113
4.
O‘rnatish (Paste)
ga bosing. Sizga aynan qaysi ma’lumotlar
nusxalanayotganligi ko‘rsatilgan muloqot oynasi ochiladi.
Nomlardagi istalgan
muammolar avtomat tarzda hal qilinadi va qizil rangda yonib turadi.
5.
Muammoli vaziyat bo‘lganda sizga dastur tomonidan taklif etilgan nom
ustidan yangisini kiriting.
6.
Agar siz ma’lumotlarni Faylli yoki ArcSDE geoma’lumotlar bazasiga
nusxalayotgan bo‘lsangiz va yangi fazoviy obyektlar sinflari va jadvallarning
o‘rnatilish hamda yaratilish jarayonini nazorat etishni istasangiz, unda kalit so‘ziga
bosing va quyida ochiladigan ro‘yxatdan yangisini tanlang.
7.
Yangi jadvallar yoki obyektlar sinflariga ma’lumotlarni ko‘chirib
o‘tkazish uchun
OK
tugmasiga bosing.
Geoma’lumotlar bazasida jadvallarni ro‘yxatga olish.
Geoma’lumotlar
bazasida jadvallarni ro‘yxatga olish jarayonida geoma’lumotlar
bazasining
quyidagi tizimli jadvallariga yozuvlar kiritiladi:
–
GDB_ITEMS;
–
GDB_ITEMRELATIONSHIPS;
–
TABLE_REGISTRY (yoki sde_table_registry);
–
COLUMN_REGISTRY (yoki sde_column_registry).
Agar jadvalda fazoviy ma’lumotlarga ega ustun bo‘ladigan bo‘lsa, unda
geoma’lumotlar bazasining tizimli jadvallariga ham yozuv kiritiladi:
–
LAYERS (yoki sde_layers);
–
GEOMETRY_COLUMNS (yoki sde_geometry_columns).
Bundan tashqari, geoma’lumotlar bazasiga jadvallarro‘yxatga olinganda
jadvalga ObjectID maydoni qo‘shiladi. Bu maydon geoma’lumotlar bazasi
tomonidan maxsus ID raqamlar bilan to‘ldiriladi. Agar geoma’lumotlar
bazasida
jadval ro‘yxatga olinsa va bu jadvalda ObjectID maydoni oldindan bor bo‘lsa,
unda muloqot oynasi paydo bo‘ladi va sizga oldindan mavjud maydondan
foydalanish yoki ObjectID_1 deb nomlangan yangi maydonni qo‘shish taklif
etiladi.
114
Eslatma
. Agar siz maxsus qiymatlar o‘rniga mavjud bo‘lgan maydonlardan
foydalanishni tanlasangiz,
unutmang, maydon qiymatlari 1 dan boshlab qayta
yozib chiqiladi. Agar maxsus qiymatlar va mavjud bo‘lgan maydonlardan
foydalanishni tanlasangiz, ArcGIS tomonidan qabul qilinadigan keyingi qiymat ID
ning maksimal qiymatiga +1 qo‘shilishiga tenglashadi, ya’ni
maydonlarning
maksimal qiymati 374 ga teng bo‘lsa, ArcGIS 375 ga teng bo‘lgan qiymatni qabul
qiladi.
Agar geoma’lumotlar bazasida allaqachon ObjectID deb nomlangan
maydonga ega fazoviy jadval (fazoviy obyektlar sinfi) ro‘yxatga olinsa, biznes-
jadvalga avtomat tarzda ID maydoni qo‘shiladi. ID maydonining ma’lumotlari
turi ObjectID bo‘ladi. Jadvalning ushbu maydonidagi har bir yozuv o‘zida maxsus
qiymatlarni saqlaydi. Ushbu qiymatlar geoma’lumotlar bazasi tomonidan
boshqariladi.
Geoma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan fazoviy
jadvalda faqat bitta
ObjectID ma’lumotlar turiga ega maydon bo‘lishini unutmang.Geoma’lumotlar
bazasiga ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan jadvalda foydalaniladigan maydon
ma’lumotlari turi ArcGIS ma’lumotlar turiga to‘g‘ri kelishi shart, aks holda
ro‘yxatga olishni amalga oshirib bo‘lmaydi.
ArcGIS for Desktop da geoma’lumotlar bazasi jadvalini ro‘yxatga
olish
uchun quyidagi amallarni bajaring:
1.
ArcMapni ishga tushiring va Katalog oynasini oching yoki ArcCatalogni
ishga tushiring.
2.
Tarkibida ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan jadvalga ega ko‘p
foydalanuvchili geoma’lumotlar bazasiga ulaning. Ulanish Katalog daraxtidagi
Ma’lumotlar bazasi ulanishlari (Database Connections) papkasi orqali amalga
oshiriladi. Jadval egasi sifatida ulanganligingizga ishonch hosil qiling.
3.
Ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan jadval ustiga sichqonchaning o‘ng
tugmasini bosing va Geoma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga olish (Register with
Geodatabase) punktini tanlang.
115
4.
Agar siz ObjectID maydoniga ega bo‘lgan fazoviy bo‘lmagan jadvalni
ro‘yxatga olayotgan bo‘lsangiz, unda mavjud maydonlardan
qay birini ObjectID
sifatida foydalanishingizni tanlang yoki buning uchun yangi maydon yarating.
Agar siz fazoviy jadvalni ro‘yxatga olayotgan bo‘lsangiz va ArcGIS tegishli
ObjectID ustunini, fazoviy ekstentni, fazoviy bog‘lanishlar va obyekt turini aniqlay
olsa, unda dastur avtomat tarzda jadvalni ro‘yxatga oladi. Agar ushbu
xususiyatlarning istalgan biri aniqlanmasa, unda muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: