Oliy va o‘rta


-§. Yuqori aniqlikdagi teodolitlar haqida umumiy ma’lumotlar



Download 2,84 Mb.
bet48/86
Sana12.01.2022
Hajmi2,84 Mb.
#305254
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
Bog'liq
oliy geodeziya asoslari

-§. Yuqori aniqlikdagi teodolitlar haqida umumiy ma’lumotlar


Katta hajmdagi astronomik­geodezik tarmoqlarni qurish ish­ larini ta’minlash maqsadida prof. F.N. Krasovskiy tomonidan ish­ lab chiqilgan texnik topshiriqqa asosan 1936­yilda yuqori aniq­ likdagi TT­2/6 triangulyatsiya teodoliti ishlab chiqa boshlandi. U 1­sinf triangulyatsiya tarmoqlarida burchaklarni o‘lchashga mo‘ljallangan edi.

TT­2/6 teodolit diametri 220 mm ga teng metaldan tayyor­ langan gorizontal limb doirasiga ega; teodolitning vertikal o‘qi konus rasmida bo‘lib o‘zgartirish imkoniyatiga ega; ko‘rish tru­ basining fokus masofasi 520 mm ga teng, uning kattalashtirishi 30;52 va 65x; u bo‘lak qiymati 1'' ga teng okular mikrometri bi­ lan ta’minlangan; tekshirish trubasining kattalashtirishi 30x, oku­ lar mikrometrining bo‘lak qiymati 1,4'' va u teodolit tagligiga mahkamlangan, vazifasi signal stolchasining toblanishini aniq­ lash va hisobga olishdan iborat; teodolit 2 mm ga bo‘lak qiy­ mati 2,5'' ga teng bo‘lgan qarash trubasining gorizontal aylanish o‘qiga o‘rnatilgan silindrik adilakka ega; gorizontal doiradagi mikroskop­mikrometr barabanining eng kichik bo‘lagi qiymati 2'' ni tashkil qiladi; teodolit massasi 27,5 kg.

Bu teodolit bilan astronomik­geodezik tarmoqlarda burchak­ larni o‘lchash ta’minlandi. U teodolit uchburchaklar tomon­ lari 20–30 km va undan ortiq bo‘lganda gorizontal burchaklarni o‘lchash o‘rta kvadratik xatosi 0.5–0.7'' dan kam bo‘lmagan aniq­ likni ta’minlaydi (uchburchaklar bog‘lanmasliklari bo‘yicha).

Taxminan shu yillarda AU­2/10 yuqori aniqlikdagi astronomik universal ishlab chiqildi, uning gorizontal va vertikal limblarining diametri mos ravishda 220 va 135 mm ni tashkil qiladi. Bu as­ boblar bir necha o‘n yillar davomida yuqori aniqlikda astronomik kenglik, uzoqlik va azimutlarni (Laplas punktlarida) aniqlashda xizmat qildi.

1940­yilda «Aerogeopribor» zavodi yuqori aniqlikdagi optik teodolit OT­02 birinchi partiyasini ishlab chiqdi. Bu asboblar 2–4­sinf geodezik tarmoqlarda burchak o‘lchashga mo‘ljallan­ gan edi. 1965­yilda bu asbob birmuncha mukammallashtirilib OT­02M shifri bilan ishlab chiqildi.



1968­yilda TT­2/6 teodoliti o‘rniga yuqori aniqlikdagi T05 teodoliti ishlab chiqa boshlandi, uning aniqligi 0,5'' ni tashkil qi­ ladi.

Teodolit T05 boshqa optik teodolitlarga o‘xshash ishlash uchun qulay, TT­2/6 ga nisbatan kichik o‘lcham va massaga ega, aniqligi bo‘yicha esa undan aniqroq.

T05 teodoliti ikkita asosiy qismlardan: ostki va ustki qism­ lardan tashkil topgan bo‘lishi zarurat bo‘lganda (masalan, uzoq muddatga saqlashda, boshqa joyga olib borishda va h.k.) ular ajra­ tilib boshqa­boshqa qutilarga solinadi.



Teodolitning ostki qismiga quyidagilar kiradi: taglik ko‘targich vintlari, hamda markazlash moslamasi bilan birga; gorizontal doira unda o‘rnatilgan limb doirasi bilan birga; qarash trubasi­ ning gorizontal aylanish o‘qini o‘rnatish uchun lagerli kolonka­ lar; sanoq olish sistemasining kolonkalar ichida o‘rnatilgan qism­ lari.

Teodolitning ustki qismiga quyidagilar kiradi: qarash tru­ basi uning gorizontal aylanish o‘qi bilan; vertikal doira va un­ da o‘rnatilgan silindrik adilak; sanoq olish mikroskopi; vertikal doira sanoq olish sistemasining qismlari.

Gorizontal doira alidadasida 2 mm ga bo‘lak qiymati 6–7'' ga teng silindrik adilak joylashgan; trubaning gorizontal aylanish



o‘qi sapfalarida esa 2 mm ga bo‘lak qiymati 4–5'' ga teng bo‘lgan silindrik adilak o‘rnatiladi.

Teodolitning vertikal o‘qi silindrik, yarim kinematik tipda va o‘z­o‘zidan sozlanadi (sharikli podshipnikda); uning ishchi qis­ mi uzunligi 100 mm ga yaqin. Vertikal o‘q bilan teodolit alidada doirasi quyma mahkamlangan. Trubaning gorizontal o‘qi silindr rasmida bo‘lib, ichi bo‘sh, uning sapfalari bronzali lagerlarga ta­ yanadi. qarash trubasi­markaziy to‘g‘ri astronomik bo‘lib okular qismi bilan zenitdan o‘tkaziladi. Trubaning yassi parallel plas­ tinkali okular mikrometrining bo‘lak qiymati 1'' ga teng. Sanoq olish sistemasi sinfik variant asosida limbning diametral qarama­ qarshi shtrixlari tasvirini tutashtirishga asoslab qurilgan. Gori­ zontal va vertikal doiralardan sanoq olish optik ponali mikrometr yordamida amalga oshiriladi. Masalan, gorizontal doira bo‘yicha sanoq quyidagini tashkil qiladi.

30° 15'

3' 24,4'' (1­tutashtirish)



25,2'' (2­tutashtirish)

30° 18' 25,0''

Teodolitni geodezik belgi stolchasidagi nuqta ustida markaz­ lash mexanik markazlash moslamasi bilan amalga oshiriladi. As­ bob komplektiga, shuningdek, signal toblanishini hisobga olish uchun tekshirish trubasi ham kiradi (buyurtmachining talabiga asosan).


Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish