I. Texnika xavfsizligi qoidalari.
Texnika xavfsizligi o’zi bilan qonuniy aktlar sistemasini taqdim etadi, ijtimoiy ekonomika organizatsiyalarini texnik-gigiyenik va davolash profilaktika tadbirlari hamda xavfsizlikni ta’minlash,sog’liqni saqlash va insoniy mehnatga layoqatli ekanligini ta’minlab beradi.
Laboratoriya sharoitida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim.Har bir inson ishni boshlayotganda laboratoriyadagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqqan bo’lishi lozim, shundan keyin ishni boshlashi mumkin.Laboratoriya ishchisi ishga topshiriq olganda insultaj o’tashi lozim.
Flotatsiya bo’limida ishlash davomida quyidagilar talab etiladi:
1. Faqatgina boshliq bergan topshiriqlarni bajarish.
2. Doimo ishlarni xavfsizligini nazorat qilib turish, yonma-yon ishlayotgan ishchilar bilan nazorat o’rnatish.
3. Flotomashinani ishga tushirishdan oldin uni ko’zdan kechirish, penagon va bloklarni birikkan holda ishga tushirish,ishga tushirishdan oldin ogohlantirish.
4. Flotomashinalarni ishga tushirish, oxirgi kameradan birinchi kameragacha tashkil etadi.
5. Mashinani to’xtatish birinchi kameradan oxirgisigacha tashkil etadi.
6. Ish davomida flotatsion mashinalarni qismlarini tekshirish.
7. Penani nazorat qilib turish.
8. Reagentlar aralashmasini shlankalardan og’iz bilan tortish taqiqlanadi, maydon toza bo’lishi lozim, pulpa va reagentlar sachrasa zudlik bilan suv bilan yuvib tashlash lozim.
9. Flotatsiya bo’limida ishlaydiganlar rezina sapok, rezina perchatka va rezinali fartuklarda ishlashi lozim, xavfsizlikni ta’minlash uchun.
10. Flotomashinani tozalash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- elektrodvigatelni o’chirish
- impeller zonasidagi qumlarni, suvlarni yopish
-shpindelni shkiv spitsalarini aylantirishni qo’lda bajarish
- bo’sh shpindelni ishga tushirish dvigatel ishlashi davomida amalga oshirish
- agar shpindel yaxshi ishlayotgan bo’lsa dvigatelni doimiy ishlab turishini ta’minlash.
11. Flotomashinani shpindel uzatgichini klinli rementlar bilan tortish, cho’zilgan rementlarni almashtirish.
12. Penagon podshipniklarini moylash flotomashina to’xtagan holda amalga oshiriladi.
13. Nazoratli reagentlarni ishga tushirish faqat reagent bo’limida amalga oshiriladi.
14. Pulpalarni jelobdan polga tashashda, polni shlankadagi suv bilan tozalash.
15. Polni yuvish davomida suvni elektr qismiga tegishiga yo’l qo’ymaslik.
16. Sexdagi mashinalarni nazoratsiz qoldirmaslik.
17. Avariya paytida qismlarni o’chirish, tan-jarohati olmaslik uchun texnika xavfsizligini ta’minlash, bo’lib o’tgan voqea haqida elektromehanik va boshliqni ogohlantirish.
18. Mazasi bo’lmasa boshliqqa xabar berish va birinchi yordamni amalga oshirish hamda tez yordam chaqirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |