Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: TABIATNI ASRASH – BURCHIMIZ!



Download 2,15 Mb.
bet66/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: TABIATNI ASRASH – BURCHIMIZ!


Agarki har qaysi inson, bu uy meniki, bu yurt meniki, u qanday obod bo‘lsa – bu mening baxtim va boyligim, degan fikr bilan yashasa, biz o‘z maqsad-muddaolarimizga
shunchalik tezroq etamiz.

Islom Karimov


Inson tabiat qo‘ynida yashar ekan, uni asrab-avaylashga, mavjud barcha boyligi bilan kelajak avlodga etkazishga mas’uldir. Bu sohada ham amal qilish kerak bo‘lgan qonun-qoidalar bor. Tabiatni asrab-avaylash barcha davrda ham muhim hisoblangan. Ajdodlarimizdan qolgan yodgorliklar orasida “Avesto”da keltirilgan qonunlarni o‘qisangiz, bugungi biz qilayotgan xatolar, e’tiborsizliklarimiz aslida qanday jazoga loyiq ekanini bilib, uyalasiz.


Tabiat muhofazasi va atrof-muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagilar amalga oshirilgan:

  1. CHiqindilarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul bilan ko‘mib (shu yo‘l bilan mikroblar o‘ldirilgan yoki kamaytirilgan) tashlash.

  2. Otash, issiqlik va sovuqlik yo‘li bilan zararli mikroblarni yo‘qotish (bu vosita bilan kiyim-kechaklar ham zararsizlantirilgan).

  3. Kimyoviy yo‘l: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isiriq, mexak, saday, piyoz, aloe, sandal ) tutatish yo‘li bilan dizinfeksiya qilingan.

  4. Tabiat va atrof-muhitni ifloslantiradigan hamda turli kasalliklar tarqatadigan hayvon va hasharotlarni yo‘qotishga da’vat etilsa-da, lekin uy jonivorlarini nihoyatda ehtiyot qilishga chaqirgan.

  5. Tabiatni, er, suv, daraxt, o‘simlik, jonivorlarni e’zozlashga, erni ishlatib, sug‘orib, bog‘-rog‘, ekinzor qilishga, chorvani, ayniqsa, yilqichilikni yo‘lga qo‘yishga, suvni muqaddas tutishga e’tibor berilgan.

  6. Hovuz, quduq, ariq suvlarini iflos qilishga qarshi maxsus kurash olib borilgan; anhor va ariq bo‘ylarida mol boqishga, otlarni bog‘lashga ruxsat etilmagan; quduq va hovuz suvlarini iflos qilganlarga katta jarima solingan.

  7. Atrof-muhit muhofazasi qonunlarida to‘rtta narsa: Er, olov, suv va havo shunday e’zozlanganki, nafaqat havoni bulg‘ash, ifloslantirish, balki hayvon o‘ligini suvga oqizish, olovda yoqish (gunohi azim) qat’iy taqiqlangan.

  8. Axlatlarni yoqish man etilgan.

Pokiza suv va olov qarshisida gustohlik(qovug‘ini bo‘shatgan) qilgan kishining topadigani bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan ham mudhishdir.
Kimki qattiq suyakni yoxud benihoyat qaynoq xo‘rakni gala yoki xonaki itga bersa:
Agar o‘sha suyak it tishlari yoxud tomog‘iga tiqilib qolsa yoki qaynoq xo‘rak uning til va og‘zini kuydirib, oqibatda it nobud bo‘lsa, bunday kishining gunohi arzon o‘limdir...
Er, olov, suv va havoni ifloslantirish jinoyat hisoblanib, bunday jinoyat uchun 400 qamchi urib jazolangan yoki qilgan jinoyati og‘irroq bo‘lsa, o‘lim jazosiga mahkum etilgan yoxud bunday jinoyat qilganlarni katta jarima evaziga avf etish yoki qul sifatida ulardan jamoa ishlarida foydalanish masalalarini Oliy sud – Zardushtiy oqsoqollar Kengashi vakillari va jamoaning nufuzli a’zolari bilan bamaslahat adolatlilik asosida hal qilingan.
“Videvdat”, 15-fargard, 3-band. Odam tabiatning ham xo‘jasi, ham xizmatkoridir. Tabiat xatoni kechirmaydi. Unda yo‘qotilgan narsalarni tiklab bo‘lmaydi. Uning ne’matlarini isrof qilish, jonzotlariga qirg‘in keltirish, suv va havoni bulg‘ash og‘ir gunohdir. Aksincha, ko‘chat ekib, uni sayqallash lozim. Tabiatga nisbatan loqaydlik Orolning qurishiga, “Qizil kitob”ning semirishiga yordam bermoqda. Ekologiyani himoya qilish – insoniyatni himoya qilishdir.
Tabiatga keltirilgan zarar insonning o‘ziga qilgan zararidir.
Atrof-muhitni pokiza tutish uchun har kuni ertalab uy, ko‘cha va hovlilar tozalanishi kerak. Poklanmagan joydan baraka qochadi.
Supurishda ahamiyat berish kerak:

  • erga avval suv sepib, erga singib ketguncha sabr qilish;

  • supurgini o‘ng qo‘lda ushlash;

  • supurayotganda gapirmaslik;

  • qibla tomonga yoki uy to‘riga qarab supurmaslik;

  • axlatni ariqqa qarab supurmaslik;

  • axlat(xazon)larni burchaklarda qoldirmaslik yoki yoqib yubormaslik.

  • bir joyni supurish uchun changini to‘zitib, atrofni bulg‘amaslik;

  • osilib yotgan o‘rgimchak uyalarini olib tashlash;

  • changlarni nam matoda artish;

  • oynalarni tozalab artish kerak.

Non, qog‘oz, paxta, taxta parchalarini axlatga tashlash uvoldir. Xor qilingan narsalarga zor bo‘lish bor.
Uyida baliq, qushlar, quyon, it, mushuk kabilarni ota-onalar bolalarining xohishiga ko‘ra boqib beradilar. Ularning ovqatini berish, suvlarini almashtirish, tagini tozalash, aylantirib kelish farzanlarning zimmasidadir. Vaqtida tozalash ishlari amalga oshirilmasa, uydan badbo‘y hid kela boshlaydi. Buning oldini olishga farzandlar mas’ulligini unutmaslik lozim.
Kishi o‘zi harakatlanadigan ko‘chada ham yo‘l-yo‘lakay tozalash ishlarini davom etkazib ketishi, ya’ni yo‘lda uchragan erga tushgan non bo‘laklarini, boshqalar qoqilishi mumkin bo‘lgan tosh va hokazolarni bir chetga olib qo‘yishi kerak.
Ilm dargohlarini ham pokiza saqlash o‘quvchilarning vazifasidir. Iflos joyda ilm olinmaydi va berilmaydi.
Hasharlardan qochish vijdonsizlikdir. Bizni jipslashtiradigan an’analarga qarshi borish mumkin emas. “Ayrilganni ayiq er”,-deb bejiz aytilmagan.
Po‘choq, qog‘oz parchalari, sigaret qoldiqlari kabilarni to‘g‘ri kelgan joyga otib ketish mumkin emas. CHunki er yuzini ochgan odamning baxti ochiladi, iflos qilganning esa aksincha...
Hadislarda: “Yo‘ldagi ozor beruvchi narsani olib tashla. Bu sening uchun sadaqadir”, - deyiladi. Bahouddin Naqshbandiy ham kechalari Buxoro ko‘chalarini tozalab chiqarkanlar. Maqsad esa o‘zingizga ayon. Azizlarning ishini davom ettirish qo‘limizdan kelmas ekan, hech bo‘lmasa, uni iflos qilmaylik.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish