Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sadulla Avezbayev, Otabek Sadullayevich Avezbayev geoma’lumotlar bazasi va arxitekturasi


Jadvallar. Atributli jadvallardan keng doiradagi masalalar uchun  foydalaniladi.  Munosabatlar sinflari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/131
Sana15.04.2022
Hajmi2,63 Mb.
#554310
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131
Bog'liq
V8xRJw0Jh3k7eLLeXMnEoXt9RMkgC0PCmuG8XA08

Jadvallar.
Atributli jadvallardan keng doiradagi masalalar uchun 
foydalaniladi. 
Munosabatlar sinflari
bir necha jadvallardagi yozuvlar o‘rtasidagi aloqani 
yaratish uchun qo‘llaniladi. 
Rastr ma’lumotlari to‘plami
– o‘lchami ekstentga teng bo‘lgan alohida 
rastr yoki tasvir. 
Rastrlar katalogi
– tasvirlarning tartibga solingan to‘plami, masalan, hudud 
tasviri qismlarining seriyalari. 
Manzillar lokatori
– manzillar va ushbu obyektlarning geokodlash 
qoidalariga ega bo‘lgan fazoviy obyektlar ma’lumotlari to‘plami. 
Geoishlov berish uskunalari to‘plami
foydalanuvchi tomonidan 
yaratiladigan uskunalar, skriptlar va geoishlov berish modellari.
Jadvallar, obyektlar sinflari va obyektlar sinflari to‘plamlarini boshqa 
geoma’lumotlar bazasiga nusxalash. 
Siz ma’lumotlar to‘plamlarini turli usullar 
bilan nusxalashingiz mumkin: 

Ma’lumotlar to‘plamini nusxalash uchun Katalog daraxtidagi kontekstli 
menyudan foydalanib; 

ArcToolbox geoishlov berish uskunalaridan foydalanib. 
Ma’lumotlarni Katalog daraxtidan nusxalashingiz, so‘ngularni boshqa joyga 
o‘rnatishingiz mumkin. Ma’lumotlarni boshqarish uskunalari to‘plamidagi 
Nusxalash uskunasi ham ma’lumotlarni bir joydan nusxalab boshqa joyga o‘rnatish 
imkonini beradi.
Jadvallar, alohida fazoviy obyektlar sinflarini yoki obyektlar sinflari 
to‘plamlarini nusxalash mumkin, ularning har biriga nusxalash paytida belgilangan 


112 
geoma’lumotlar bazasida tarkibida manbadagi barcha yozuvlar yoki obyektlar 
bo‘lgan yangi jadvallar, fazoviy obyektlar sinflari va obyektlar sinflari to‘plamlari 
yaratiladi. Agar siz Faylli yoki ArcSDE geoma’lumotlar bazasiga nusxalayotgan 
bo‘lsangiz unda yangi jadvallar va fazoviy obyektlar sinflarining o‘rnatilish 
jarayonini nazorat etish uchun Shakl kalit so‘zini ko‘rsatishingiz mumkin.
Nusxalash 
hamda 
o‘rnatish 
jarayonida 
tegishli 
bo‘lgan 
istalganma’lumotlarning nusxalanishi ham sodir bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki
agar siz geometrik tarmoqlar sinflarini yoki topologiyalarni nusxalasangiz, unda 
barcha ularda ishtirok etuvchi fazoviy obyektlar sinflari ham nusxalanadi. Agar siz 
munosabatlarda ishtirok etuvchi fazoviy obyektlar sinflarini yoki jadvallarni 
nusxalasangiz, unda ular bilan birgalikda munosabatlar sinflari ham nusxalanadi. 
Huddi shu narsa obyektli-bog‘langan annotatsiyalarga ega bo‘lgan obyektlar 
sinflariga ham tegishli (unda obyektli-bog‘langan annotatsiyalar ham nusxalanadi). 
Domenlar, quyi turlar yoki indekslarga ega bo‘lgan fazoviy obyektlar sinflariga 
keladigan bo‘lsak, bunday holatlarda domenlar, quyi turlar va indekslar ham 
nusxalanadi.
Agar siz fazoviy obyektlar sinflarini huddi shu yoki boshqa geoma’lumotlar 
bazasining mavjud bo‘lgan obyektlar sinflari to‘plamiga nusxalayotgan bo‘lsangiz, 
unda obyektlar sinfining fazoviy bog‘lanishi obyektlar sinflari to‘plamining 
bog‘lanishiga mos kelishi shart. Agar ular mos bo‘lmasa, ma’lumotlarni nusxalay 
olmaysiz. 
Katalog daraxtidagi Nusxalash buyrug‘i yordamida siz osonlikcha 
istalganma’lumotlar to‘plamini bir geoma’lumotlar bazasidan boshqasiga ko‘chirib 
o‘tkazishingiz mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarishingiz kerak: 
1.
Katalog daraxtidagi nusxalanadigan jadvallar, fazoviy obyektlar sinflari 
yoki obyektlar sinflari to‘plamining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. 
2.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish