11.2.O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq)
|
Tashkiliy qism:
1.O’quvchilar mashg’ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II bosqich
Asosiy qism
(60daq)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi. 3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5.Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, “o’ylang va juftlikda fikr almashing” va boshqa texnikalar orqali o’quvchilar bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materialining bayoni:
6.Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi.
7.Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.
8.Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III bosqich
Yakuniy qism (15 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
2.Uyga vazifa beriladi.
|
Baholar bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
11-Mavzu: Shashmaqom.
Reja:
1.Shashmaqom turlari.
2.Shashmaqom chog’u(mushkilot) va ashula(nasr) bo’limi.
3. Shashmaqom chog’u(mushkilot) qismini tinglash va tahlil qilish.
Shashmaqom ((oʻzb. shashmaqom, toj. шашмақом, fors ششمقام)) — Tojik, oʻzbek, qoraqalpok va buxoro yahudi xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Sh. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida Sh. uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi.
Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, FargʻonaToshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Sh. taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Sh. tarkibida bizgacha yetib keldi.SH. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va
Shashmaqom XVIII asr o’rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlar tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan.Shashmaqom oltita mukammal pardalar uyushmasini anglatadi.Maqom cholg’u kuy va aytim (ashula) turkumlari shu mukammal pardalarning ma’lum doira usullari bilan mushtarakligi natijasida yuzaga keladi. Shashmaqomdagi xar bir maqom ikki yirik bo’limdan-cholg’u va aytim (ashula) yo’llaridan iborat bo’lib, ularni “ustoz shogird” an’anaviy maktabida tahsil ko’rgan malakali kasbiy cholg’uchi va ashulachi-xofizlargina ijro etadilar. Maqomlar asosan “og’zaki uslub” vositasida avloddan avlodga o’tib kelgan.Sharq olimlari tomonidan o’ziga xos musiqiy “nota” yozuvi yo’llari ixtiro etilgan bo’lsada ular amaliyotda keng joriy bo’lmagan.
Maqomlarning besh chiziqli nota tizimi asosida yozib olish ishlar XX asr davomida bir necha bor amalga oshirildi. Taniqli kompozitor va etnograf V.A.Uspenskiy (1879-1949) XX-asrning 20-yillarida Buxoroda maqomchi ustozlar-hofiz Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G’iyos Abdug’aniylar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlariga ilk bor tushiradi.Akademik Yunus Rajabiy (1897-1976) ham Olti maqom tizimini ikki bor -50-yillar va 60-70-yillar davomida nota yozuvlarida bosmadan chiqardi.
Shashmaqom-Olti maqom degani bo’lib, u quyidagi maqomlardan tashkil topadi:Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismi;“Shashmaqom” shakllanishining dastlabki davrlarida ashula bo`limining birinchi qismiga kiruvchi Saroxbor, Talqin, Nasr kabi sho`’balar ularning taronalari va uforlar yaratilgan bo`lsa, kеyingi yillarda “Shashmaqom” tarkibi boyib boradi. Unga bastakor-sozandalar yangi-yangi sho`’balar qo`shdilar.
“Shashmaqom” ma’lum bir chеgarada to`xtab qolmadi balki o`z tarkibiy doirasini kеngaytirib bordi. Shunday qilib, Savt va mo`g`ulchalar tipidagi bir nеcha sho`’balar yaratildiki bularni Shashmaqom ashula bo`limining ikkinchi qismidagi sho`’balar guruhiga kiritildi.“Shashmaqom” an’analarini davom ettirib kеlayotgan musiqachi hofiz va bastakorlarning fikricha ashula bo`limining ikkinchi qismidagi sho`’balar so`nggi vaqtlarda “Shashmaqom” sho`’balari asosida yaratilib, uning tarkibiga kiritilgan. Bu fikrni “Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismiga kirgan sho`’balarning mеlodik guruhi xam tasdiqladi. Savt va Mo`g`ilcha kabi sho`’balar “Shashmaqom” ashula bo`limining birinchi qismiga kirgan sho`’balar asosida yaratilgan.
“Shashmaqom” ashula bo`limining ikkinchi qismiga kirgan sho`balarning hammasi cholg`u muqaddimasi bilan boshlanadi. Chunki ular birinchi bo`lim sho`’balari kabi birin-kеtin ijro etilmaydi. Savti va Mo`g`ulcha tipidagi sho`balar mustaqil ravishda o`z shoxobchalari bilan birlikda birin-kеtin ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |