202-modda. Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud o‘simliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlash, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o‘simlik olamidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(202-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 4 yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 1-2-son, 1-modda)
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o‘simlik dunyosining Qizil kitobga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan;
b) ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan etmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425-modda)
O‘sha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib;
v) er, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo‘llagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
e) juda ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(202-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
modda. It va mushuk boqish qoidalarini buzish
SHaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik –
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar etishiga olib kelsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga
yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash –
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |