23.Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati, buyrak usti bezlari.
Buyrak us!i bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (6- rasm). Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki - po'slloq va ichki - miya qavatdan iborat Buyrak usti bezlarining ustki po'stloq qavatida uch guruh kortikosteroid gormonlar ishlab chiqariladi:
I. Mineralokortikoid gormoni
2.Glyukokortikoid gormoni
3. Androgen va esterogen gormonlari
Buyrak usti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda, qo'rq¬qanda katexolamin hosil bo'lishi kuchayadi. Shuning uchun bun¬day holatlarda odamning arterial qon bosimi ortadi, teridagi qon tomirlari torayadi va rangi oqarib, yurak urishi tezlashadi. Odam qattiq ta'sirlanib, stress holati yuzaga kelganda buyrak usti bezlari¬ning funksiyasi kuchayadi, uning po'stloq va miya qismlarida gormonlar ko'p hosil bo'ladi.
Buning natijasida organizmning noqulay ta'sirga nisbatan chidamliligi ortadi. Shunday qilib, buyrak usti bezlari organizmni himoya qilishda ishtirok etadi.
Me'da osti bezi. Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunJigi 16¬20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqara¬di. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi
Me'da osti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko'p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bu surunkali kasallik bo'lib, uzoq yillar, aksariyat hollarda umr bo'yi davom etadi. Bu kasallikda me'da osti bezining insulin ishJab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, organizmga kerakli bo'lgan insulin gormoni bezdan qonga o'tmay qoladi. Buning oqibatida organizmda uglevodlar almashinuvi buziladi, ya'ni ovqat bilan iste'mol qilingan uglevodlarning parchalanishidan hosil bo'lgan qand (glyukoza) insulin ta'sirida glikogenga aylanmay, uning qondagi miqdori ortib ketadi. Sog'lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg % bo'ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150-250 mg % ga ko'tariJib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |