Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet61/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

mavzu. San’at va ma’naviyat


Insonkim, so‘z aytdi lison tufayli, Yaxshi so‘z tufayli so‘zi chiroyli

O‘qish uchun material.



O‘zbekistonda adabiyot va san’at,

madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz.

Shavkat Mirziyoyev

San’at va ma’naviyat

Ma’naviyat – ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, u tarixni anglash orqali hayotni anglash, inson fe’l-atvorini shakllantirish, milliy g‘ururni uyg‘otishga da’vat etishning asosidir. “Ma’naviyat- taqdirimizning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalblar vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak”- degan edi: I.A.Karimov. Darhaqiqat, ma’naviyat insonga shunchaki berilmaydi, ma’naviyat inson umri davomida paydo bo‘lib, shakllanadi, kamol topadi. Inson ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni beqiyos. Shu bois xalqimiz azal-azaldan yoshlarning har jihatdan yetuk, barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun harakat qilganlar. Inson ma’naviyatini kamol toptirishda ta’lim-tarbiya bilan bir qatorda san’atning ham ahamiyati bor.

San’at ijtimoiy madaniyatning insonga estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik, notiqlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi sohasi hisoblanadi. O‘zbek xalqi – san’atsevar xalq. Shuning uchun O‘zbekistonda san’atning deyarli barcha turi mukammal rivojlangan.

Musiqa san’atida qadimgi davrlardan to bugungi kunimizgacha bebaho kuy-qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Juda ko‘p mahoratli sozlandalar, bastakorlar, hofizlar o‘zbek san’ati dovrug‘ini olamga taratishgan. Xususan, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov kabi o‘zbek qo‘shiqchilari jahonga mashhurdir. O‘zbek milliy qo‘shiqchiligi va sozandachiligi bugungi kunda ham rivojlanib, ravnaq topib bormoqda. O‘zbekiston tasviriy san’ati ham o’zining qadimiy ildizlariga ega. XV- XVI asrlarda Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali kabi buyuk rassomlar asos solgan an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda. O‘zbek rassomlari Chingiz Axmarov, Abdulxaq Abdullayev, Bahodir

Jalolov, Ro‘zi Choriyev kabi musavvirlarning asarlari dunyodagi ko‘pgina nufuzli ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.

O‘zbekistonda kino san’ati ham juda yuqori darajada rivoj topgan. Kinoning barcha turlari – badiiy film, hujjatli film, teleseriallar, multiplikatsiya, ilmiy-ommabop filmlar sanoatining shuhrati MDH mamlakatlarida mashhur. Har yili ”O‘zbekfilm” kinostistudiyasida tarixiy, sarguzasht, detektiv, sevgi va hayot hamda mehr-vafo haqida o‘nlab filmlar suratga olinadi. ”Mahallada duv-duv gap”, ”O‘tgan kunlar”, ”Kelinlar qo‘zg‘aloni” kabi filmlarni xalqimiz juda sevib tomosha qiladi.

O‘zbek teatr san’ati ham o‘z tarixi, rivojlanish bosqichlari, o‘ziga xos an’analariga ega. Teatr san’ati darg‘alari Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jaev, Soyib Xo‘jaev, Sora Eshonto‘rayeva, Shukur Burxonov, G‘ani A’zamov kabilar o‘zbek teatr san’atini yuqori pog‘onaga ko‘targanlar. Ular ishtirokidagi har bir spektakl tomoshabinlarga olam-olam ma’naviy ozuqa bergan.

O‘zbekistonda, shuningdek, opera, balet, estrada, me’morchilik kabi san’at turlari ham rivojlangan.


Lug‘at

tasviriy san’at – изобразительное искусство amaliy san’at – прикладное искусство mahorat – мастерство

dunyoqarash – мировозрениe

Suhbat matni

..... San’atkor kishilarga ta’sir etishi uchun uning o‘zi izlanuvchan, asari ham izlanishdan iborat bo‘lishi shart. Agar u hamma narsani topib- bilib olgan bo‘lsa va pandnasihatga berilsa yoki atayin maynavozchilik qilsa, u hech kimga ta’sir etolmaydi. Faqat izlangan taqdirdagina tomoshabin, tinglovchi, o‘quvchi u bilan birga izlanib, yakdil bo‘lib ketadi.

Men san’atkorman va mening butun hayotim go‘zallikni izlashdan iborat. Agar siz menga shu go‘zallikni ko‘rsatganingizda edi, sizdan xuddi mana shu oliy baxtga meni ham sazovor qiling, deb tiz cho‘kib yolvorgan bo‘lardim. San’at asari deb atashadigan narsani yaratish uchun, kishi nima yaxshi, nima yomonligini aniq-ravshan, hech shubhasiz bilishi, bularni ajratib turadigan chegarani noziklik bilan ko‘rib turishi va shu boisdan ham bor narsani emas, balki bo‘lishi mumkin narsani yozishi kerak. (L. N. Tolstoy)

Musiqaning qudrati

Rivoyat qilishlaricha, Olloh yaratgan o‘n sakkiz ming olam ichida eng g‘aroyibi bo‘lgan inson dunyoga kelar ekan, unga jon musiqa orqali singdirilibdi. Shundan buyon inson o‘z hayotini musiqasiz tasavvur eta olmaydi. Zero, kuy-qo‘shiq kishiga cheksiz estetik zavq berishi barobarida uning qalbida ajib his-tuyg‘u uyg‘otadiki, u insonni doimo ezgulikka chorlaydi. Shu bois bo‘lsa kerak, asrlar mobaynida ota-bobolarimiz farzand tarbiyasida musiqa ilmiga alohida e’tibor bilan yondashganlar. Zotan, musiqaga, kuy-qo‘shiqqa yoshligidanoq oshno bo‘lgan insonning hech qachon ko‘nglida adovat bo‘lmaydi, qo‘lidan yovuzlik kelmaydi. Bugun bobolar tomonidan aytilgan ushbu fikrlarning naqadar haqiqat ekanligini respublikamizning turli musiqa dargohlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning fikr-o‘ylari misolida ham bilib olishimiz mumkin.

***

U choyxona yonidan o‘tib borarkan, ichkaridan taralayotgan kuy tovushlarini eshitib, to‘xtab qoldi.



Bolaning yuragi hapriqib ketdi. Uyi tarafga yugurdi. Bir bo‘lak yog‘och parchasini topib, uni pichoq bilan yo‘ndi, tekisladi... Nihoyat, shakli dutorga o‘xshagan bir nima yasadi. Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. Ojizgina vizillagan tovush eshitildi. Yana chertdi... Shu kuni ohang tug‘ildi. Bola uchun yangi, ohangli bir olam paydo bo‘ldi. (E. Usmonov)
Tarjima mashqi

Искусство

Искусство является творческим отражением, воспроизведением действительности в художественных образах.

Существуют различные виды искусства: архитектура, музыка, литература, театр, кинематограф, хореография, живопись, графика, скульптура, прикладное и декоративное искусство, которые, в свою очередь, в зависимости от формы произведения и его содержания делятся на жанры.

Средства отражения действительности в каждом виде искусства своеобразны. В литературе - это образное слово, в музыке


  • чувство, в живописи - краски, в скульптуре - камень и дерево и т.д. Ряд искусств воспроизводит внешнюю форму действительности. Это скульптура, живопись и отчасти театр и кинематограф. Музыка отражает чувства. Каждый вид искусства

вносит что-то новое, своё в эстетическое воспитание человека. С помощью искусства выражается также смешное, сатирическое, и то, что вызывает в нас чувство отвращения и неприязни.
Grammatik ma’lumot. Umumxalq leksikasiga kirgan san’atshunoslik terminlari

San’at [mehnat; mahorat] – 1. Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi sohasi. Tasviriy san’at. 2. Muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; iste’dod. So‘z san’ati.

Tilda shunday so‘zlar borki, ular ma’lum bir fan (masalan, tilshunoslikka oid tovush, fon, fonema, ega, kesim, aniqlovchi, aniqlanmish, sifatlovhi, sifatlanmish, to‘ldiruvchi, hol, gap, undalma va h.), texnika (kalit, ko‘targich, qisqich, gayka, shayba, bolt va h.), sport (to‘p, to‘r, darvoza, himoya, hujum, kurash, yonbosh, chala, halol va h.), madaniyat (sahna, musiqa, qo`shiq, lapar, raqs, ijro, soz, nutq va h.)ga oid tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday so‘zlar atamalar (terminlar) deb yuritiladi. Ularni o‘rganuvchi soha esa atamashunoslik (terminologiya) deb ataladi.

Atama so‘zini Abdurauf Fitrat 1927-yilda nashr etilgan “Nahf” kitobida birinchi bo‘lib qo‘llagan bo‘lsa-da, bu so‘z XX asrning 90- yillariga kelibgina keng qo‘llanila boshladi. Ilmiy adabiyotlarda, asosan, “termin” so‘zi qo‘llanishda bo‘ldi.

Umumxalq leksikasida san’atshunoslik sohasiga oid terminlar ham talaygina. Bu terminlarning ba’zilari sof turkiy so‘zlardan iborat bo‘lsa, ayrimlari arab, fors - tojik, rus tili va u orqali boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish