Vitaminlar. Vitaminlar organizmning normal faoliyatini ta`minlash, hayvonlarning
soglom o`sishi, ularning yuqori mahsuldorligi va qayta ishlab chiqarish funktsiyalari
faoliyatini normallashtirish uchun juda zarur hisoblanadi. CHorvachilikni jadal
rivojlantirishda vitaminlarning roli ayniksa kattadir. Agar ratsionda biron bir vitamin
yetishmasa, mollarning mahsuldorligi pasayadi va ular organizmida modda
almashinuvining buzilishi kuzatiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarni oziqlantirishda karotin, vitamin A (renitol), D
(kal’tsiferol), E (tokoferol) normallantiriladi. Cho`chqalarni vitaminli ovqatlantirishni
normallashtirishda vitamin A (renitol) eki karotin, D
2
(ergakal’tsiferol) E (tokoferol’),
V
1
(tsiamin) V
2
(riboflavin), V
3
(pantoten kislotasi), V
4
(xolin), V
5
(nikatin kislotasi),
V
12
(tsianokobalamin), muhim ahamiyatga egadir.
Parrandalarni oziqlantirishda yuqoridagi vitaminlardan tashqari ratsion qo`shimcha
ravishda K (naftoxinon), V
6
(pirodoksin), V
s
(foliy kislotasi), S (askorbinka kislotasi),
va V
7
(biotin kislotasi) vitaminlari bilan ham normallashtiradi.
1.7. Omixta yemning ozuqa qiymatini baholash.
Qishloq xo`jalik hayvonlari va kushlarning me`yorlangan ozuqasining ilmiy
asoslari.
Omixta yemning ozuqa qiymatini baholash omixta yemning hazm bo`lishi
hayvonlar ustida bajariladigan maxsus tajribalar asosida aniqlanadi. Omixta yemning
aloxida ozuqa moddalarning hazm bo`lishi foizlarda ifolanadi. Turli hayvonlarda
hazm qilish apparatining tuzilishi turlicha. SHuning uchun aloxida turdagi
hayvonlarning bir xildagi omixta yemni hazm qilish har xil. Har bir omixta yemning
ozuqa qiymati oziqlantirishning oxirgi natijasi, ya`ni mahsuldorligi bilan tavsifladi.
Omixta yemning va ozuqa mahsulotlarning ozuqa qiymati ozuqa birligi hisoblanadi
va u namligi 13%, hajmiy ogirligi 450 – 480 g/m
3
bo`lgan 1 kg sulining ozuqa
qiymatiga ekvivalentdir.
Omixta yemning sifati davlat standartlari va texnik shartlar asosida
me`yorlashtiriladi. Omixta yemning belgilanishiga kura (yirik shoxli hayvonlar,
buzoklar, gushtga boqiladigan cho`chqalar, jujalar, tuxum qo`yuvchi tovuklar va
boshqalar uchun) undagi hamda turli ozuqa mahsulotlarning ozuqa qiymati keng
doirada o`zgaradi 1 – jadval. Har xil turdagi va yoshdagi hayvonlarning omixta
yemiga aloxida komponentlarning maksimal kiritilish me`yorlari urnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |