pastki, ko‘tariluvchi bo‘yin, kurak usti va bo‘yinning yuza arteriyalariga bo‘linadi:
1.Qalqonsimon bezning pastki arteriyasi (a. thyroidea inferior) bo‘yinning uzun mushagi oldida yuqoriga ko‘tarilib qalqonsimon bezning bo‘laklariga tarmoqlar beradi va qalqonsimon bezning ustki arteriyasi bilan anastomozlashadi. Undan halqum, qizilo‘ngach va kekirdak tarmoqlari (rr.pharyngeales, oesophageales et tracheales), shuningdek hiqildoq mushaklari va shilliq pardasini qon bilan ta’minlovchi hiqildoqning pastki arteriyasi (a. laryngea inferior) chiqadi.
2.Ko’tariluvchi bo’yin arteriyasi (a. cervicalis ascendens) yuqoriga diafragma nervini medial tomonidan ko’tarilib bo’yinning chuqur mushaklari va orqa miyaga tarmoqlar beradi.
3.Kurak usti arteriyasi (a. suprascapularis) orqa tomonga yo‘nalib kurak o‘ymasi orqali qirra usti keyin qirra osti chuqurchasiga o‘tadi va shu yerdagi mushaklarini qon bilan ta’minlaydi va kurak suyagini aylanib o‘tuvchi arteriya bilan anastomozlashadi.




Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish