Daromad [foyda, kirim] – savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan kelib tushadigan sof pul.
Baho [narx, qiymat] – biror narsaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati; narx. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi.
Moddiy – [jism, moddaga oid] - mol va puldan iborat. Moddiy yordam. Moliyaviy – moliyaga oid. Pul mablag‘lari va ularni to‘plash, taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Moliyaviy masala.
Mablag‘ [naqdina, tayyor pul] - biror narsa yaratish, qurish, o‘tkazish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul. Aholi o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi.
Inflatsiya [lot. inflatio - shishish, ko‘tarilish; bo‘rtib chiqish] - muomaladagi qog‘oz pullar massasining taklif qilinayotgan real tovarlar hajmiga nisbatan haddan tashqari ortib ketishi va pulning qadrsizlanishi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosining ko‘tarilishi, pulning xarid qilish quvvatining pasayishi. O‘rmalovchi inflatsiya.
Ishsizlik – ishsiz holat, ish bilan ta’minlanmaganlik. Inflatsiya mehnatkashlar ahvolining yomonlashuviga olib keladi, ularning hayot darajasini pasaytiradi, ishsizlikni ko‘paytiradi.
Kredit [lot. creditum - qarz< credere - ishonmoq] –foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag‘lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; shaxs yoki muassasaning o‘ziga tegishli pullarni hisoblab qo‘yiladigan schyoti; qarz, mablag‘, chiqarilgan pul. Kredit olmoq.
Giperinflatsiya – shiddat bilan rivojlanuvchi va iqtisodiy halokat, inqiroz xavfini tug‘diruvchi inflatsiya. Inflatsiyaning yana bir turi – giperinflatsiyadir.
Pul [pul, aqcha] – oldi-sotdi yoki to‘lov muomalalarida narx, baho, qiymat o‘lchovi bo‘lgan metall yoki qog‘oz belgi; aqcha. Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva.
Lokal [lot. localis - mahalliy] – mahalliy, muayyan joyga xos yoki uning chegarasidan chiqmaydigan. Lokal inflatsiya – bir mamlakat doirasida inflatsiyadir.
Naqd [qo‘lda bor, mavjud pul] – 1. Pulini darhol to‘lash sharti bilan bo‘lgan yoki bo‘ladigan savdo muomalasi. Naqdga olmoq.
Topshiriq. Iqtisodiyotga oid so‘z va terminlarning qo‘shib yozilishiga e’tibor bering va mashqni davom ettiring.
Bojxona, arznoma, shartnoma, talabnoma, kamxarj, umumdavlat, o‘rinbosar, so‘zboshi……..
Topshiriq. Quyida berilgan maqollardagi iqtisodiyotga oid so‘zlarning ma’nosi va qo‘llanishiga e’tibor bering.
Qimmatda bir hikmat bor, Arzonda bir illat bor.
Asl aynimas, oltin zanglamas. Boshing ikki bo‘lmaguncha, Moling ikki bo‘lmas.
Arzonning sho‘rvasi tatimas.
Atamalar berilgan qatorni toping
a) narvon, shoti, sarlavha b) o‘lpon, botmon
s) jarida, firqa, ulus d) kub, kvadrat, integral
Qaysi javobda atamalar ta’rifi berilgan?
aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil so‘zlar
shakli har xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar
s) qarama-qarshi ma’noli so‘zlar
d) ilm-fan, texnika, san’at, kasb-hunarga oid so‘zlar
Qaysi hujjatda shartnomaning bajarilishiga e’tiroz bildiriladi?
a) shartnoma b) axborot xat s) yo‘llanma xat d) da’vo xat
Biror narsa yaratish, qurish, o‘tkazish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul bu -
a) soliq b) mablag‘ s) daromad d) kredit
Innovatsiya so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping.
a) topqirlik b) yangilik s) yaratuvchilik d) bilimdonlik
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan yangiliklardan xabardormisiz?
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan qanday qo‘shma korxonalarni bilasiz? 3. Termin umumiste’moldagi so‘zlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Iqtisodiy bilimlarni o‘rganishning ahamiyati nimada?
Iqtisodiy so‘z va terminlarni tartibga solish qanday amalga oshiriladi?
Uyga vazifa. Iqtisodiyotga oid qiziqarli ma’lumotlarni topib yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |