124
maydonlar va sheyp-fayllar geometriyasini geoma’lumotlar bazasi tomonidan
foydalaniladigan turlarga konvertatsiya qiladi.
ESRI
sheyp-fayllaridagi nuqtalar, chiziqlar va poligonlar uchun geometriya
turlari geoma’lumotlar bazasi fazoviy obyektlar sinflarining tegishli turlariga juda
o‘xshashdir.
Shuning
uchun
ham,
geoma’lumotlar
bazasiga
sheyp-
fayllarma’lumotlar to‘plamlarini import qilish nisbatan oson amalga oshadi.
Ma’lumotlarni eksport qilish.
Ma’lumotlarni eksport qilish bir necha
geoma’lumotlar o‘rtasida ma’lumot jo‘natish,
shuningdek, zarurat tug‘ilganda
ma’lumotlar formatini o‘zgartirish imkonini beradi.
ArcMap va Katalog daraxti yordamida ma’lumotlarni eksport qilishning bir
necha usullari mavjud:
–
Katalog daraxtidagi kontekstli menyu yordamida;
–
Geoishlov berish uskunalari yordamida;
–
ArcMapdagi Ma’lumotlarni chiqarib olish ustasi yordamida;
–
ArcMapdagi ma’lumotlarni Eksport qilish buyrug‘i yordamida.
Ma’lumotlarni kontekstli menyu yoki geoishlov berish uskunalari yordamida
eksport qilinganda ArcToolBoxdagi Ma’lumotlarni konvertatsiyalash uskunalari
ham ishga tushiriladi.
Obyektlar sinflari to‘plamini, fazoviy obyektlar
sinflarini va jadvallarni
eksport qilish XML-ishchi maydon hujjatini eksport qilish ustasi yordamida
amalga oshiriladi. Siz, shuningdek, hech qanday ma’lumotsiz
faqat sxemaning
o‘zini ham eksport qilishingiz mumkin.
Jadvallar, obyektlar sinflari va obyektlar sinflari to‘plamlarini eksport
qilish.
Jadvallar, obyektlar sinflari va obyektlar sinflari to‘plamlarini eksport
fayllariga eksport qilayotganingizda siz, shuningdek,u bilan bo‘g‘liq bo‘lgan
barcha ma’lumotlarni ham eksport qilasiz. Shuning uchun ham agar siz geometrik
tarmoqlar sinflarini yoki topologiyalarni eksport qilayotgan bo‘lsangiz, topologiya
yoki tarmoqda ishtirok etuvchi barcha fazoviy obyektlar
sinflari ham eksport
qilinadi. Agar siz munosabatlarda ishtirok etuvchi fazoviy obyektlar sinflari yoki
jadvallarni eksport qilayotgan bo‘lsangiz, unda jadvallar va fazoviy obyektlar
125
sinflari bilan birgalikda u bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar sinflari ham eksport
bo‘ladi. Bu, shuningdek, tarkibida obyektli-bog‘langan annotatsiyalar bo‘lgan
fazoviy obyektlar sinflariga ham tegishli. Tarkibida domen, quyi turlar
va indekslar
bo‘lgan fazoviy obyektlar sinflarini nusxalaganingizda ular ham eksport qilinadi.
Ushbu elementlarni boshqa geoma’lumotlar bazasiga eksport va import
qilish Katalog daraxtidagi Nusxalash va O‘rnatish buyruqlaridan foydalanishga
o‘xshash. Bu ikki jarayonda
ham yangi obyektlar sinflari, fazoviy obyektlar
sinflari, jadvallar yaratiladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlar ham
ko‘chib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: