Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
Dasturlash tili ilmiy hisobotlarni hal qiladigan ko‘plab kutubxonalarga ega. Masalan: Numpy bu ko‘p sonli
mantiqiy hisob-kitoblarni hal qilishga olib keladigan python uchun kutubxona. Bundan tashqari, bizda
Python-da sun’iy intellektdan foydalanish uchun mo‘ljallangan PybrSIn mavjud. U shuningdek, standart
kompilyator dasturlash tilisiz, izohli ish vaqtini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu Python-ni SI va MT prototiplarini
yaratish algoritmlari uchun ayniqsa yordam beradi. TensorFlow - MT va chuqur o‘qitish jarayonlarini
qamrab oladigan eng mashhur tizimdir. Ovozni aniqlash, tasvir va videoni tanib olish kabi yangi aqliy
texnologiyalar aynan shu tizim orqali amalga oshadi. Taqqoslash uchun:
Yutuqlari:
- Pythonda kod yozish oson va minimum kod yetarli (Java bilan taqqoslaganda kam sonli kodlar bilan
dasturlarni ishlab chiqish nazarda tutilmoqda);
- SI yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi, mashina tilini o‘rganish uchun foydali,
- Kutubxonalarning ko‘pligi
- Masofaviy ta’limda web ilovalar bilan tezkor aloqalarga egaligi
Kam chiliklari
- Javaga nisbatan sekinroq ishlaydi,
- Bu mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun mos emas,
- O‘yinlarni rivojlantirish uchun bu yaxshi tanlov emas
2. Java: Java dasturlash tili, sun’iy aql va masofaviy ta’limjarayonlari uchun ma’qbul yechimlardan
biri hisoblanadi. Intellektual qidirish algoritmlari, sun’iy neyron tarmoqlari va genetik dasturlash bilan yuqori
integratsiyaga egaligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ustun hisoblanadi.Java ko‘plab afzalliklarga ega:
foydalanishning qulayligi, disk raskadrovkasi,
paketli xizmatlar,
keng ko‘lamli loyihalar bilan
soddalashtirilgan ishlash printsipi, ma'lumotlarni grafik tasvirlash va foydalanuvchilarning o‘zaro yaxshilash
imkoniyati kabilardir. Shuningdek, u Swing va SWT (Standard Widget Toolkit) texnologiyalariga ega. Ushbu
vositalar grafik va foydalanuvchi interfeyslarini jozibali va o‘zigaxos ko‘rinishda yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Javani sun’iy aql rivojlanishi uchun eng yaxshi tanlovlardan biri deb hisoblash mumkin. Java
kompilyatsiyaga ega bo‘lgan va umumiy maqsadli dasturlash tillari orasida eng kuchlisidir. Ammo Javada
o‘rganish va kodlash boshqa dasturlash tillariga qaraganda murakkab hisoblanadi. U o‘yinlar, web, mobil
va ish stoli dasturlari kabi keng ko‘lamli dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Java masofaviy ta’lim
uchun bir qancha o‘ziga xos imkoniyatlarga ham ega. Shuningdek server yurituvchisi sifatida Python va R-
tiliga qaraganda foydaliroqdir. Ko‘plab jahonga mashhur tashkilotlar ham Java tilini serverlar uchun
ishlatadilar. Ushbu tashkilotlarga YouTube, Amazon, eBay, LinkedIn va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
3. JavaScript: Javascript - bu web-ilovalar uchun dasturiy ta'minotning ochiq, tezkor va yuqori
darajadagi mijozlar uchun mo‘ljallangan dasturidir. Node.js bilan Javascript birgalikda katta hajmdagi
imkoniyatlarining natijasi sifatida eng ommabop web ishlab chiqaruvchi til sifatida e’tirof etilmoqda.
JavaScript dinamik dasturlash tili hisoblanadi. JavaScript orqali dasturlash tili asoslarini o‘rganish oson.
Ba’zida jarayonning mazmunini tushunish yangi boshlanuvchilar uchun qiyin bo‘ladi. Tabiiyki tilni o‘rganish
uchun juda ko‘p e’tibor va mehnat talab qiladi. Dasturlash tillarini o‘rganish oson bo‘lgan guruhga kiradi.
JavaScriptdan faqat web-ilovalar ishlab chiqish bilan cheklangan edi. Afzalliklari, til web-saytning dinamik
aloqasi va standart web-ilovalar va dinamik web-ilovalarni yaratish uchun eng optimal dasturlash tili
hisoblanadi. Javascript asta-sekin rivojlanib bordi va keyinchalik uni qo‘llash chegaralarini yanada
kengaydi. Bugungi kunda JavaScript webdan tashqari Mashina learning, ma’lumotlar bazalari va masofaviy
ta’limda qo‘llanilmoqda. Fodalanuvchilarning ushbu sohalarda JavaScriptga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib
bormoqda. Bu tilning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Til orqali ko‘pgina kutubxonalar
va texnologiyalar Google va Facebook tomonidan ishlab chiqilgan. JavaScriptda masofaviy ta’lim haqida
gapirganda, avvalo DialogFlowga murojaat qilishimiz kerak. Bu kutubxona ham, tizim ham emas, ammo
Google tomonidan sun’iy intellektga asoslangan kuchli texnologiya yaratilgan. DialogFlow inson va
kompyuterning o‘zaro ta’sirini tashkil qilish va faollashtirishni soddalashtiradi. DialogFlow va Node.jslar
Javascript tilining so‘ngi yillarda aosiy yutuqlari deya e’tirof etiladi.
4. C++. C++ tili - mashhur C dasturlash tilining kengaytmasi sifatida B. Stroustrup tomonidan ishlab
chiqilgan umumiy maqsadli dasturlash tili hisoblanadi. Bu til qisqa vaqt ichida ommalashdi. C++ xotirani
boshqarish vositalariga qo‘shimcha ravishda ob’yektga yo‘naltirilgan, umumiy, funktsional xususiyatlarga
egaligi bilan dasturchilar e’tiborini qozondi. Dasturlash tili kompilyatsiya qilin gan til sifatida aktuallashdi va
ko‘plab ishlab chiqaruvchilar C++ kompilyatorlarini, dasturiy ta’minot asoslarini o‘rgatuvchi dasturlarni bepul
ishlab chiqarishdi. LLVM, Microsoft, Intel, Oracle va IBM kabi katta kompaniyalar tomonidan C++
kompilyatorning bir nechta platformalari yaratilgan. C++ dasturlash doirasi va resurslari cheklanmagan
dasturiy ta'minotni shu jumladan, katta tizimlarga moyilligi bilan uning ishlash xususiyatlarini,
samaradorligini va foydalanishga moslashuvchanligini yaratishda boshqa dasturlash tillaridan ustun
hisoblanadi. Shuningdek, C ++ juda ko‘p turli xil ob’yektlar sozlamalarda muhim ahamiyat kasb etadi, bunda
dasturiy bog‘liqlik va aktivlar asosida qurilgan amaliy dasturlar, ish joylari uchun dasturlar, serverlar va
sohaviy ilovalar asosiy o‘rin tutadi. C++ masofaviy ta’limda ham muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Undan
asosan kompyuterlarga mo‘ljalangan va biror fani o‘qitishga yo‘naltirilgan mavzularni bosqichma-bosqich
o‘rganishga asoslangan desktop dasturlar yaratishda foydalanilmoqda. Bunday dasturlar online yoki offline
journal.kspi.uz
2020/№1
108
Do'stlaringiz bilan baham: |