-§. Tayanch geodezik tarmoqlarni barpo etishning boshqa usullari
Astronomik punktlardan tashkil topgan tayanch to‘rlar. Hududi 1:100 000 va undan kichik masshtabda topografik syomka qilish da tayanch to‘rni, birbiridan kamida 80–100 km da joylashgan astronomik punktlardan barpo etish mumkin. Bu holatda ast ronomik kenglik va uzoqliklarga shovun chizig‘ini og‘ishi uchun tuzatma kiritilishi lozim. Bu tuzatmalarni birinchi yaqinlashish da gravimetrik syomka ma’lumotlari bo‘yicha hisoblash mumkin. Tayanch geodezik to‘rni bunday usulda barpo etish 1945–50yil
larda O‘rta Osiyoning tog‘li rayonlarini 1:100 000 masshtabda xaritalash uchun qo‘llanilgan. Hozir bu rayonlarda yuqori aniq likdagi davlat geodezik to‘ri barpo etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |