Angren oltin saralash fabrikasi.
Angren oltin saralash fabrikasi Angren kon boshqarmasi tarkibiga kiradi. Hozirgi vaqtda asosiy texnologik jarayonlar quydagilar hisoblanadi:
-rudani ikki bosqichda 60% kassgacha m aydalash 0,074mm;
-oltin tarkibli konsentrat olib flatatsion boyitish;
-konsentratni quyiltirish;
-konsentrat filtryatsiyasi;
-kekni (konsentratni) quritish;
Angren oltin boyitish fabrikasi – oltin rudasini boyituvchi fabrika “O’zbekolmosoltin” uyushmasi tarkibiga kiradi, Toshkent viloyati Angren shahridan 6 km uzoqlikda, shaharning g’arbida joylashgan. 1971-1973 – yillarda qurilgan. Fabrikada Ko’chbuloq, Qizilolmalisoy va boshqa oltin konlaridan qazib olingan ruda qayta ishlanadi (qayta ishlanadigan rudalar tarkibida 40 ga yaqin minerallar uchraydi). Fabrikada olingan gravio va flotokonsentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatigav jo’natiladi. Fabrikada ishlab chiqariladigan mahsulotlardan oltin, kumush, mis, selen, tellur, vismut kabi minerallar olinadi. Fabrikada 1992-1993- yllarda “O’rta Osiyo rangli metallar” loyiha ilmiy tatqiqot institutda loyihasi asosida rekonstruksiya qilindi va ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirildi. Fabrika negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash bo’yicha Nyumonyt (AQSH), Mitsui (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi “Angrengoldkompani” qo’shma korxonasi barpo etish bo’yicha shartnoma imzolandi.
Chodak oltin saralash fabrikasi
Chodak oltin saralash fabrikasi 1970- yilda ishga tushirilgan bo’lib, u yiliga 180 ming tonna oltin tarkibli ruda qazib olish va ularni qayta ishlash quvvatiga ega. Fabrikada Pirmirob va guzksoy konlarining oltin tarkibli rudalarini qayta ishlaydi.
Chodak rudali maydoni Pirmirob va Guzaksoy oltin- kumush konlari, shuningdek oltin va boshqa foydali qazilmalarning bir qator rudoprovleniya ma’dan namoyon bo’lishlarini o’z ichiga oladi. U Qurama tog’ining sharqiy tugashining janubiy yon bag’rida, Chodak daryosining o’rta oqimida, Namangan viloyatining Pop tumani hududida joylashgan. Tuman kon ma’dan sanoati rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu yerda 1970- yildan beri Chodak rudnigi va oltin ajratib oluvchi fabrika faoliyat yurittadi. Oltin (olyin minerali electrum va kumush) asosan xalkopirit, sfalerit, galinet, arsenopirit kabi minerallar bilan birga uchraydi. Rudaning tarkibi xlorit, albit, dala shpati, kalsit, seresit, kvars, epidot, aktinolit, piroksin, vollostonit minerallari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |