Tuproq va o‘simliklari. Pasttekisliklar cho‘l o‘simliklari, tog‘lari esa dasht, o‘rmon va tog‘ oldi yaylovlari o‘simliklaridan iborat.
Hayvonot dunyosi: Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. CHo‘llarda juda kamyob hisoblanagan sayg‘oq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar, baland tog‘larda esa qor barsi va tog‘ echkisining noyob turlari uchraydi.
Tog‘ tizimi: Respublika territoriyasining beshdan bir qismini tog‘ va tog‘ oldi hududi tashkil etadi. SHarqiy hududi o‘rta va baland tog‘li relefdan iborat: respublika hududi G‘arbiy Tyan-SHan (Ugom, Pskem, CHotqol va Qurama tog‘ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo‘hitangtog‘ va Boysuntog‘ tog‘ tizmasi) tog‘ tizmalari yonbag‘rini o‘z ichiga oladi. Janubdan g‘arbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qo‘shilib ketadi. Ushbu tog‘lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg‘ona vodiysi - 370 kilometr, kengligi 190 kilometrga etadi. U uch tomondan baland tog‘ bilan o‘ralgan va faqat g‘arb tomoni tekislikdir. Afg‘oniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.
Tabiiy zaxiralari: O‘zbekiston Respublikasi ulkan sanoat va mineral xom ashyo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zaxiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega.
Er osti zaxiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zaxiralari, turli organik yoqilg‘i
mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qo‘ng‘ir va yarim koksga oid ko‘mir, slanes yoqilg‘isi, uran va ko‘pgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni o‘z ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xo‘jaligida allaqachon foydalanilayotgan ko‘pgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan. O‘zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi bo‘yicha nafaqat MDH davlatlari o‘rtasida, balki butun dunyoda etakchi o‘rin egallashi tasdiqlangan. Jumladan oltin zahirasi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uni qazib olish bo‘yicha ettinchi, mis zaxirasi bo‘yicha o‘ninchi-o‘n birinchi o‘rinlarni, uran zahirasi bo‘yicha ettinchi- sakkizinchi, qazib olishda o‘n birinchi-o‘n ikkinchi o‘rinlarni egallashi qayd etilgan.
Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zaxiralari nafaqat mavjud tog‘-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qo‘rg‘oshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xo‘jaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |