Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti


mavzu. Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari



Download 0,55 Mb.
bet69/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

mavzu. Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari

O‘qish uchun material

Har qanday tashkilotning faoliyati hujjatlarning turli ko‘rinishlarida o‘z aksini topadi. Tashkiliy hujjatlar o‘zaro bog‘liq hujjatlar majmui bo‘lib, quyidagilarni qat’iy belgilab beradi:


    • tashkilot, muassasa yoki korxonaning strukturasi (tuzilishi) va vazifalari;

    • ularning ish faoliyatini qanday tashkil qilish;

    • ularning rahbariyati hamda xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.

Tashkiliy hujjatlarda, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalar ham aks etadi.

Tashkiliy hujjatlarning turlariga nizom, ustav, shartnoma, ta’sis shartnomasi, yo‘riqnoma, lavozim yo‘riqnomasi, shtat jadvali, mehnat tartiboti qoidalari, xizmat guvohnomasi, xizmat safari guvohnomasi va boshqalar kiradi.

Ikki va undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuv shartnoma deyiladi. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Unda hujjatni imzolagan tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi.

Nizom – tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari tuzilishi, huquqlari, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizomning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardir:



  1. Tasdiqlash ustxati.

  2. Muassasa (tarkibiy qism) nomi.

  3. Hujjat nomi (Nizom).

  4. Hujjat matni:

    • muassasa tuzilishining maqsad va vazifalari; asosiy vazifalari;

    • muassasa tuzilishi (strukturasi);

    • muassasaning huquqlari;

    • muassasada ishni tashkil qilish tartiboti.

  5. Sana va joy.

Yo‘riqnoma qonun yoki boshqa normativ hujjatlarni tushuntirish maqsadida tuziladigan huquqiy hujjat bo‘lib, davlat organlari tomonidan chiqariladi.

Yo‘riqnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:



  1. Tasdiqlash ustxati.

  2. Yo‘riqnoma tuzilgan vaqt (sanasi) va uning tartib raqami, shartli raqami (indeksi).

  3. Hujjatning sarlavhasi, nomi (Yo‘riqnoma).

  4. Matn:

  1. kirish qismi;

  2. bo‘limlar va kichik bo‘limlar;

  3. yakuniy qism.

  1. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, familiyasi, imzosi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar tuzing.


Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling

mablag‘, majburiyat, ma’muriyat, moddiy javobgarlik, nizom, yo‘riqnoma, indeks
Topshiriq. Quyidagi so‘zlar va jumlalar ishtirokida gaplar tuzing: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi
Topshiriq. Quyidagi nutqiy qoliplar ishtirokida gaplar tuzing.

qabul qilishingizni so‘rayman, ozod etishingizni so‘rayman, ruxsat berishingizni so‘rayman, buyruqqa asosan, betobligim tufayli Topshiriq. Mehnat shartnomasidan tayanch so‘zlarni ajratib yozing.


Uyga vazifa. Oliy ta’lim muassasasi Nizomi bilan tanishib chiqing.

    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish