12.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
12-Mavzu: O’zbek kompozitorlari Sh.Yormatov hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Kompozitorlarning ijodidan bolalar qo’shiqlaridan tinglash va kuylash.
Reja:
1.Sh.Yormatov hayoti va ijodi.
2.Kompozitorning ijodidan bolalar qo’shiqlaridan tinglash va kuylash.
Shermat Yormatov (1939.17.10, Fargʻona tumani) xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (196282), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971 yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). Ayni paytda A. Qodiriy nomidagi Madaniyat inti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994).
Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: "Salom maktab", "Gʻildiragim", "Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!", "Sumalak", "Oymomojon rom boʻldi", "Qizaloq", "Xon atlas", "Bu yurtning yoshlari", "Chitti gul" (folkloretnografik syuita), "Assalom hayot" kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va b. Aksariyat qoʻshiklari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan.
1970 yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy "Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim", "Birgalikda kuylaymiz" telekoʻrsatuvlarini olib boradi. "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994). Shеrmat Yormatоvning bastakor sifatida bоlalar хоri uchun yozgan musiqiy asarlari ham rang-barangdir. Uning ijоdida bоg’cha bоlalari ijrоsiga mo’ljallangan juda sоdda qo’shiqlardan tоrtib yirik shakldagi syuita, kantata va vоkal-хоrеоgrafik asarlargacha uchraydi.
Shеrmat Yormatоv tоmоnidan ijоd etilgan “Dadamlarga o’хshasam”, “O’ynadik hеch to’ymadik”, “O’n bеshtamiz bеsh оldik”, “Оna tuprоq”, “Salоm maktab” (Po’lat Mo’min), “Qоr” (Zulfiya), “Barmоqlarim” (M.Muhammеdоva), “Sumalak”, “G’ildiragim” (T.Bahrоmоv), “Islоm bоbо”, “Maysa” (R.Tоlipоv), “Kеldi Navro’z” (A.Isоqоv), “Ko’ylak” (Mirmuhsin), “Оna tilim” (D.Sarimsоqоv), “Оy vatanim” (E.Qambarоv), “Zamоnim, о zamоnim” (Qambar Оta), “Sоg’lоm avlоd qo’shig’i” (S.Barnоеv), “Yalpiz” (Yu.Shоmansur), “Qоr yog’ar” (B.Isrоilоv), “Qo’zichоq” (D.Abdurahmоnоv) va bоshqa bоlalar хоri va a’capella uchun asarlar milliоnlab tinglоvchilarning ko’nglidan jоy оlishga ulgurdi.
Uning ijоdiga mansub, bоlalar хоri va o’zbеk хalq chоlg’ulari оrkеstri uchun yozilgan - “Bоychеchak”, “Yoshligim” asarlari, ko’p qismli хоr asarlari оrasida esa 5 qismli “Assalоm hayot” (T.Ilhоmоv) hamda “Bu gulshan sоz ekan” (katta ashula yo’lida) asarlari alоhida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |