Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti


-mavzu. O‘zbekiston – yagona Vatan



Download 0,55 Mb.
bet4/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

1-mavzu. O‘zbekiston – yagona Vatan


Odil bo‘l, elingni asragil faqat Elga bosh bo‘layin desang toabad.

O‘qish uchun material

O‘zbekiston – yagona Vatan

O‘zbekiston– dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biri. Biz shu betakror zamin bag‘rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand bo‘lamiz. Diyorimiz shunchalar betakrorki, O‘zbekiston deganda, ko‘z o‘ngimizda Farg‘ona vodiysining so‘lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko‘hna me’moriy obidalari, Qoraqalpog‘iston zaminidagi qadimiy qal’a-qo‘rg‘onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go‘zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog‘lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o‘ziga xos fe‘l-atvori va udumlari namoyon bo‘ladi.

Bugun yurtimiz ozod, erkin, mustaqil. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganiga chorak asrdan oshdi. Mana shu davr ichida boy tarixiy merosimizga, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga munosabat butunlay o‘zgardi. Milliy bayramlarimiz va urf-odatlarimiz qaytadan tiklandi. Mustaqillik yillarida Respublikamiz qishloq va shaharlarining qiyofasi o‘zgacha tus oldi. Zamonaviy uslubdagi ilm dargohlari, madaniy-maishiy obyektlar, mehmonxonalar, madaniyat va sport koshonalari yangidan qurildi.

Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining yer osti va yer usti boyliklariga to‘la egalik qilib, ulardan samarali foydalana boshladi. Bu esa uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mustаqillik O‘zbеkistоnning siyоsiy tizimidа ham jiddiy o‘zgаrishlаrgа оlib kеldi. Mаmlаkаtimiz tаriхidа birinchi bоr muqоbillik аsоsidа Prеzidеnt sаylаndi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining yuksаk dеmоkrаtik tаlаblаrigа mоnаnd asоsiy qоnuni - birinchi Kоnstitutsiyasi vа shu аsоsdа ko‘pdаn-ko‘p qоnunlаr qаbul qilindi. O‘zbеkistоn pаrlаmеnti – ikki pаlаtаli.

O‘zbеkistоn jаhоn sаhnasigа chiqdi. O‘zbеkistоn Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti, Yevrоpаdа Хаvfsizlik vа hаmkоrlik tаshkilоti kаbi o‘nlаb nufuzli хаlqаrо tаshkilоtlаrgа а’zо bo‘ldi. Uning mustаqilligini

170 dаn оrtiq dаvlаt tаn оldi, o‘nlаb mаmlаkаtlаr bilаn diplоmаtik аlоqаlar o‘rnаtildi.

O‘zbеkistоn o‘z dаvlаt rаmzlаri – bаyrоg‘i, gеrbi, mаdhiyasigа еgа. Еndilikdа O‘zbеkistоn jadal rivojlanayotgan, siyоsiy vа iqtisоdiy mustаqilligi bаrqаrоr, dеmоkrаtik rеspublikаdir.


Kim vazir bo‘ladi?

Vazir el boshlig‘ining o‘ng qo‘lidir. U, shubhasiz, juda kerakli kishidir. Vazir tufayli og‘ir yuklar yengillashadi, ishlar pishiq-puxta bo‘ladi.

Vazirlik – ulug‘ ish. Bu ishga ishonchli, yetuk va sara, idrokli, dono va yumshoq ko‘ngil, ayni paytda dadil va jur’atli kishilar kerak. Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol - mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko‘zi och odam bor olamni yesa ham to‘ymaydi. Vazirning ko‘rinishi yoqimli, ishlari to‘g‘ri, fe’l-atvori ishlariga mos bo‘lsa, el- yurt ham undan doimo bahra topadi.

Kishining tashqi ko‘rinishi uning ichki olamidan, ya’ni ma’naviy boyligidan xabardor qilishi mumkin. Bulardan tashqari, vazir dono, o‘ktam, hisob-kitobni juda puxta biladigan, tetik hamda turli-tuman yozuvlarni biladigan bo‘lishi ham talab etiladi. Vazir ochiq dil, ko‘nglida kir saqlamaydigan bo‘lmog‘i kerak. Vazirlikka butun, rostgo‘y, yozuv- chizuv ishlaridan to‘la xabardor bo‘lgan kishi kerak. Uning qilig‘i, xulq- atvori ko‘pchilikka manzur, tili bilan dili bir bo‘lishi lozim. Uyat-andisha egasi, dili tozalar bu amalga munosibdir. Ko‘zi to‘q, bilag‘on, sezgir, yaxshi-yomonning farqiga boruvchilar vazirlikka kengashchi bo‘ladi. Kengashchilar har bir ishni teng qiluvchilardir. Yaxshi vazir – yurtga boylik, elga rohat.

(Yusuf Xos Hojib)
Ona yurt sog‘inchi

Vatan nima o‘zi? Vatan – ona allasi taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko‘milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko‘chalar, sening lahjangda so‘zlashadigan, qosh-u ko‘zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer – Vatandir!

Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon – Vatandir!

Osmoni ko‘rpang, maysasi dimog‘ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. Unga bo‘lgan muhabbating ham shu ostonada tug‘iladi.

(T.Sodiqova)

Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling



ma’naviy boylik, mol - mulk oldida suqlanish, tarixiy meros, milliy qadriyat, an’ana, maftun etmoq, ajdodlaring ko‘milgan qabriston, hayitlik, mung‘aygan tandir, muattar bolish.
She’rni ifodali o‘qing

Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Yashayapman tuprog‘ingning taftin sezib, Boychechaklar terib yurdim, qiring kezib, O‘zbekiston, yurtlararo ketding o‘zib, Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar? Gul o‘sarmi o‘zga yurtlar, tog‘larida?

Bulbul honish qiladimi, bog‘larida? Shod kularmi ular bola chog‘larida? Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar? Bolaligim gulday kechgan ona diyor,

Yolg‘on so‘zlar sening uchun hozir ham or, Baxtiyoring bugun senga bitdi ash’or, Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?

Yashayapman tuprog‘ingning taftin sezib, Boychechaklar terib yurdim qiring kezib, O‘zbekiston, yurtlararo ketding o‘zib, Sendek yurtni yana qaydan topsa bo‘lar?



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish