Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti


-mavzu. O‘zbek tili – davlat tili



Download 0,55 Mb.
bet6/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

2-mavzu. O‘zbek tili – davlat tili


Tili bilan aziz, baxt topar kishi, Tili bois ba’zan yorilar boshi.

O‘qish uchun material

O‘zbek tili – davlat tili

Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqeaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda “Davlat tili haqida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilanishi yaxshi an’anaga aylangan.

O‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Xususan, Mahmud Кoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, shuningdek, Atoiy, Sakkokiy, Mavlono Lutfiy, Bobur, Alisher Navoiylarning yaratgan boy ilmiy- adabiy meroslarini tilga olish mumkin.

Til – millatimiz faxri, g‘ururi. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, til bor ekan, millat barhayot, uning istiqboli nurli va charog‘ondir.


She’rni yod oling

Ona tilim Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,

Bir og‘iz so‘zingga jonim tasadduq. Bunchalar shirinsan, bunchalar so‘lim, Bormikin ajib til sendan ham ortiq!

Sen onam tilisan, otam tilisan, Sen bobom tilisan asrlar oshgan. Mehrda beqiyos nozik gulisan,

G‘azabda quturib Amuday toshgan. Sen yorim tilisan, bolam tilisan,

Nevaram-chevaram tili bo‘lib qol.

Sen mag‘rur quvonsang, o‘ssang haqlisan,

Ufqda kutadi yorqin istiqbol. (Shuhrat)

Lug‘at

tahlil – анализ

mustaqil – самостоятельный, независимый mavqe – статус,

muqaddas – священный, святой




Suhbat matni
Anvar: Nastya, salom!
Men o‘zbek tilini o‘rganyapman

Nastya: Salom , Anvar! Seni ko‘rganimdan juda xursandman.

Anvar: Nastya, sen o‘zbek tilida juda to‘g‘ri va ravon so‘zlayapsan, qoyilman, barakalla!

Nastya: Chunki men o‘zbek tilini mukammal o‘rganishga harakat qilyapman. Ustozim Surayyo opa menga bunda ko‘maklashyaptilar. Ular tilni o‘rganishda badiiy adabiyotning o‘rni kattaligini doim ta’kidlaydilar. Shuning uchun bugun kutubxonaga yo‘l oldim.

Anvar: Juda yaxshi-da, men ham sen bilan borsam bo‘ladimi ? Yo‘l- yo‘lakay suhbatlashib ketardik?

Nastya: Juda yaxshi. Menga kitob tanlashda yordam berib yuborasan.

Anvar: Qanday mavzudagi kitoblarni yoqtirasan?

Nastya: Men tarixiy shaxslar, yozuvchilar haqidagi asarlarni sevib o‘qiyman.

Anvar: Unda men senga Oybekning “Alisher Navoiy” nomli asarini o‘qishni maslahat bergan bo‘lardim. Bu mening eng sevimli kitoblarimdan biri.…....

Topshiriq. Dialogni davom ettiring.
Diqqatingizni jamlang!

Mutafakkirlarning til va nutq haqidagi fikrlari



  1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. ( I.Karimov).

  2. Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil.(A. Navoiy)

  1. Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak, millatning ruhini yo‘qotmakdur. (A. Avloniy)

  2. O‘z Vataninga bo‘lgan muhabbatingni o‘z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. ( K.Paustovskiy).

  3. Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida Amir Temur o‘ta biluvchan edi. Ko‘p o‘qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan hukmdor edi. (Alfons de Lamartin)

  4. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir, o‘sha tafakkur va tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan. (K.D.Ushinskiy).

Tarjima mashqi

В деятельности человека язык–величайшее средство осознания действи- тельности, способствующее обмену мыслями и взаимопониманию в обществе.

Язык – созданное человечеством общественное явление, развивающееся соответственно общественно-культурному прогрессу каждой нации.


Maqollarni yod oling

Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni – so‘z. Til –aql o‘lchovi.

Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling. Qunt bilan ilm o‘rganish – igna bilan quduq qazish.

Grammatik ma’lumot. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. “O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI”dan



– tutuq belgisi:


  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish