Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet56/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Tafakkur durdonalari


Buddaning shogirdlaridan biri undan so‘radi:

  • Agar kimdir meni ursa, nima qilishim kerak?

  • Agar daraxtning qurigan shoxi ustingga tushib seni qulatsa, nima qilarding?

  • Nima ham qilar edim? Axir, bu tasodif-ku!

  • Bu xuddi qurigan daraxt shoxi boshingga tushganday gap. Sira bezovta bo‘lma, parvo qilma, o‘z yo‘lingga ketaver.

***
Bir serjahl, o‘zini tuta olmaydigan yigit bor ekan. Bir kuni otasi unga bir xalta mix beribdi va g‘azabini tuta olmasa, har safar devor ustuniga bittadan mix qoqishni tayinlapti.
Birinchi kun ustunga o‘ntalab mix qoqildi. Kelasi xafta u o‘z g‘azabini bosishni o‘rgana boshladi, va kunma-kun ustunga qoqiladigan mixlar soni kamaya bordi. Yigit tushundi: o‘z mijozini nazorat qilish, mix qoqishdan osonroq.
Bora-bora u bir marta ham o‘zini yo‘qotmaydigan bo‘ldi. Buni otasiga aytdi. Otasi, agar o‘g‘li kuni bo‘yi achchig‘lanmasa, kun oxirida ustundan bir mix sug‘urib olishi mumkinligini aytdi.
Vaqt o‘tdi va shunday kun keldiki, yigit otasiga ustunda bitta ham mix qolmaganini aytdi. Otasi o‘g‘lini qo‘lidan tutib ustun oldiga olib keldi:

  • Sen ishni yaxshi uddalading, lekin ustunda qancha teshik qolganini ko‘rayapsanmi? Ustun endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi. Sen birovga jahl ustida yomon gapirsang, uning dilida shunday chandiqlar qoladi va sen keyin necha marta kechirim so‘rasang ham, ahamiyati yo‘q.

***
O‘quvchi ustoziga aytdi:

  • Siz juda donosiz. Siz doimo yaxshi kayfiyatda yurasiz, hech qachon jahlingiz chiqmaydi. Menga ham o‘zingizday bo‘lishga yordam bering.

Ustoz rozi bo‘ldi va shogirdidan kartoshka va bir paket olib kelishini so‘radi.

  • Agar sen kimdandir g‘azablansang va undan ranjisang, kartoshkaning bir tomoniga o‘z ismingni, boshqa tomoniga janjal qilgan odamning ismini yozgin va paketga solgin.

  • Bori-yo‘g‘i shumi? – hayron bo‘ldi o‘quvchi.

  • Yo‘q, – javob berdi ustoz. – Sen bu paketni o‘zing bilan doimo olib yur va har safar kimdandir xafa bo‘lsang, paketga kartoshka qo‘shgin.

O‘kuvchi rozi bo‘ldi. Oradan qanchadir vaqt o‘tdi. O‘quvchi paketida kartoshkalar ko‘paydi va etarlicha og‘irlashdi. Uni o‘zi bilan doimo olib yurish noqo‘lay edi. Bundan tashqari, paketga oldin solingan kartoshkalar buzila boshladi, mog‘orladi, ba’zilari ko‘karib, yoqimsiz hid chiqara boshladi.
O‘quvchi ustoz oldiga kelib:

  • Buni endi o‘zim bilan olib yura olmayman. Birinchidan, xalta haddan tashqari og‘ir bo‘ldi, ikkinchidan, kartoshka buzildi. Menga boshqa narsani taklif qiling.

Ustoz javob berdi:

  • Sening dilingda ham xuddi shunday bo‘layapti. Kimgadir jahl qilsang yoki undan xafa bo‘lsang, dilingda og‘ir ranj paydo bo‘ladi. Faqat sen uni darhol sezmaysan. Keyin ular ko‘payadi, odatiy bo‘ladi, odatlar fe’lga evriladi. To‘plangan ranj bijg‘iydi, og‘irlashadi, qusurlar yaratadi. Bu yuk to‘g‘risida unutish oson emas. Axir uni doimo o‘zing bilan olib yurishingga to‘g‘ri keladi. Men senga bu jarayonni boshdan kechirishga va kuzatishga imkon berdim. Har safar ranjimoqchi bo‘lsang yoki aksincha, kimnidir xafa qilsang, o‘yla, senga shu og‘ir yuk kerakmi?!

***
O‘qituvchi tengdoshi bilan xafalashgan o‘quvchisidan so‘radi:

  • Nega sening jahling chiqadi? Nega xafa bo‘lasan? Tinchlanish va kechirim yaxshi emasmi?

  • Nega men unga iltifot qilishim va uni kechirishim kerak? – o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi o‘quvchi.

  • So‘zingni bo‘lganim uchun kechirasan, – dedi o‘qituvchi. – Senga ikki savol berishga ijozat ber va o‘shanda men sening “qanday” va “nega”laringa javob beraman.

O‘quvchi ma’qullab boshini silkitdi.

  • Sen xafa bo‘lganingda va jahling chiqqanda, o‘zingni yaxshi sezasanmi yoki tinch, osoyishta paytingdami?

  • Albatta, keyingisida, – javob berdi o‘quvchi. – Lekin ayting-chi, qanday xafa bo‘lmaslik mumkin? Bu juda qiyin-ku.

  • Sen asosiysini tushungin, har safar kimnidir ayblash yoki xafa qilish qamchisi bilan urmoqchi bo‘lganingda, birinchi bo‘lib o‘zingni urasan.

***
Bir podshoh o‘z donoligi bilan tanilgan edi. SHunga qaramay, hayoti osoyishta emasdi. Bir kuni u alloma Tasyoga iltimos bilan murojaat qildi:

  • Menga yordam ber. Bu hayotda juda ko‘p narsa jaxlimni chiqarishga qodir.

Men kuchli xis-tuyg‘ularga duchorman, bu hol mega juda xalaqit qiladi.
Bunga Ustoz javob berdi:

  • Senga qanday yordam berishni bilaman. Bu uzukni taqqin. Unda: “bu o‘tib ketadi!” iborasi o‘yib yozilgan. Sen nimadandir g‘azablansang yoki kuchli suyunsang, yozuvga kara, u seni hushinga keltiradi. sen hovringdan tushasan.

Vaqt o‘tdi, podshoh Ustoz maslaxatiga amal qildi va osoyishtalikka erishdi. Lekin kun keldi, odatdagidek, uzukka qarab tinchlanmadi, aksincha – yanada kuchliroq jahli chiqdi, uzukni panjasidan sug‘urdi va hovuzga uloqtirishni xohladi, lekin to‘satdan uzukning ichkari tomonida yozuv borligini ko‘rdi. U sinchiqlab qaradi va o‘qidi: “Bu ham o‘tadi...”

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish