Ommaviy axborot vositalari


-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etish



Download 44,74 Kb.
bet8/12
Sana14.07.2022
Hajmi44,74 Kb.
#801273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ommaviy axborot vositalari 1

15-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etish
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
1) ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda ushbu Qonunga zid bo‘lsa;
2) bundan avval xuddu shu nomdagi ommaviy axborot vositasi ro‘yxatga olingan bo‘lsa;
3) ariza sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganiga bir yil to‘lmay berilgan bo‘lsa;
4) ommaviy axborot vositasi muassisning yoki muassislaridan birining yoxud noshirning manzili O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo‘lsa.
Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda bunga asos bo‘lgan sabab ko‘rsatilgan holda arizachiga yozma ma’lumot yuboriladi.
16-modda. Ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni tugatish
Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki sudning qarori bilan tugatilishi (yoki to‘xtatilishi) mumkin.
Ommaviy axborot vositasi ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muntazam rioya etmay kelgan taqdirda vakolatli organ ommaviy axborot vositasini tugatish (uning faoliyatini tugatish) haqida sudga murojaat etishga haqli.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405–II-son Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan, — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Muassis ommaviy axborot vositasini chiqarishni yoki nashr etishni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilgan taqdirda muharrir (bosh muharrir) yoki tahririyat xodimi ushbu Qonunning 9-moddasiga muvofiq xuddi shu nomda ommaviy axborot vositasi ta’sis etish masalasini qo‘yishi mumkin. Bunday hollarda ommaviy axborot vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.
17-modda. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishni rad etganlik ustidan shikoyat qilish tartibi
Davlat organi tomonidan ommaviy axborot vositasini ro‘yxatga olishning rad etilishi ustidan ommaviy axborot vositasining muassisi yoki tahririyati sudga shikoyat qilishi mumkin.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)

Download 44,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish