Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
4-masala. Massasi m=4g azot gazi V
1
=5l dan to V2=9l hajmga izobarik kengaysa, uning entropiyasi
o‘zgarishi aniqlansin.
Berilgan: N
2
; i=5-azot molekulasining erkinlik darajasi;
= 28 * 10-3 ^
/
f
p=const; m=4*10-3kg; V
1
=5l;
V2=9l.
Topish kerak: AS =?
Masala yechimi: Izobarik jarayonda tizim entropiyasi o‘zgarishini aniqlash uchun (8) formuladan
foydalanamiz:
i + 2 m
V2
5 + 2
4 * 10-3
9
J
AS
= — -— * —
R ln-2
= — -— *
^ , 8 ,3 1 fn - = 2,43^-
2
(U
V1
2
28 * 10-3
5
К
A dabiyotlar:
1. A.A.Abdumalikov, R.Mamatqulov.Nazariy fizika kursi.Termodinamika va statistic fizika.«Voris
nashiyoti» Toshkent 2006 C.82
2. А.Г.Чертов, А.А.Воробъёв. Задачник по физике. Москва, “Высшаяшкола», 1988 г., С.148.
journal.kspi.uz
2020/№1
106
Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANIB MASOFAVIY TA’LIMDA QO‘LLANILADIGAN ENG YAXSHI
DASTURLASH TILLARI
H.I.Xonboboyev
texnika fanlari nomzodi, dotsent,
M.M.Jurayev
o‘qituvchi, Qo‘qon DPI
Аннотация. Ushbu maqolada masofaviy ta’lim orqali internet tarmog‘i yetib borgan har qanday
joyda, jahon tillari asosida, o‘rganuvchilar kerakli bilimlarni olishlari, masofaviy ta’lim - ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchining imkoniyatlarini kengaytirdi va zamonaviy bilimlarga ehtiyojmand bo‘lgan yangi avlod
vakillariga o‘ziga xos qulayliklarni yaratib berish haqida so‘z yuritiladi.
Аннотация В этой статье дистанционное обучение расширило возможности учащихся и
учащихся для приобретения необходимых знаний на основе мировых языков, где бы Интернет ни
достиг их через дистанционное обучение, а также потребность в современных знаниях. Говарится о
создании специальных условиях в приобретении нужных знаний для нового поколения.
A nnotation. In this article, distance learning has expanded the opportunities for learners and
learners to acquire the necessary knowledge, based on world languages, wherever the Internet has
reached them through distance learning, and the need for modern knowledge. There is talk of creating
special facilities for the new generation.
Kalit s o ‘zlar: masofaviy ta’lim, internet, jahon tillari, o‘rganuvchilar, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi,
zamonaviy bilimlar, yangi avlod vakillari.
Ключевые слова: дистанционное обучение, Интернет, мировые языки, учащиеся, педагог,
учащийся, современные знания, новое поколение.
Key w ords: distance learning, internet, world languages, learners, educator, learner, modern
knowledge, new generation.
XXI asrning ta’lim tizimlaridagi eng katta yutug‘i bu shubhasiz masofaviy ta’limdir. Bu ta’lim turi orqali
internet tarmog‘i yetib borgan har qanday joyda, jahon tillari asosida,o‘rganuvchilar kerakli bilimlarni
olishmoqda. Masofaviy ta’lim - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining imkoniyatlarini kengaytirdi va zamonaviy
bilimlarga ehtiyojmand bo‘lgan yangi avlod vakillariga o‘ziga xos qulayliklarni yaratib berdi. Masofaviy ta’lim
ham so‘ngi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yanada rivojlanishi kutilmoqa.
Bugungi kunda sun’iy intellektga (SI) asoslanib masofaviy ta’limda qo‘llaniladigan ko‘plab dasturlash
tillari mavjud. So‘ngi yillarda, bevosita sun’iy intellekt tizimlari bilan shug‘ullanuvchi olimlari sun’iy intellekt
(SI) uchun o‘ziga xos aqliy texnologiyalarni yaratish orqali dasturlash tillarining imkoniyatlarini sezilarli
darajada oshirishga erishdilar. Sun’iy intellekt elementlari Facebook va Instagram faol tadbiq etilishi sababli
ular tez suratlarda taraqqiy etmoqda. Yani bu tarmoqlarda foydalanuvchining istaklari avtomatik ravishda
o‘rganiladi va unga qiziq bo‘lgan ma’lumotlar, havolalar, tadbirlar va takliflar tizim orqali yuboriladi. Sun’iy
intellektga asoslangan dasturlash tilini tanlab, tegishli ma'lumotni berib, kerakli algoritmni amalga oshirgan
holda, biz odamga o‘xshash, muayyan talablarga qanday munosabatda bo‘lishni aniqlaydigan dasturni
yaratamiz. Bizningcha bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) va masofaviy ta’limni o‘rganish uchun quyidagi
10 ta dasturlash tillari muhim hisoblanadi. Biz tahlil va taqqoslash orqali Python, R-tili, Java, Lisp,
Javascript, Prolog, Haskell, Julia, C++ va SIMT(Sun’iy intellektni markalash tili) dasturlash tillarini
solishtiramiz.
1.
Python: Har qanday holatda ham Python soddaligi sababli barcha sun’iy intellekt (SI) dasturlash
tillarining orasidagi eng yaxshisi deya etiladi. Pythtonning dasturlash sintaksisi va ma’lumotlar tuzilmalari
juda sodda va oson o‘rganiladi. Shu sababli, unda ko‘plab sun’iy intellekt (SI) algoritmlari samarali bajarilishi
mumkin. Python Java, C#, C++ va Ruby kabi boshqa dasturlash tillariga qaraganda qisqa vaqtni oladi.
Shuningdek u funktsional, ob’yektga yo‘naltirilgan va protseduraga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini
qo‘llab-quvvatlaydi. Phytonda dasturchilarning vazifalarini soddalashtiradigan ko‘plab kutubxonalar mavjud.
journal.kspi.uz
2020/№1
107
Do'stlaringiz bilan baham: |