Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Butun Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti ma’lumotlari



Download 2,15 Mb.
bet74/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Butun Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti ma’lumotlari


    • Er yuzidagi mamlakatlarda 18 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik va tug‘ruqlar oqibatida har yili millionlab go‘daklar va onalar o‘limi holatlari qayd qilinadi.

    • 18 yoshgacha homiladorlik davridagi asoratlar 20-30 yosh oralig‘iga nisbatan 2 barobar ko‘proq uchraydi.

    • CHala tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ilishining 20% ortishi kuzatilgan.

    • Onalar o‘limi holatlarining besh barobarga va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlarining 2 barobarga ko‘payishi aniqlangan.

Erta homiladorlik va erta tug‘ruq davridagi asoratlar


Erta homiladorlik asoratlari:

  • Sog‘ligining to‘satdan yomonlashishi

  • Organizmning tayyor emasligi Homiladorlik davridagi asoratlar:

  • Tug‘ruq jarayonidagi ona va bolaning o‘limi

  • Muddatdan oldingi tug‘ruq

  • Anemiya

  • Gipertenziv sindrom (shish, qon bosimining ko‘tarilishi) Ijtimoiy muammolar:

homiladorlik va tug‘ruqlar natijasida onaning ma’lumotga va kasbga ega bo‘lmay qolishi;
farzandni o‘stirishda tibbiy ma’lumotlarning etishmasligi; tug‘ilgan farzandlarni tarbiyalashdagi muammolar;
oiladagi moliyaviy holatlar.
Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalar: tug‘ish uchun muvofiq yosh 20 yoshdan keyingi davr hisoblanadi;
mana shu yoshlarda homiladorlikning asoratsiz o‘tishi va sog‘lom farzandni dunyoga keltirish uchun qizlar organizmi tayyor bo‘ladi;
20 yoshgacha bo‘lgan davrdagi homiladorlik va tug‘ruq jarayonida ko‘plab asoratlar kuzatilmoqda.
Nikohga kirish yoshi qizlar uchun 20-22 yosh va erkaklar uchun esa nikohga kirish uchun ma’qul yosh 24-26 yoshdir.

Nikoh yoshi oila mustahkamligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?


Umuman olganda, nikoh yoshining oila mustahkamligiga katta ta’siri bor.
Quyida buni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, yosh oila qurgan yigitning na ma’lumoti, na iqtisodiy imkoniyati, na ijtimoiy-psixologik etukligi, na jinsiy hayot borasidagi tasavvurlari talabga javob beradi. YUqoridagi jihatlar odatda uning oila
qurishidan boshlab, oilada oila boshlig‘i, etakchisi bo‘lishiga, oilasini mustaqil iqtisodiy ta’minlashiga imkon qoldirmaydi. Yigit er-xotin munosabatlarida etakchilikka da’vogar bo‘lsa-da, uni amalga oshirish uchun biror asosga ega bo‘lmaydi (agar ota-onasi hisobidan yashayotganligi e’tiborga olinmasa). Natijada erta uylangan yigit o‘zini sharqona oiladagi er, etakchi, oila boshlig‘i sifatida his etmaydi, bu mavqeni egallay olmaydi. Eng katta yo‘qotish yigit uchun shundan boshlanadi. Oilaviy hayotning dastlabki oylaridan o‘ziga tegishli oila boshlig‘i mavqeini egallay olmagan yigit turmushning keyingi yillarida ham ayolini o‘ziga qarata olmaydi. Surunkali ravishda ro‘y beradigan oilaviy nizolar aynan shu asosda kuzatiladi. Bu esa na oila mustahkamligiga, na er-xotin salomatligiga, na qaynota-qaynona tinchligiga, bolalar ruhiyati va shaxs sifatida shakllanishiga, farzandlar idrokida oilaviy hayot, er-xotinlik munosabatlari haqidagi to‘g‘ri tasavvurlar shakllanishiga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, yosh oila qurish yigit kishining o‘qishi, mutaxassis sifatida shakllanishi, o‘z ustida ishlashi, kasbiy, ilmiy, ma’muriy, ijodiy o‘sishiga yuksalishiga iqtisodiy jihatdan mustaqil oyoqqa turishiga salbiy ta’sir qiladi.
YUqoridagilarga o‘ziga intilish, o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yib, unga etishga harakat qilish bilan bularga etishga imkon bermayotgan oilaviy iqtisodiy, psixologik muammolar orasida ziddiyat paydo bo‘ladi.
Bu esa yosh yigitning salomatligiga ham yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Uchinchidan, har bir oilada, ayniqsa, yosh oila davrida muqarrar ravishda yuzaga keladigan er-xotin va qaynona-kelin orasidagi nizolarni ikki tomonni xafa qilmagan holda bartaraf etish, ma’lum qismining oldini olish malakalari kuyovning yoshligi sababli hali shakllanmagan bo‘ladi. Kuyov onasini yoqlasa, kelin yolg‘izlanadi, kelinning tarafini olsa, ona xafa bo‘ladi.
Natijada yosh er ikki o‘t orasida, ya’ni o‘z onasi va turmush o‘rtog‘i o‘rtasida qoladi. Bunday holatning surunkali davom etishi yigitda ruhiy tanglik holatini yuzaga keltirib, xohish-istak va imkoniyat orasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Natijada kasb faoliyatidagi ishlab chiqarish samaradorligiga, talaba bo‘lsa, ta’lim sifatiga, nikohdan, hayotdan qoniqish darajasiga va eng achinarlisi, uning salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
YUqoridagilarning barchasi oila mustahkamligiga putur etkazib, uni zaiflashtira boshlaydi, yigitda o‘z onasi va turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan hurmat va mehr hissi kamayadi.
Ba’zi ijodkor yoshlar o‘zidagi mavjud qobiliyatni namoyon qila olmaganidan, ro‘yobga chiqara olmaganidan ruhan ezilib, ichkilikbozlikka, giyohvandlikka berilishlari, turli salbiy yo‘llarga kirib ketishlari mumkin.
SHuning uchun yigit erta uylanish qaroriga kelishdan oldin yoki ota-onalari uni erta uylantirishdan ilgari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni aql tarozisida o‘lchab, o‘z farzandlari, yosh oila manfaatida to‘g‘ri qarorga kelishlari tavsiya etiladi.
To‘rtinchidan, qizlarning erta turmushga chiqishi hali ular organizmi etarli darajada tayyorgarlikka ega bo‘lmagani uchun homiladorlikni boshdan kechirish davrida turli virus kasalliklari yoki mexanik ta’sirlarni boshdan kechirishlariga, homilaga kuchli ta’sir etuvchi dori-darmonlarni qabul qilishlariga, ayrimlarining spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruju qo‘yishlarga olib kelishi ehtimoli bor. Bu esa ona qornida shakllanayotgan homilaning turli nuqsonlar bilan dunyoga kelib, tug‘ma nogiron bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Erta turmushga chiqib, homilador bo‘lgan ayollarning tug‘ish jarayonida bachadondan qon ketish holatlari nisbatan ko‘p uchraydi. Natijada hali onalik baxtini his etib ulgurmagan kelinlarning bir qanchasi olamdan ko‘z yumgan.
Ne-ne niyatlar bilan qiz o‘stirib, ularni asrab-avaylab, parvarishlab voyaga etkazib, ularni o‘zga dunyoga kuzatgan ota-onalar farzand dog‘ini umr bo‘yi yoddan chiqarmaydilar.
Qizlarni erta turmushga berish bilan ota-onalar ular va bo‘lajak nevaralarining salomatligini xavf ostiga qo‘yayotganliklarini tushunib etayotganmikanlar?
Beshinchidan, erta turmush qurgan qiz bir yil o‘tmay ona bo‘lar ekan, onalik, kelinlik va ular bilan bog‘liq barcha vazifalarni bajarishga, o‘z farzandiga to‘laqonli tarbiyachi bo‘lishga hali tayyor bo‘lmaydi.
YOsh jihatidan onalik, tarbiyachilik rolini to‘liq ado eta olmagan kelin qaynona tomonidan ko‘p tanbeh eshitishi, yangi oilaning o‘zga a’zolari (xola, qayin-singil va boshqalar) orasida tanqidiy muhokama ob’ektiga aylanishi mumkin. Bularning hammasi kelin-kuyov munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
YOsh bola parvarishi bilan ovora bo‘lib qolgan kelin ob’ektiv ravishda turmush o‘rtog‘iga ortiqcha diqqat-e’tibor qaratishga imkoni ham, xohishi ham, vaqti ham qolmaydi. Natijada ko‘p hollarda bunday holat yosh kuyov tomonidan noto‘g‘ri talqin etiladi va yana kelin aybdor bo‘lib qoladi.
Uy yumushlari, kelinlik xizmati, yosh bola parvarishidan charchagan xotin bilan bo‘sh vaqtini ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazgan er orasida nizolar ko‘payadi va aynan shu davrda ular orasida ajralishlarga olib keladigan uzoqlashish, mehrning sovushi kuzatiladi. Oqibatda yugurib-elib xizmat qilgan, bolani parvarishlagan yosh ona er, qaynona, qaynota, oilaning boshqa a’zolari oldida
ishonchni oqlamagan kelinga aylanadi va nikohning 1-2 yilida ajralishiga ham ulguradi.29

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish