Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Y. Jo’rayev., O. Bobojonov., F
O’zbekiston respublikasi
Ushbu hisobotlardan ko’rinib turibdiki, har xil boshqaruv pog’onalaridagi xarajat markazlarining hisobotlari o’rtasida mustahkam bog’liqlik mavjud. Misol tariqasida ko’rayotgan subyektda boshqaruv uchta pog’onadan tashkil topgan: brigadirlar tomonidan nazorat qilinadigan brigadalar; sexlarning rahbarlari tomonidan nazorat qilinadigan sexlar; bosh menedjer tomonidan nazorat qilinadigan subyekt. Ushbu menedjer o’z navbatida ishlab chiqarish bo’yicha javob beradigan bosh direktorning muoviniga bo’ysunadi. Ilgari qayd qilganimizdek, yuqori boshqaruv pog’onalariga taqdim qilinadigan hisobotlar pastki pog’onaga topshirilgan segmentlar bo’yicha hisobotlarning yig’ma nusxasi bo’lishi mumkin emas. Chunki ushbu sarflar nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan xarajatlardan tashkil topganligi uchun va pastki boshqaruv pog’onasida nazorat qilinmaydigan xarajatlarning inkor qilinganligi sababli ushbu hisobotlarning o’rtasida farqlar vujudga keladi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki umuman xarajatlar ularning sodir bo’lish turlaridan qat’iy nazar kimningdir tomonidan nazorat qilinadi. Misol, umumxo’jalik sarflarini sex yoki bo’limlarning rahbarlari nazorat qila olmaydilar. Ushbu xarajatlarning sarfi ustidan subyektning bosh direktori nazorat o’rnatadi. Chunki ushbu xarajatlar hamma sex va bo’limlar uchun umumiy bo’lganligi sababli bo’limlarning rahbarlari ularning sarfi ustidan nazorat o’rnata olmaydilar. Shunga o’xshash brigadirlar va ustalar nazorat qilishi mumkin bo’lmagan umumsex yoki umumbo’lim sarflarining ustidan mazkur sexlar yoki bo’limlarning rahbarlari nazorat o’rnatadilar. Bundan tashqari, ayrim holatlarda subyektlarning bosh direktorlari ayrim sex va bo’limlarning boshliqlarini ularning nazorat qilish doirasidagi ayrim xarajatlarning ustidan nazoratni amalga oshirishdan ozod qilishlari ham mumkin. Misol tariqasida ushbu rahbarlar nazorat qilishi mumkin bo’lgan xarajatlarning ikki moddasini: elektr quvvatlarining sarfi; telefon xizmatlarining sarfi ko’rib chiqamiz. Elektr quvatlarining sarfi ustidan nazorat o’rnatganda menedjerlar eng avvalo ish kunining oxirida xodimlar o’zlari ishlayotgan mashinalar, uskunalar va kompyuterlarni tokdan ajratishi, ortiqcha priborlarning elektrga ulanmasligini nazorat qiladilar. Тelefon xizmatlarining sarfini nazorat qilish uchun esa ortiqcha so’zlashuvlarning oldini olish maqsadida yoki kimning gaplashganligini bilish uchun shaharlararo va davlatlararo telefon aloqalarini kodlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu sarflar uncha katta hajmda bo’lmasa ham ularning ustidan nazorat o’rnatish tadbirlari qimmatga tushadi, lekin ushbu nazoratni o’rnatish zarur. Shuning uchun ham ma’muriyat ushbu sarflarni menedjerlar uchun quyidagi sabablarga muvofiq nazorat qilinmaydigan deb tan olishga majburdirlar: ushbu sarflarning ahamiyati uncha katta emasligi; tejamkorlik shartiga rioya qilish. Misol uchun elekt quvvatini tejashdan olingan naf ushbu nafni olish uchun sarflangan xarajatlardan ortiq bo’lishi lozim. Chunki bo’limlarning ichki hisobotlariga asosan nazorat qilinadigan sarflargina qo’shiladi. Foyda markazlari bo’yicha tuziladigan hisobotlarning ham asosida nazorat qilish imkoniyati, sharti yotadi. Ushbu hisobot ham boshqaruv pog’onasiga muvofiq ravishda tuzilgan bo’lib unda ko’rsatiladigan foyda markazlari tegishli muomalaviy segmentlar bo’yicha va hududlar bo’yicha tashkil qilinadi. Pastki tabaqada joylashgan bo’limlarning rahbarlari o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlarning sotilishi bo’yicha mas’uldirlar va ular subyektning bosh direktoriga bo’ysunadilar. Foyda bo’yicha hisobot tuzilganda marjinal daromadning pog’onama-pog’ona hisoblanishini talab qiladi, chunki ushbu tartib bir tomondan o’zgaruvchan xarajatlarning ta’sirini yoritsa ikkinchi tomondan esa yakuniy moliyaviy natijani shakllantiradi. Bundan tashqari, ushbu tartibda yondashish yakuniy foydaning tarkibini tahlil qilishni yengillashtiradi. Natijada har bir ayrim olingan mahsulot va xizmatlarning to’g’ri doimiy xarajatlarni qoplashga qo’shgan hissasini va natijada subyektning olgan umumiy foydasiga qo’shgan hissasini aniqlashga yordam beradi. Doimiy xarajatlarni qoplashni hisobga olishning ushbu tartibi segmentlarning faoliyatlarini turlari va joylanish hududlari bo’yicha rentabellik darajasi to’g’risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga yetkazib beradi. Ushbu holatda ham yuqorida ta’kidlangan ikkita prinsip (shart)ga rioya qilinadi: boshqaruv pog’onasiga qarab hisobotning analitik darajasi pasayib boradi; hisobot ko’rsatkichlarining nomlanishi yo’qolib boradi. Bo’limlarning ma’muriy boshqaruv xarajatlari mahsulot va xizmatlarning turiga taqsimlanmaydi. Chunki ular joylarning doimiy xarajatlari bo’lganligi uchun olingan umumiy marjinal daromadning summasidan chegiriladi. Ushbu umumiy sarflarga shu joyda joylashgan filial ma’muriyatining mehnat haqi, imoratlarni asrash va boshqa sarflar kiradi. Boshqa muomalaviy xarajatlarni subyektning o’zi amalga oshiradi. Ushbu xarajatlar tegishli bo’lim va filialning xarajatlari summasidan chegiriladi (qoplanadi). 9.7-jadval Boshqaruv pog’onalarining darajasi sharoitida foyda markazlarining faoliyati bo’yicha hisobotning shakli (ming so’m).
Segmentlar bo’yicha foyda yuzasidan tuziladigan hisobotning boshqa alternativ varianti ham mavjud bo’lib ushbu tartibda marjinal daromalning ko’rsatkichlari o’rniga segmentlarning yalpi foydasi hisoblanib aniqlanadi. Ushbu hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi: FΣqDΣ-Тm Bu yerda: FΣ- yalpi foyda; DΣ- yalpi daromad va Тm- mahsulotning tannarxi. Lekin amaliyotda foyda markazlari bo’yicha hisobotlarni tuzishda ushbu masalalarni chuqurroq yoritish imkoniyatlari mavjud. Ushbu holatlarda hisobot segmentlarining muomalaviy foydalarini yoritishgacha kengaytiriladi va foyda esa segmentlarning olgan yalpi foyda summasidan subyektning muomalaviy xarajatlarini chegirish natijasida topiladi. Bu tartibni joriy qilishda ehtiyot bo’lish kerak, chunki ayrim hollarda bo’limlarning xaqiqatda olgan foydasining hajmini noto’g’ri ko’rsatishga va noto’g’ri baholashga olib kelishi mumkin. Ushbu muomalaviy xarajatlarni taqsimlashning uchta usuli olimlar va amaliyotchilar tomonidan taklif qilinayapti:
Тaqsimot bazasi qilib mehnat haqi sarflarini olish; Тaqsimot bazasi qilib har bir segmentning olgan daromadini olish; Тaqsimot bazasi qilib har bir segmentning olgan foydasini olish. Shunday qilib, ushbu usullarni chuqur o’rganib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: foyda markazlari bo’yicha hisobot tayyorlayotganda tashkiliy muomalaviy xarajatlarni taqsim qilishning mutanosiblik asosi bu segmentlarning olgan foyda summasidir. Ushbu usul tegishli bo’limlar faoliyatining samaradorligini buzib ko’rsatmaydi. Download 2,41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |