Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet62/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Qurolli Kuchlarimizning qism va bo‘linmalarini eng yangi qurol-yarog‘ va jangovar texnika bilan qayta jihozlash, zamonaviy vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish;

  • qo‘shinlarning vzvod–batalyondan tortib harbiy okruglargacha bo‘lgan yuksak darajadagi jangovar qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan o‘quv- jangovar tayyorgarlik ishlarini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratish zarur. Jangovar operatsiyalarni amalga oshirishning taktikasi va usullari muntazam ravishda o‘zgarib, eng yangi qurol-yarog‘ va harbiy texnika tobora murakkablashib borayotgan hozirgi sharoitda shaxsiy tarkibning individual va guruh shaklidagi jangovar tayyorgarligi va harbiy malakani egallashi bo‘yicha prinsipial jihatdan yangi dasturlarni jadal ishlab chiqish va joriy etishni, qo‘mondonlik-shtab va tezkor-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazishni tubdan qayta ko‘rib chiqish;

  • harbiy boshqaruv tizimini takomillashtirish, ehtimol tutilgan jangovar harakatlar maydonining o‘ziga xos sharoitida butun mudofaa tizimida barcha qo‘shin turlariga qarashli qism va bo‘linmalar, vazirlik va idoralarning harbiy tuzilmalari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, ularning aniq va bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishini ta’minlash bo‘yicha boshlagan ishlarimizni davom ettirish va chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega. Armiyamizning davlat chegaralarimizni ishonchli qo‘riqlashga qodir bo‘lgan, mamlakat mudofaa tizimidagi zaif nuqtalarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning bartaraf etilishini ta’minlaydigan, har tomonlama puxta tashkil etilgan mexanizm, bir so‘z bilan aytganda, barcha tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog‘langan yagona jangovar kompleks sifatida to‘laqonli faoliyat yuritishiga erishish;

  • ofitser va serjant kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, intellektual jihatdan etuk, strategik fikrlay oladigan ofitser kadrlar, shuningdek, qo‘l ostidagi bo‘linmalarni samarali boshqarishga, ularda sog‘lom axloqiy-ruhiy vaziyatni saqlashga qodir professional serjantlarni tayyorlaydigan harbiy bilim yurtlari va serjantlar maktablari faoliyatini zamon talablari va standartlarini e’tiborga olgan holda tubdan yaxshilash;

  • harbiy ta’lim muassasalarini zarur harbiy texnika va trenajyorlar bilan jihozlashga, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan, modellashtirish va simulyasiya usullaridan foydalanish;

  • askar, serjant va ofitserlar tarkibining xizmatni o‘tash va yashash joylaridagi ijtimoiy-maishiy sharoitlarini izchil va tizimli ravishda yaxshilash, harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, harbiy

    shaharchalarni qurish va rekonstruksiya qilish, ularda eng zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturlarining to‘liq bajarilishiga alohida e’tibor qaratish va yana bir qator usutvor vazifalarga qaratilmoqda.
    YUrtboshimiz tomonidan belgilab beriladigan bu kabi vazifalar asosida Qurolli Kuchlarimiz tizimlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Bu esa harbiy xizmatni chinakam shon-sharaf ishiga aylantirdi. Bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz yigitlari, balki qizlarning ham yurtimiz mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashda sadoqat bilan xizmat qilayotganligi respublikamizda har tomonlama professional armiya qaror topganligidan dalolat beradi. Ta’kidlash joizki, Qurolli Kuchlar tizimidagi islohotlar ushbu tizimning huquqiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog‘liqlikda amalga oshirilmoqda. SHu nuqtai nazardan, o‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizdagi harbiy soha islohotlari bilan bog‘liq strategik maqsadlarga erishishning muhim huquqiy poydevori bunyod etildi. Eng avvalo, Bosh Qomusimizda — mamlakatimiz Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi alohida qayd etildi.
    Istiqlol yillarida, shuningdek, mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, zamonaviy talablar va mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni chuqur tahlil qilish asosida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlovchi muhim qonun hujjatlari qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi (1999 yil), “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi (2000 yil), “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi (2000 yil), “Mudofaa to‘g‘risida”gi (2001 yil), “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi (2002 yil), “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi (2003 yil) “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2012 yil) Qonunlar shular jumlasidan. Ushbu Qonunlar mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda, hayotimizning barcha sohalarida barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    CHunonchi, “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunga muvofiq, harbiy xizmat muddatini
    12 oygacha qisqartirishga doir huquqiy asoslar yaratildi. Natijada
    2009 yildan buyon bir yillik muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tanlov asosida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, harbiy xizmatning yangi turi
    — safarbarlik chaqiruvi rezervi ham o‘zining samarali ekanini isbotladi. Bugun Milliy Armiya saflarida xizmat qilayotgan askarlar harbiy mutaxassislikni puxta o‘zlashtirish bilan bir qatorda, zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarini ham oshirmoqdalar. Mamlakatimizning barcha hududlaridagi mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlari eng zamonaviy, ko‘rkam binolarda joylashibgina qolmay, zamon talablari asosida jihozlanmoqda. Bu esa chaqiriluvchilarni sifatli tibbiy ko‘rik va sinovlardan o‘tkazish uchun qulaylik yaratib, Qurolli Kuchlarimiz saflarini yaxshi tayyorlangan, baquvvat va mard yigitlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.
    Ma’lumki, yurtimizda “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” kabi medallar ta’sis etilgan bo‘lib, ular davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirishga katta hissa qo‘shayotgan harbiylarimiz mehnatini qadrlash, el- yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan, fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda o‘ziga xos mukofot vazifasini o‘tamoqda.
    2012 yil 11 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan Qonunga muvofiq, yana bir yuksak mukofot — “Mardlik” ordeni ta’sis etildi. “Mardlik” ordeni bilan harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolar orasidan Vatan himoyasi uchun o‘zini bag‘ishlagan, ona-Vatan xizmati yo‘lida jasurlik va dovyuraklik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizning mukofotlanishi alohida belgilab qo‘yildi.
    2012 yil o‘ta muhim tarixiy hujjat — mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunni mamlakatimizning uzoq yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosat strategiyasini belgilab beruvchi o‘ta muhim hujjat sifatida baholash mumkin.
    Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq progressiv, tinchlikparvar tashqi siyosat yuritib kelmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston 60 dan ortiq nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular ishida faol ishtirok etib kelmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasida mamlakatimizning istiqlol yillaridagi tashqi siyosiy faoliyatini umumlashtirish va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida bir qator prinsipial ahamiyatga molik bo‘lgan ilg‘or progressiv g‘oyalar mujassam etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlardagi harbiy
    mojarolarga va tang vaziyatlarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘rishi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlat harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi alohida qayd etildi. SHu bilan birga, O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritish, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolish kabi prinsipial pozitsiyasi ham mazkur Konsepsiyada o‘z aksini topdi.
    Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuniga va Harbiy doktrinasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini himoya qilish, aholining tinch hayoti va xavfsizligini asrash maqsadidagina tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi,-deb alohida belgilab qo‘yildi.
    SHuni alohida qayd etish joizki, mazkur Konsepsiyada belgilangan tashqi siyosatning bir qator tamoyillari, jumladan, boshqa davlatlarning manfaatlarini inobatga olish, hamkorlik uchun ochiqlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish, umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari davlatning ichki normalaridan ustuvor ahamiyatga ega ekanligi kabi qator tamoyillarning mavjudligi davlatimizning tashqi siyosiy faoliyati samaradorligini yanada oshiradi va ochiq demokratik davlat qurish yo‘lidagi izchil harakatlarni muvaffaqiyatli davom ettirishni ta’minlaydi.
    Mudofaa sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan birga O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov tomonidan imzolangan qator farmon va qarorlar ham armiyamizning qiyofasi va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni tubdan o‘zgartirish imkonini berdi.
    Mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlash, ular uchun zarur uy-joy va maishiy sharoitlarni yaratishga ham muhim ahamiyat berilmoqda. 2012–2013 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha
    ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ldilar. Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomalari ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.
    Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hozirda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Islohotlarning eng muhim natijasini armiyadagi axloqiy-ruhiy, ma’naviy muhitning butunlay yangilanganida, jamiyatimizda armiyaga va harbiy xizmatga nisbatan yondashuv tamomila o‘zgarganida yaqqol ko‘rish mumkin. Yigitlarimiz uchun harbiy sohada xizmat qilish, nafaqat faxrli burch, balki yuksak shon-sharafga aylandi. Bugun Armiyada xizmat qilishning nufuzi baland. Barcha ota-onalar o‘z farzandlari voyaga etgach, uning Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilishini niyat qilishadi. CHunki zamonaviy jangovar texnik qurollarni mukammal egallagan yigitlarimiz millatning, yurtning iftixori bo‘lishayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz.
    Muxtasar aytganda, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi.
    SHu bilan birga, mintaqamiz va butun jahondagi bugungi murakkab, tez o‘zgarayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, ayniqsa, Afg‘onistondagi istiqboli mavhum bo‘lgan holat bilan bog‘liq tarzda xavfsizlikka qarshi real va ehtimol tutilayotgan xavf-xatarlarning kuchayib, narkoagressiya, xalqaro terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlarning miqyosi kengayib borayotgani Qurolli Kuchlarimizning harbiy tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini muttasil oshirish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, uning davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash borasidagi choralarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
    O‘zbekiston Prezidenti, mamlakat Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimovning O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 22 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash yo‘lida oldimizda turgan bir qator dolzarb vazifalar sanab o‘tilgan. Jumladan, Milliy Armiyamizning jangovar tayyorgarligini yanada mustahkamlashni davom ettirish, ehtimoldan xoli bo‘lmagan harbiy harakatlar teatrini doimo kuzatib borish, tizimli ravishda chuqur tahlil va prognoz qilib borish, chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash uchun jalb etiladigan bo‘linmalarning bir-birining o‘rnini bosishga har tomonlama qodir bo‘lishi
    va yuksak darajada kelishib harakat qilishiga erishish, yangi qurol-yarog‘ va harbiy texnika namunalarini ishlab chiqaradigan va ularni modernizatsiya qiladigan qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun mamlakatimizdagi ishlab chiqarish va ta’mirlash bazasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y- harakatlarni kuchaytirish, keng bilim va tafakkurga, yuksak professional va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan harbiy kadrlarni va serjantlar korpusini tayyorlashni mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, harbiy jamoalarda sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini tubdan yaxshilash kabi masalalar yaqin va o‘rta istiqboldagi strategik vazifalar sifatida qayd etildi. Ushbu vazifalarning o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis ijro etilishi Qurolli Kuchlarimiz jangovar tayyorgarligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

    Modomiki biz yurtimiz mudofaasini ta’minlash, uni yot kuchlardan asrab- avaylash haqida gapirar ekanmiz, YUrtboshimizning bu boradagi fikrlariga qat’iy e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi. Darhaqiqat, bugungi kunda dunyoda va yon-atrofimizda yuz berayotgan mojaro va to‘qnashuvlar, radikalizmning kuchayishi, Afg‘onistondagi urushning hamon davom etayotgani va bu muammoni hal etish borasida mavhumlik saqlanib qolayotgani, terrorizm va diniy ekstremizmning faollashayotgani, tajovuzkor narkotrafikning keng tus olayotgani, chegaralarimizga bevosita yaqin hududlarda xavf- xatar kuchayib borayotgani – bularning barchasi bizda chuqur tashvish va xavotir uyg‘otmasdan qolmaydi, albatta. Bunday murakkab va oqibatini oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayonlarning barchasi bugungi kunda hammamizdan yuksak darajadagi hushyorlik va ogohlikni, chegaralarimizda keskinlikni keltirib chiqarishga qaratilgan urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy choralarni ko‘rishni, mamlakatimizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzkor xurujlarga Qurolli Kuchlarimizning o‘z vaqtida va munosib zarba berish qobiliyatini ta’minlashga doimo tayyor turishimizni talab etmoqda.


    SHunday ekan, nafaqat Vatan himoyasiga mas’ul xodimlar, balki yoshimiz, kasbimiz, vazifamizdan qat’iy nazar har birimiz, ayniqsa, yosh avlod vakillari hamisha shay, ogoh va hushyor holda yashashimiz, bilim olishimiz zarur. CHunki har birimiz shu diyorda tug‘ilib, uning suvini ichib, non-tuzini totgan ekanmiz, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashimiz lozim. Bu bizning ham qarzimiz, ham farzimizdir. Kerak bo‘lsa, yurtimiz tinchligi, xalqimiz xotirjamligi yo‘lida jonni qurbon qilish darkor.

    Download 2,15 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   109




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish