Oltin-piritli


Balxash mis boyitish fabrikasi



Download 0,6 Mb.
bet10/17
Sana01.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#723996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
kamolova Au-Fes........9

Balxash mis boyitish fabrikasi
Balxash kon-metallurgiya kombinati tarkibiga ikkita boyitish fabrikasi kiradi ( mis boyitish va molibden boyitish fabrikasi). Mis boyitish fabrikasida 915 balansdagi rudalar va 9% atrofida balansdan tashqari rudalar boyitiladi. Molibden boyitish fabrikasiga ruda sharqiy Kounrad konidan keltiriladi. Kounrad koning rudalari sifatiga ko’ra birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi. Birinchi nav rudalarga konning chuqur gorizontlaridan qazib olingan rudalar kirib, xalkopirit, pirit, xalkozin, bornit, molibdenit va noruda minerallar kvars, dala shpati,syeritsit va boshqalardan iborat. Ikkinchi nav rudalariga aralash rudalar kiradi va ularning oksidlangan qismi 30% ni tashkil etadi. Mineralogik tarkibi quydagilardan iborat: malaxit, azorit, xrizokolla, broshantit va boshqalar. Rudada ulardan tashqari gematit, limonit va yaroziy uchraydi.
Xalkopirit zarrachalarining o’lchami 0,01 -1,0 mm tashkil etadi. Rudaning zichligi 2,6 t/m3 namligi esa 1,5-3% gacha ( Sharqiy Kounrad rudasi ), rudaning qattiqligi 12-16. Kounrad koning rudalari ochiq usulda qazib olinadi.
Kounrad koni rudasining maksimal o’lchami 1300 mm. Sharqiy Kounrad rudasining o’lchami 350 mm. Ikkala konning rudalari 50 tonnalik temir yo’l dumkarlarida fabrikaga yetkazib beriladi. Mis boyitish fabrikasi 1938 – yilda ishga tushirilgan, molibden rudasini boyitish fabrikasi 1941-yilda ishga tushirilgan. Fabrikaga keltirilgan mis rudalari 3 bosqichda maydalanib, yanchish jarayoniga jo’natiladi. Yanchilgan mahsulot esa mis molibden flotatsiyaga jo’natiladi. Mis-molibden kollektiv konsentrati quyiltirilib, molibden fabrikasiga jo’natiladi. Mis-molibden konsentratlarini ajratish jarayonida 75oC bug’latiladi. Olingan mis konsentrati quyiltiriladi, filtrlanadi (namligi 12-14% ) va quritiladi. ( namligi 4,5 – 5,5 %)
Mis konsentrati Balxash zavodiga jo’natiladi. Molibden konsentrati esa Fyerroqotishmalar zavodiga jo’natiladi.
Balxash boyitish fabrikasida Kounrad konining sulfidli mis porfirli rudasi qayta ishlanadi. Misning asosiy minerallari xalkopirit, xalkozin va oz miqdorda bornitdan iborat. Piritni miqdori 1,8 – 2,6 % dan oshmaydi. Noruda minerallar kvars, syeritsit, kaolin va dala shpati. Ulardan tashqari reniymolibden bilan birgalikda, selin va tellur uchraydi. 60%- 0,074mm gacha yanchilgan mahsulot kollektiv flotatsiyaga kelib tushadi. Yanchish jarayoniga piritni cho’ktirish maqsadida oxak ( 3,5 kg/t ) qo’shiladi. Flotatsiya rN-9 da olib boriladi va jarayonga yig’uvchi reagentlardan izobutil (15g/t) va izopropil (12g/t) ksantagenatlari baralashmasi qo’shiladi. Ko’pik hosil qiluvchi reagentlarning sarfi 120-140g/t, kyerosin15g/t, natriy sulfide 80g/t, suyuq shisha 300g/t ni tashkil etadi.
Rudalar mayda va emulsion qoplamali bo’lib, sulfidlar va asosan pirit va arsenopiritlar bilan qoplangan - birikkan bo’ladi. Bunday rudalar flotatsiya usuli bilan boyitilib, oltin va sof oltinlar boyitmaga o’tkaziladi. Boyitmadagi oltinlar turli yo’llar bilan ajratib olinadi. Agar oltin zarra o’ta kichik bo’lmasa, flotokonsentrat qayta yanchilib, tanlab eritishga (sianlashga) o’tkaziladi. Bu usulni qo’llash bilan barcha xom-ashyodagi rudani o’ta mayda yanchishdan chetlab, bor yo’g’i 2-3 % chiqqan flotokonsentrat qayta yanchiladi. Ba'zan rudadagi oltin o’ta mayda bo’ladiki, uni bir necha bor qayta-qayta yanchilganda ham oltin yuzasi ochilmaydi, bunday hollarda oltin yuza qismi kuydirish usuli bilan ochiladi. Oksidlantiruvchi kuydirish jarayonida sulfid boyitmalari kuyib, ulardagi oltin yuzasi ochiladi, boyitma zarrasi sinil eritmasi yetib boradigan g’ovakli kuyindiga aylangan bo’ladi. Navbatdagi kuyindini sinillab eritib, eritmaga oltin o’tkaziladi.
Piritning oksidlanishi 450-5000 C da boshlanadi. Jarayon oraliqda pirrotin hosil qilish bilan kechadi:
FeS2 + O2 = FeS + SO2
O’z navbatida pirrotin FeS2 magnetitga oksidlanadi:
3FeS + 5O2 = Fe3O4 + 3SO2
keyin bu magnetit, gematitgacha oksidlanadi:
2Fe3O4 + 1/2O2 = 3Fe2O3
harorat 6000C ga yetganda, pirit oksidlanib u pirotinga o’tadi:
FeS2 = FeS + S2
Keyin bu ham gematitga oksidlanadi. Oksidlab kuydirish jarayoni ko’p ko’rsatgichlarga bog’liq, bulardan eng asosiysi - haroratdir. Kuydirish maromiga yetmasa (5000C) da kuyindi tarkibida pirit ko’p qoladi va u oltinnin pirit tarkibida erimay qolib yo’qotilishiga olib keladi. Harorat yuqori bo’lsa oksidlab kuydirish to’liq va tez kechadi, ammo harorat o’ta oshib 900-9500C ga yetsa, pirit va magnetit erish holatiga yaqinlashib qoladi. Bunda kuyindi yopishib – qotishmaga aylanadi, u yaxshi erimay, sinillashda oltin yo’qolishiga olib keladi. Kuydirishda gazli fazadagi kislorod konsentratsiyasi ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Kislorod konsentratsiyasi kam bo’lsa, kuyindi to’liq bo’lmaydi. Bu holda ham oltin erimay qolib yo’qolishi mumkin. Agar kislorod o’ta ko’payib ketsa, harorat tez 900-9500C da ko’tariladi, orada ko’p boyitma yaxshi oksidlanmaydi, qotishmaga o’tib qoladi. Qotishma esa yuqorida aytilganidek sinilda yomon eriydi. Kuyundi erigan qotishmaga aylanib yomon eriydi. Kuyundi yaxshi kuygan kuyindi bo’lgani uchun pech ichidagi boyitma to’xtovsiz arashtirilib turilishi kerak.
Arsenopirit minerali 4500C da tez oksidalana boshlaydi o’rta jarayonda pirrotin va magnetit hosil bo’ladi:
2FeAsS + 1,5O2 =2FeS + As2O3 (gaz)
3FeS + 5O2 = Fe3O4 + 3SO2
3Fe3O4 + 0,5O2 = 3Fe2O3
harorat 6000 C ga yetganda oksidlangan arsenopirit dissotsiyalanadi:
4FeAsS = 4FeS + As2 (gaz)
gaz holidagi margumush margumush uch oksidigacha oksidlanadi:
pirrotin esa gematitiga oksidlanadi:
As2 + 3O2 = As2O3
Hosil bo’lgan margumush uch oksidi yengil uchuvchandir. Harorat 4500Сda bug’ 2As2O3 bosimi 1 atm shu boisdan oksidlangan 2As2O3 gaz holatiga o’tadi. Ammo kislorod ko’p bo’lsa uch oksid, besh oksidga aylanadi:
As2O3 + О2 = As2O5
Ko’rib o’tilgan sulfid oltin boyitmasini oksidlab kuydirib, so’ng sinil eritmasiga o’tkazish keng tarqalgan. Ammo u birdan-bir usul emas. Ko’pincha oltin sulfid konsentratlari mis eritish pechlariga yuboriladi. Bunda u mis boyitmasi bilan qo’shib eritiladi. Ammo oltin margumush boyitmasi pechlarda eritishdan oldin kuydirishga qo’shilgani yaxshi. Bunda zaxarli As2O3 ajratib olinadi. Oltin piritli boyitmalar ham sulfat kislota olish maqsadida kuydirilishi mumkin. Sulfidli boyitmalardan oltinni to’liq ajratib olish uchun oksidlabxlorlab kuydirish, xloridli haydash, avtoklavlarda eritish kabi yangi jarayonlarni keltirib chiqaradi




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish