Son arteriyasi (a. femoralis) tashqi yonbosh arteriyaning (114-rasm) davomi. U chov boylami ostidan son venasining lateral tomonida o‘tganidan so‘ng, son uchburchagi sohasida bevosita teri va fassiya ostida yotadi. Arteriya son uchburchagining pastki uchidan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning pastki teshigi orqali taqim osti chuqurchasiga chiqadi. Son arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.Qorin ustining yuza arteriyasi (a.epigastrica superficialis) sonning oldingi yuzasidan yuqoriga, qorinning oldingi devoriga yo‘nalib, tashqi qiyshiq mushak apanevrozini pastki qismini, teri osti yog‘ kletchatkasini va qorin terisini qon bilan ta’minlaydi.
2.Yonbosh suyagini aylanib o‘tuvchi yuza arteriya (a.circumflexa ilium superficialis) chov boylami bo‘ylab tashqi tomonga yonbosh suyagining oldingi yuqorigi o‘simtasiga qarab yo‘nalib, shu soha terisini va mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
3.Tashqi tanosil arteriyalar (aa. pudenda externae) 2-3 ta, hiatus saphenus orqali chiqib erkaklarda yorg‘oq terisiga - rr scrotalis anterior bo‘lib, ayollarda katta uyatli lablar terisiga - rr. labialis anterior bo‘lib tarqaladi.
4.Sonning chuqur arteriyasi (a.profunda femoris) eng yirik tarmoq bo‘lib, son arteriyasining orqa yuzasidan chov boylamidan 3-4 sm pastroqdan chiqadi va sonni qon bilan ta’minlaydi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi. a) sonni medial tarafdan aylanib o‘tuvchi arteriya (a.circumflexa femoris medialis) son suyagi bo‘ynini aylanib medial tomonga yo‘naladi. U yuazi, ko’tariluvchi, chuqur va ko‘ndalang tarmoqlarga (rr.superficialis, ascendens, profundus et transversus) bo‘linib yonbosh-bel, taroqsimon, tashqi yopqich, noksimon, sonning kvadrat mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Son suyagini o‘rovchi medial arteriyaning sirka kosachasi tarmog‘i (r. acetabularis) chanoq-son bo‘g‘imini qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. b) sonni lateral tarafdan aylanib o‘tuvchi arteriya (a.circumflexa lateralis) ko’tariluvchi, tushuvchi va ko‘ndalang tarmoqlarga (rr. asendens, desendens, transversus) bo‘linadi. Uning ko‘tariluvchi tarmog‘i (r.ascendens) katta dumba va serbar fassiyani taranglovchi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi va dumba arteriyalari bilan anastomoz hosil qiladi. Pastga tushuvchi va ko‘ndalang tarmoqlari (rr. desendens et transversus) sonning to‘rt boshli va mashinachilar mushagini qon bilan ta’minlaydi. Pastga tushuvchi shoxi son mushaklari o‘rtasidan tizza bo‘g‘imigacha tushib taqim osti arteriyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |