Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Y. Jo’rayev., O. Bobojonov., F



Download 2,41 Mb.
bet77/145
Sana08.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#168582
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi

Omillar

Yangi foyda, so’m

Foydaning o’sishi

So’m

%

A. Sotuv narxining ko’tarilishi

90000

+30000

+50

B. Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlarning pasayishi

80000

+20000

+33

V. Doimiy xarajatlarning pasayishi

64000

+4000

+7

G. Ishlab chiqarish hajmining oshishi

70000

+10000

+17

Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog’lanmagan holda harakat qiladigan sharoitda amalga oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to’liq bir-biriga aloqadorligini va boshqalarning ta’sir ko’rsatishini chiqarib tashlamaydi, shuningdek, sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga yo’naltirilgan tezkor narx siyosatini va boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx o’rnatishda ozod ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan qiyinchiliklar sodir bo’ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor bilan, qo’shimcha sarmoyalar bilan ham bog’liq bo’ladi.

Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib boriladigan siyosat, reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda- nihoyatda yangi mahsulot yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning modifikatsiyasi muhimdir.

Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan va mavjud bo’lgan assortimentga qo’shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo’lishi mumkin yoki mahsulotni o’zi o’zgartirilmasdan yangi uskunalar va mexanizmlarning kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin.

Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo’shimcha sarmoyalarni talab etadi. Shuning uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha qarorlarni qabul qilish investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’ladi, subyekt boshqaruvining yuqori darajasida amalga oshiriladi.

Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik yo’nalishlarni aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab chiqariladigan mahsulotni modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik rivojlantirish; eskirgan mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish boshqa hamma yo’nalishlarni aniqlovchi subyektning strategiyasida prioritet yo’nalish bo’lib qolmoqda.

Innovatsion menejmentini tuzish quyidagi formulani taklif etadi:

" Fan Ishlab chiqarish Mahsulot"

Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror qabul qilishda kerak bo’lgan ko’rinish, hajm va ma’lumot mazmunini topshiradi. Innovatsiya jarayonini 6ta bosqichga bo’lish mumkin:



  1. Bozordagi texnologik yangi o’zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bo’limlaridan (IIТKI), marketing bo’linmalaridan, sotuv bo’limi appartidan, savdo dallollaridan, xaridorlardan tushadigan ma’lumotlarni yig’ish va tizimlash; subyektni yangi mahsulotni ishlab chiqarish va tatbiq etish, tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda mavjud imkoniyatlari haqidagi maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma’lumotni yig’ish va tizimlash.

Ma’lumotni yig’ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo’lgan talabga ta’luqli omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil mahsulotlar talabni qondirish uchun mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari esa talab va bozorni rag’batlantirish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Izlanish ishining eng boshida bozorni tahlil qilish mahsulotning standartlarga to’g’ri kelishini, uning xaridorlar uchun ko’zga tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish hajmlarini o’rnatishga imkon beradi.

  1. Yangi mahsulot g’oyasiga ta’lluqli ma’lumotni tanlash, g’oyalarning imkoniyatlari va amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning texnologiyasida o’xshashliklar va farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subyektning ixtisosligiga to’g’ri kelishi; bo’lajak buyumning patent tozaligini aniqlash.

  2. Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing dasturini ishlab chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini texnik ishlab chiqish; mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati va iste’mol xususiyatlarini baholash; sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va o’zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash, sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi- mashina, uskuna, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o’zlashtirish va u bilan birga bozorga chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va baholash.

  3. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab chiqarishda band bo’lgan har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish; namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik jihatdan texnik sinashlarni o’tkazish va boshqalar; tovarning nomlanishini, uning tovar belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka qilishni ishlab chiqish.

  4. Cheklangan bozorda mahsulotga bo’lgan narxga va boshqa tijorat shartlarga nisbatan uch oydan kam bo’lmagan muddatda izlanishlar olib borish; sotish qilishni muqobil kanallarini tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash.

  5. Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi, xaridorlar bilan bo’lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari, resurslari, xodimlarning malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga sarflangan umumiy summasini, moliyalashtirish manbalari, hisoblash davriga bo’lgan foyda va zarar bo’yicha ko’zlanayotgan natijalarni hisoblash asosida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish.

Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim masala bo’lib bu maqsad va sotish hajmiga bo’lgan sarflarning nisbatini, ishlab chiqarish sarflari va yalpi foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi.

Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo’lib butun subyekt bo’yicha sotish hajmiga va boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish ta’sirini baholash qo’llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga, reklamaga ketgan xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo’llaniladi.

Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari mavjud: ekspert baholash; foydaning kutilayotgan me’yori; ehtimolli yondashish; kutilayotgan foydaning dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko’p o’lchamligi; tarmoqni jalb qilish qobiliyati, raqiblarning unga ta’siri va kirishi; hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni takomillashtirish uchun yangi yaratmalarni qo’llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab chiqarish va sotuvini subyektning moliyaviy faoliyatiga ta’siri.

Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko’p jihatdan mahsulotga narx o’rnatish bilan kafolatlangan. Mahsulotga bo’lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi eski yoki shunga o’xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.

Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o’zgarib turganligi sababli yangi mahsulotning paydo bo’lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum bo’ladi. Shundan, reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan mahsulotning funksional roli, o’xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish, bunday mahsulot uchun "o’zining" bozorini yaratish yoki talab qayishqoqligini hisobga olgan holda uncha ko’rimsiz bo’lgan mahsulotlarga narxni belgilash.

Тurli holda yangi mahsulotga narxni o’rnatish va hisoblash uchun sarflar va foyda koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi ishlatiladi. Qator loyihalarning mavjudligida yirik subyektlar birdaniga bir nechasiga sarmoya kiritadi, keynchalik esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot tekshirilgandan so’ng ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim hollarda o’tmishdagi "omadsiz" mahsulot kelajakda "omadli" bo’lib ketadi. Mahsulot narxining va qiymatining to’g’ri kelishini o’rnatish uchun bu ko’rsatkichlar bo’yicha hisobotlar tuzish tizimi tez va samarali bo’lishi kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo’shimcha qilib buxgalterlar yangi mahsulotning hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar tuzishlari kerak.

Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning sotishsini tekshirish jarayoni o’tkaziladi. Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqidagi ma’lumot buxgalteriya hisobotida ro’yxatga olinadi. Undan tashqari, yangi mahsulotning bozordagi hulqini o’rganishning boshqa usullari ham qo’llaniladi. Bu- pochtali korrespondensiya, savolnoma yoki telefon yordamida xususiy shaxslarni savol-javob qilish. Yangi mahsulotni baholashdan tashqari xaridor tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan sharoitlar o’rganiladi, bu esa narxni aniqlashda, bo’lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada muhim o’rin tutadi.


Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish