Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
TARBIYAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISHDA ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH
H.I.Xonboboyev
texnika fanlari nomzodi, dotsent
F.Sh.Shirinov
o‘qituvchi, Qo‘qon DPI
A nnotatsiya: Maqolada tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda elektron resurslardan foydalanish
xususiyatlari, elektron resurslarni tashkil etish tamoyillari, elektron resurslarni yaratish va ulardan
foydalanishning asosiy talablari bayon etilgan.
Аннотация: В статье описаны особенности использования электронных ресурсов при
организации образовательной деятельности, принципы организации электронных ресурсов,
основные требования к созданию и использованию электронных ресурсов.
A nnotation. The article describes the features of the use of electronic resources in the organization
of educational activities, the principles of organization of electronic resources, the basic requirements for
the creation and use of electronic resources.
Kalit so'zlar: axborot, axborot texnologiyasi, pedagogik jarayon, multimedia texnologiyalari, axborot
vositalari.
Ключевые слова: информация, информационные технологии, педагогический процесс,
мультимедийные технологии, медиа.
Key w ords: information, information technology, pedagogical process, multimedia technologies,
media.
Hozirgi zamon yangi texnika va texnologiyalarning tez rivojlanishi, turli axborotlar ko‘lamining keskin
ortib borishi bilan xarakterlanadi. Mana shunday ulkan axborot oqimida bo‘lajak mutaxassis nafaqat o‘zini
yo‘qotmasligi, balki ularga nisbatan tegishli ilmiy, mafkuraviy, g ’oyaviy immunitet hosil qilgan bo‘lishi lozim.
Bularning barchasi ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatining zarur darajada
shakllangan va rivojlangan bo‘lishni taqozo etadi. Bunda axbortlarni faqat qabul qilish emas, balki ularni
saqlash, uzatish va ulardan foydalanish madaniyati ham ko‘zda tutiladi. Axborotlar bilan ishlash jarayoni
ancha murakkab va qiyin jarayondir. Bo‘lajak mutaxasislar birinchi navbatda axborotlarni topish manbalarini
yaxshi bilishi, axborotlarni qayta ishlashga oid tegishli ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, bu sohada
o‘zining analitik fikrlash qobiliyatini, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikma vam malakalarini rivojlantirib borishi
talab etiladi. Ommaviy axborot vositalari axloq namunalarini, turli qadriyatlarni targ’ib va tashviq qiladi,
talaba shu namunalar asosida o‘z tasavvur va nuqtai nazaralarini oydinlashtirib, aniqlashtirib boradi. Ammo
«axborot xurujlari» degan tushunchaning ham mavjudligini inkor etmaslik kerak. Talaba mazkur xurujlarga
qarshi kurasha oladigan tegishli immunitetga ham ega bo‘lishi lozim. Bu ham bir qator o‘ziga xos shart-
sharoitlarning mavjudligni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarining tarbiyaviy ishlarni tizimlashtirish
jarayoniga joriy etishning pedagogik maqsadlarida axborot texnologiyalari talaba shaxsining:
• fikrlashini;
• kommunikativ qobiliyatini;
• optimal qaror qabul qilish malakasini;
• axborot madaniyatining rivojlanishini ta’minlashi nazarda tutiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, tarbiyaviy ishlar jarayoninini jadallashtiradi. Bunda axborot
texnologiyalaridan foydalanish asosida, tarbiyaviy ishlar jarayonining sifati va samaradorligi ortishi,
talabalarning bilish faoliyatini faollashuvini kuzatish mumkin.
Ta’lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim
beruvchilarning ham, ta’lim oluvchilarning ham faolligini oshiradi. Bunday faollik muhiti, o‘zaro ijodiy
hamkorlikning sifatini va samaradorligini yanada oshiradi.
Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalarini tarbiyaviy ishlar jarayoniga joriy etishning
yo‘nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
• ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirishni tizimli integrasiyalash;
• ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tizimlashtirish maqsadlaridagi
dasturiy vositalarning
imkoniyatlarini tarbiyalash vositasi, o‘rganish ob’ekti va axborotlarni qayta ishlash vositasi sifatida joriy
etish;
• ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida o‘quv-metodik majmualar yaratishda kompьyuter vositalari
imkoniyatlarining samarali integrasiyasini ta’minlash. Bunday majmualardan foydalanish talabaga
axborotlarni jamlash, saqlash, jarayonlarning qonuniyatlarini mohiyatlarini ochib berishga yordam beradi.
Zamonaviy texnologiyalar negizidagi tarbiyaviy majmualarining qo‘llanilishi individiual va jamoaviy faoliyatni
journal.kspi.uz
2020/№1
110
Do'stlaringiz bilan baham: |