Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet5/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

Topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, mazmunini o‘z so‘zingiz bilan sharhlang.

Vatan istagi

Bu Vatanda bir Vatan qurmoqni istaydir ko‘ngil, Beqafas qushdek o‘zin ko‘rmoqni istaydir ko‘ngil. Bu Vatan timsoli bo‘lsa, teng quyoshi shu’lavor, Shu’lalar qo‘ynida charx urmoqni istaydir ko‘ngil.

Ul Vatanga bayroq - insof, tug‘i - sarhad, muhri - mehr, Sarhad uzra soqchidek turmoqni istaydi ko‘ngil.

Bu Vatan bo‘yniga zanjir solmoq istar kimki boz, Ko‘ziga nafrat o‘qin urmoqni istaydir ko‘ngil.

Ul Vatan yelkanlarini ma’rifat ummonida Qiblayi iymon sari burmoqni istaydir ko‘ngil.

Bas, yetar, yolg‘on saodat, yolg‘on erk, yolg‘on Vatan,

Hurriyat zavqini chin surmoqni istaydir ko‘ngil. Qutlug‘ istiqlol kunida, ey Vatan, bag‘ringda shod,

Erkin o‘g‘loning bo‘lib yurmoqni istaydir ko‘ngil. ( E. Vohidov)
Lug‘at

tug‘ – bayroq

sarhad – chegara, hudud boz – yana

hurriyat – erkinlik, ozodlik, istiqlol, mustaqillik


Topshiriq. Savollarga javob bering:

  1. Shoir o‘zini qanday ko‘rmoqni istaydi?

  2. Insof, mehr-oqibat tuyg‘ulari she’rda qanday tasvirlangan?

  3. Mustaqillikka qarshi chiquvchilarga shoir qanday munosabatda bo‘ladi?

  4. “Yolg‘on saodat, yolg‘on erk, yolg‘on Vatan” kabi jumlalarni qanday tushunasiz?


Topshiriq. “Vatan istagi” she’ridagi notanish so‘zlarning ma’nosini bilib oling va yozib qo‘ying.
Tarjima mashqi

Узбекистан

Республика Узбекистан расположена в центре Центральной Азии. На территории современного Узбекистана цивилизация развивалась с древних времён. Этот край имеет богатую историю, уходящую своими корнями в глубь тысячелетий.

Народы Узбекистана дали миру крупных учёных, знаменитых поэтов и писателей, которые оставили великое наследие человечеству. В мире нет человека, который бы не слышал о великом писателе, поэте и учёном Алишере Навои. Огромно наследие великого философа, врача и поэта Абу Али Ибн Сины, получившего широкую известность в Европе под именем Авиценны.

Узбекистан с самым большим населением среди стран Центральной Азии обладает богатыми природными ресурсами. Страна находится на третьем месте в мире по экспорту хлопка, добывает большое количество газа и золота, а также является

признанным в своём регионе производителем химической промышленности и машиностроения.


Узбекистан – моя Родина

Узбекистан – многонациональная страна. Здесь проживает более 100 наций. Все народности Узбекистана живут в мире, согласии и дружбе. На нашей земле уважают народные традиции и отношение к каждой нации особенное. А ведь всем хорошо известно, что когда возраждаются национальные ценности, возрастает роль культурного наследия народа. Уважать язык, культуру, традиции народа – это значит уважение к каждому представителю этой нации. В многонациональном Узбекистане следуют именно этим принципам.


Grammatik ma’lumot. Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.

Orfoepiya – adabiy tilning to‘g‘ri talaffuz qoidalari haqidagi bo‘limi.U adabiy tilda to‘g‘ri talaffuz etish me’yorlarini belgilaydi. Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar tizimi, fonemalarning ma’lum o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Jonli so‘zlashuv va mahaliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi hisoblanadi. Talaffuzda sheva xususiyatlariga yo‘l qo‘ymay adabiy tilda so‘zlash muhim ahamiyatga ega. Oka, apa emas, aka, opa; kelutti, kelopti, kevotti emas, kelyapti kabi. Masalan aql, qism, ism, fikr, vaqt, ilm, uzr, xalq, naql, nasl, hukm kabi arabcha so‘zlarning barchasida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. Muhim, mudir, muqim, muhit, mumkin, munis kabi arabcha so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini urg‘u oladi va juda aniq talaffuz qilinadi. Bahor, nahor, savol, savob, avval, shamol kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida a tovushi o tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. Orfoepiya radio va televideniye eshittirishlarini olib borishda, o‘quv yurtlarida ta’lim berishda, nutq madaniyatining boshqa sohalarida adabiy tilning talaffuz me’yorlariga rioya qilishni talab etadi.

Nutq tovushlari talaffuz paytida ba’zi o‘zgarishlarga uchraydi. Bular asosan ikki xil bo‘ladi:


Tovush almashishi

Tovush tushishi

Unlilar

Undoshlar

Unlilar

Undoshlar

son-sana ong-angla sayla-saylov o‘qi-o‘quv yosh-yasha

yutuq-yutug‘i kurak -kuragi bilak-bilagi tilak-tilagi tanbur-tambur

shahar-shahri qorin-qorni burun-burni o‘g‘il-o‘g‘li

ocha oladi- ocholadi



men - mening past -pasay sust -susay ulug‘-ulg‘ay


Topshiriq. Orfoepik me’yorlar va urg‘uga rioya qilib, she’rni yod oling.

Qaro qoshing, qalam qoshing Qiyiq qayrilma qoshing qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab, Qilich qotil qaroshing qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan, Qarab qo‘ygil qiyo, qalbimni

Qizdirsin quyoshing qiz. ( E. Vohidov)


Topshiriq. Matnlarni o‘qing, matndagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring. Talaffuz bilan bog‘liq 2 ta mantiqiy va 7 ta imlo xatoni tuzating.

Orol va qit’a

Insoniyat Orol emas, qit’a bo‘lib yashashni o‘rgansa, ko‘p balolarning oldi olingan bo‘lardi.

So‘z mas’uliyati

Maktab o‘qituvchisining so‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi. Universitet domlasining so‘zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning so‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. Qalamkashning so‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so‘z mas’uliati ham boshqalarnikidan ming marta ortiqroqdir.

( O‘. Hoshimov)




  • Test topshiriqlari

  1. Singlimning ancha ulg‘ayib qolgan o‘g‘li yig‘lab o‘rnidan turdi-da, yana onasining bag‘rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi necha so‘z tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?

a) 3 ta so‘zda b) 4 ta so‘zda s) 5 ta so‘zda d) 6 ta so‘zda

  1. Berilgan qaysi so‘zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?

    1. tinmay; 2)o‘n besh; 3)qamchin; 4)qantarmoq; 5) manmanlik; 6)sunbul

a) 1, 2, 5, 6 b) 1, 3, 4, 5 s ) 2, 4, 6 d) 3, 5, 6

  1. Sanab sanog‘iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami nechta tovush o‘zgarishi yuz bergan?

a) 2ta b) 3ta s) 4 ta d) 5 ta

  1. Berilgan qaysi so‘zlar talaffuzida tovush o‘zgarishi yuz beradi?

1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh

a) 1, 2, 5, 6 b) 1, 3, 4, 6 s) 2, 3, 4, 5 d) 3, 4, 5, 6



  1. Qaysi so‘zlarda q tovushi x tarzida talaffuz etilsa ham q

yoziladi?

a) so‘roq, oqibat, sog‘liq b) taqsimot, maqsad, oqsil

s) oqim, bosqich, cho‘ziq d) o‘qlov, iqtisod, oqish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. Vatan dеganda nimani tushunasiz? Fikrlaringizni asoslab bering.

  2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining to‘laqonli subyektiga aylanishi qaysi jarayonlarda o‘z aksini topgan? Dalillar asosida tushuntiring.

  3. “Ona yurtim - oltin bеshigim” dеgan hikmatli so‘zning ma’nosini izohlang.

  4. Orfoepik talaffuz me’yorlari qanday shakllanadi?

  5. Orfoepik me’yorning buzilishiga nimalar sabab bo‘ladi?


Uyga vazifa. “O‘zbekiston – yagona uyimiz” mavzusida matn tuzing.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish