Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
rejimlarda ishlashi mumkin bo‘ladi va masofadan nazorat imkoniyatlari C++ tomonidan taqdim etiladi. C
++ ISO tomonidan standartlashtirilgan bo‘lib, eng yangi standart variant 2017 yil dekabr oyida tasdiqlanga n
va ISO / IEC 14882: 2017 nomi ostida ommaga tanishtirildi. Dasturlash tili har uch yilda qayta ishlab
chiqiladi va qo‘shimcha imkoniyatlar bilan boyitiladi. C++ turli xil maqsadlarda ishlatiladigan ko‘plab
kutubxonalarga ega, masalan, katta matematik operatsiyalar, kichik hisoblar va algoritmlarni amalga
oshirish uchun kengaytirilgan mashina o‘rganish kutubxonalariga va boshqalarga ega.
Xulosa qilib aytganda bugungi kunda dasturlash tillari orasida kuchli raqobat muhiti shakllangan va
bu dasturlash tilining dasturlash bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday sohada yetakchilik qilishi uchun doimiy
rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada dasturlash tillari o‘zining boshlang‘ich ustun tomoni bilan
doimo biror dasturiy sohada shu kabi muqobil dasturlash tillaridan afzalroq ekanligini isbotlashmoqda. Misol
uchun Java tili Pythondan ish stoli, mobil, web-ilovalar va o‘yinlarni ishlab chiqishi bo‘yicha ustunlik qiladi.
Shu bilan birgalikda, dunyoda, Java muhandislariga talab kattaroq hisoblanadi. Har yil e’lon qilinadigan
satistikalarga qaraydigan bo‘lsak java tili boshqa dasturlash tillariga qaraganda foydalanuvchilar soni va
daromadi bo‘yicha barqarordir. Biroq, Pythonga qaraganda javani o‘rganish juda qiyin va sizning birinchi
haqiqiy dasturingizni yaratishingizga ko‘p vaqt ketadi. Shu bilan birgalikda sun’iy intellektga asoslangan
dasturlar yaratish Pythonda Java va C++ qaraganda yaxshiroq natijalarga ega. Python rivojlanishning yangi
bosqichida masofaviy ta’limning rivojlanishiga ham o‘z xissasini qo‘shmoqda. Albatta web-ilovalarning
taraqqiyoti JavaScript bilan bevosita bog‘liq. Bu til ham yangi o‘ziga xos texnologiyalari yordamida Python,
Java va C++ bilan yaxshigina raqobatga ega. 2019-yilgi statistikalarda JavaScript tilida ishlovchi
dasturchilar eng yuqori maosh oluvchilar deya e’tirof etilgani ham bu tilning ahamiyatini bildrib turibdi.
Umuman olganda SI va MTda eng yaxshi va istiqbolli dasturlash tili shubhasiz Pythondir.
Adabiyotlar:
1.
Nik Rendolf, Devid Gardner, Maykl Minutillo, Kris Anderson “Visual Studio 2010 dlyaprofessionalov”
Moskva, 2011. 23-28 pages.
2.
“DASTURLASH TAMOYILLARI” moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua, Toshkent, 2016. 69 bet.
3.
Prateek Joshi, John Hearty, Bastiaan Sjardin, Luca Massaron, Alberto Boschetti. “Python: Real
World Machine Learning” Copyright © 2016 Packt Publishing, Birmingham, UK. 452 and 584-pages.
4.
Joyce Farrell “JAVA™ PROGRAMMING” New York, 2018. 89-46 pages.
journal.kspi.uz
2020/№1
109
Do'stlaringiz bilan baham: |