Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet70/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: ALISHER NAVOIY IBRATI


Navoiyning tavallud ayyomi har yili, hamma joyda yuqori saviyada o‘tkaziladi. Ammo har safar Navoiyning yangi qirralari kashf etilaveradi. Navoiyshunos olimlar Navoiy asarlari tahlilini qilish bilan ovora. Qizig‘i, hammasi oltin koniga tushib qolgan odamdek, asarlar qatidan duru javohirlarni terib chiqaverishadi. Navoiyning ijodi go‘yo suxan maydoniga joylashgan oltin konidir. Suxan maydonining javohirlari esa so‘zlardan iborat. Aynan so‘z, tabiat yaratmish mo‘‘jizalarning eng yuksak darajasiga Inson ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin, So‘zdurki, berur jong‘a xabar jonondin. Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhare sharifroq yo‘q andin.
Darhaqiqat, insoniyat va hayvonot chegarasida so‘z turadi. So‘zdan sharifrog‘i bo‘lmasa agar, suxan maydonida sher bo‘lib ustoz Alisher turadi. Asarlarining o‘zi bir dunyo, insoniyatni faqat komillik sari etaklaydi. Navoiyning nafaqat ijodi, balki hayoti va faoliyati ham bizga ibrat maktabini o‘taydi. Avvalo, insonparvar sifatida o‘rta asrdagi Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini suiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi. SHoir hukumatda bosh vazirligi vaqtida biror mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib borilmagan. Keyinroq saroydan ketgan mahalda ham «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan rasmiy unvon bilan davlat ishlariga aralasha oldi.
XV asrda Hirot, umuman, Xuroson mulkida ma’naviy hayotning gullab yashnashida uning alohida o‘rni bor. Madaniyat va san’atning chinakam homiysi shu davrda ijod qilgan SHayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o‘nlab shoirlar, Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhummad Udiy, SHohquli G‘ijjakiy kabi sozandalar, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy, Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur kotiblar, Behzod kabi musavvirlarning qizg‘in ijodiy mehnat bilan band bo‘lishida o‘z davrining davlat arbobi sifatida imkon yaratdi. Bu bilan jahon tarixi va madaniyatining yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi.
Navoiysiz bu davr fani va madaniyati taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Alisher Navoiy ilmiy tadqiqotlari va izlanishlarining katta qismi,
tabiiyki, til va adabiyot masalalari bilan bog‘langan. SHu ma’noda, «Majolis un-nafois» tazkirasini yaratish bilan Alisher Navoiy o‘z davri adabiyotiga, uning ijodkorlariga o‘ziga xos haykal o‘rnatdi.
Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, shaharlarni obodonlashtirish, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida e’tibor berish oldingi o‘ringa chiqqan. Xondamirning qayd qilishicha, Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi «Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi, «SHifoiya» tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga mo‘ljallangan
«Dorul-huffoz» binosi, Marvdagi «Xusraviya» madrasasi, Mashhaddagi
«Dorul-huffoz» xayriya binosi va boshqa noyob me’moriy yodgorliklari bor.
Navoiy ijodining yuksak namunasi bo‘lgan “CHor devon” haqida to‘xtalmay iloj yo‘q. CHunki u SHarq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. “Xazoyin ul- maoniy” inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his- tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va bir qancha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, bu xil majmua Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha aruz namunalarini Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan.
Navoiy insonni sharaflaydi, ulug‘laydi, uni baxtli bo‘lishga, ma’noli hayot kechirishga, bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullanishga, hamisha o‘zidan yaxshi nom qoldirishga harakat qilishga chorlaydi. SHoir xalq manfaati uchun mehnat qiladigan, xalq baxti yo‘lida fidoiylik bilan kurashadigan, pok odamlarni haqiqiy inson deb biladi.
Odamiy ersang, demagil odami, Oniki, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami –
bayti ulug‘ shoirning hayotiy shiori va butun ijodiy faoliyatining mazmuni bo‘lib qoldi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar va an’analarga sadoqat, ehtirom bilan qarash Navoiy asarlarida o‘z ifodasini topdi. Insoniylik ilmining ustozi iymon-e’tiqod, ijtimoiy adolat, do‘stlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, vatanparvarlik singari qadriyatlarni targ‘ib etishga katta ahamiyat berdi. Alisher Navoiy kishilarni halol mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirdi:
Umrni zoe etma mehnat qil,
Mehnatni saodatning kalidi bil.
Mutafakkir mehnatsevarlikni insonning chinakam eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlama kamol toptirishni yuksak ko‘tarinki ruh bilan madh etgan. YOshlarni sidqidildan mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan. Navoiy Farhodning ko‘p ilmlarni egallagani uchun ham u aql-zakovatli, kamtar, mehnatsevar va hunarli bo‘lib etishganini, o‘z ilmi va hunarini xalq manfaati, baxt-saodati uchun sarf qilganini yoshlarga ibrat sifatida tasvirlaydi. Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Alisher Navoiyning ijodi butun mohiyati bilan odamlarga, ularga yaxshilik inoyat qilishga bag‘ishlangan edi. SHuning uchun ham «Hayrat ul- abror»ning yakunlovchi misralari yana bu asarning odamlar tomonidai qabul etilishi to‘g‘risidagi orzular bilan chulg‘angan.
YAxshilik gar aylamasang ish chog‘i, Aylamagin bori yomonlik dog‘i…
Asra o‘zungni birov ozoridin, Kimsaga ozurdaliq izhoridin.
Alisher Navoiy asarlarida ilmli bo‘lish uchun ona tilini puxta bilish lozimligi, shu bilan birga, ko‘p tillarni bilish ham muhim ekanligini ilmli kishilar faqat hunar va ilmda emas, balki axloq-odobda ham oliyjanob bo‘lishlari, ular to‘g‘ri so‘z, so‘zamol bo‘lib, hamisha o‘z nutqi va o‘zgalar nutqiga eьtiborli bo‘lishlarini, chin so‘zli ekanliklari ifoda etiladi.
Axloqshunoslik ilmining targ‘ibotchisi - Navoiyning asarlaridagi g‘oyalar hozirgi vaqtda ham yoshlarni ta’lim-tarbiya berishda, axloq-odobli va yuksak ma’naviyatli komil inson bo‘lib shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Jahon adabiyoti va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan Navoiy hayoti va ijodini har birimiz o‘qishimiz, avlodlarimizga o‘qitishimiz shart. Qancha mukammal o‘rgansak, pandlariga amal qilsak, Vatanimiz ravnaqi, obro‘si ortishiga, jamiyatimizni komil insonlar bilan boyitishga xizmat qilgan bo‘lamiz. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Barcha olijanob ishlarimizda Navoiy g‘oyalari, Navoiy ibrati, Navoiy ruhi bizga hamisha xamroh bo‘lsin!”

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish