Oltin-piritli



Download 0,6 Mb.
bet16/17
Sana01.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#723996
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
kamolova Au-Fes........9

II.Ekologiya.
Konchilik sanoati atrof muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi manbalar kompleksidir. Har qaysi konchilik korxonasining muhitga ta’siri korxona foydalanayotgan konning geologik va geokimyoviy xususiyatlariga, konda mavjud bo’lgan kimyoviy elementlar assotsiyasiga hamda uni qazib olish va qayta ishlashda qo’llanilayotgan texnik vositalar va texnologik jarayonlarga bog’liq.
Ko‘pchilik hollarda konning qoplama jinslari hamda foydali qazilma ostidagi to‘shama jinslar tarkibida simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, rux, kadmiy va boshqa zaharli elementlar mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, foydali qazilma rudalarida ham bir necha turdagi zaharli moddalar mavjud bo‘lib, ular konni qazish, rudani yuklash, tashish va qayta ishlash jarayonlarida muhitga tarqaladilar.
Muhitning turli gaz va changlar bilan ifloslanishida ayniqsa maydalash-saralash, aglomeratsiya va boyitish fabrikalari, ta’mirlash korxonalari, qozonxonalar, energetik qurilmalar, avtotraktor parklari va shunga o‘xshashlar ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aytilganlardan tashqari tog’-kon ishlari havo bo’shlig’ini texnik shovqin bilan ham ifloslantiradi. Karyerlarda kuchli shovqin hosil qiluvchi manbalar qatoriga texnologik mashina va qurilmalar, transport vositalari kabi doimiy manbalar hamda portlatish ishlari kabi davriy manbalarni kiritish mumkin.
Konchilik korxonalarida atmosfera havosini muhofazalashning turli tadbirlari qo’llaniladi. Bu tadbirlar changlanish va ishlab chiqarish shovqinlarini kamaytirishga qaratilgandir.
Changlanishini kamaytirish. Bu tadbir changni tutib qolish, kotariladigan changni bosish hamda chang kotariluvchi yuzalarni qotirishdan iborat.
Changni tutib qolish burg’ulash ishlarida, maydalash-saralash, aglomeratsiya va boyitish fabrikalarida mexanik, gidravlik, filtrli va elektr changtutgichlarda amalga oshiriladi. Mexanik changtutgichlarning ishi chang zarralarining o’z og’irligi, inersiya kuchi va markazdan qochma kuch ta’sirida ajralib, cho’kishiga asoslangan. Gidravlik changtutgichlar ishi chang zarralarini suyuqlik yordamida cho’ktirish ya’ni changli havoni «yuvish»ga asoslangan. Filtrli changtutgichlarda chang zarralari g’ovak filtrlovchi elementlarda tutib qolinadi. Elektr changtutgichlar ishi chang zarralarning elektr toki ta’sirida ionlashib, musbat elektrod atrofiga to’planishiga asoslangan.
Konchilikda shovqin portlatish ishlari, ichki yonish dvigatellari, elektrodvigatellar, nasos va kompressorlar, burg’ulash uskunalari, tegirmon, maydalash va elash uskunalari ishi va shu singari ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlarda hosil bo‘ladi. Shovqinni pasaytirish o‘ziga quyidagi guruhni qamragan tadbirlar majmuasi yordamida amalga oshiriladi:

Tashkiliy tadbirlar:

  1. ishga qabul qilishda kasbiy tayyorgarlikni tekshirish;

  2. ishchilarning dam olish va mehnat qilishlarida maqbul rejimni tanlash;

  3. qurilmalardan foydalanish tartib-qoidalarini belgilash;

  4. xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  5. shovqin darajasi ustidan nazorat o‘rnatish;

  6. shovqin chiqaruvchi mashina va mexanizmlarni to‘g‘ri joylashtirish;

  7. shovqini kuchli bo‘lgan qurilmalarni kam shovqinli qurilmalarga

almashtirish;

  1. kuchli shovqin chiqaruvchi mexanizmlar ishini masofadan boshqarish;

  2. ishlab chiqarish xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.


2. Texnik tadbirlar:
a) passiv tadbirlar – bularga shovqin manbasi atrofiga to’siqlar qo’yish ishlari kiradi;
b) aktiv tadbirlar – bularga texnologik qurilmalardagi shovqin va titrashni kamaytirish uchun metallarning titrovchi yuzalari orasiga rezina va yumshoq plastika moslamalari hamda amortizatorlarni o’rnatish ishlari kiradi.

3. Rejalashtirish tadbirlari:


- aholi punktlarini shovqin eshitilmaydigan qilib joylashtirish;
- ishlab chiqarishni tashkil qilishda mahalliy joyning relefini
hisobga olish;
- ishlab chiqarishni tashkil qilishda shamolning yo‘nalishini hisobga olish;
- shovqin kuchini sanitariya meyorlari darajasigacha pasaytirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda ishchi va xodimlar shovqindan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari – naushniklar, antifonlar, shlem, maska, qalpoq va shu kabilardan foydalanadilar.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish