Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Bizning mamlakatimiz, O‘zbekistonimiz, bu so‘rovnoma natijalariga



Download 2,15 Mb.
bet55/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Bizning mamlakatimiz, O‘zbekistonimiz, bu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, dunyodagi 141 ta davlat orasida 2-o‘rinni egallaganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Bizning bunday o‘ta muhim masala, ya’ni yurtimizda tinch va osuda hayotni asrash va himoya qilish bo‘yicha mana shunday yuksak darajaga ko‘tarilganimiz, bu sohada olib borayotgan ishlarimiz xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgani, hech shubhasiz, barchamizga g‘urur va iftixor etkazadi.
Xulosa qilish kerakki, yurtimizning har tomonlama yuksak takomili, avvalo, Bosh Qomusimizda belgilangan hayotbaxsh tamoyillar evazigadir. SHunday ekan, har birimiz, ayniqsa, yosh avlod vakillari Bosh Qoumismiz va undagi qoidalarni chuqur o‘qib-o‘rganmog‘i, kelgusidagi faoliyatida teran qo‘llamog‘i muhim vazifalardan sanaladi.

MAVZU: JAHL CHIQSA – AQL KETADI




Jamiyatda jahldorlik ham nosog‘lom ijtimoiy me’yor sifatida odamlar orasida uchrab turadi. Jahli yomon odamdan hamisha odamlar qochishga va undan har qanday holatda saqlanishga harakat qiladilar. Xalqimizda “jahling o‘zingga dushman” yoki “jahli chiqqanning aqli ketadi” degan gaplar bejiz aytilmagan bo‘lsa kerak. Jahldorlik birinchi navbatda - bu dilozorlikdir! Dilozorlik har qanday irodasi mustahkam kishini ham ruhiy tushkunlikka olib kelishi tabiiydir. Odatda har qanday kishining ham ma’lum bir jarayonlarda ayrim bir sabablarga ko‘ra jahli chiqishi mumkin. Ammo, bu doimiy odat yoki me’yor emas. Doimiy jahldor odamning birinchi galda, o‘zida halovat bo‘lmaydi, qolaversa, atrofdagilarning halovatini buzadi. Agar bordi-yu shu jahldor kishi qaysidir bir rahbarlik lavozimida faoliyat ko‘rsatsa-chi! Jahldor rahbarning xato qilish ehtimollik darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi, rahbarning xatosi ham o‘ziga yarasha, katta xato bo‘ladi va shu sababli ko‘p kishi aziyat chekishi mumkin, korxona katta miqdorda zarar ko‘rishi mumkin. Jahldor kishida hamma vaqt his-hayajon mantiqdan oldin yuradi, bu birinchi galda o‘zining, qolaversa boshqalarning kayfiyatiga, ruhiyatiga yomon ta’sir qiladi, agar bu holat muntazam ravishda har kuni davom etaversa odamlar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilib, odamlar orasida asabiylik, psixozlik va ayrim hollarda kutilmagan fojialar bilan ham tugashi mumkin. Jahldorlik bor joyda janjal chiqish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bir kun janjal chiqqan joydan 40 kun fayz ketadi, deydi xalqimiz. Bu degani shu oilada yoki jamoada ruhiy tushkunlik hukmronlik qiladi, buning oqibati deyarli insonning barcha faoliyatiga ta’sir etadi, degan gap. Xo‘sh, savol tug‘iladi, jahldorlik odatmi yoki kasallikmi? Bu me’yor odamlarda qanday paydo bo‘ladi va bunday shaxslar bo‘lmasligi uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarur. Bu bir qarashda arzimaydigan bir fikrdek tuyulishi mumkin, ammo inson hayotida bir marta bo‘lsa-da shunday qo‘pol - jahldor odam bilan to‘qnashib, xafsalasi pir bo‘lib ko‘rsagina, buning jamiyatda o‘ta yomon odat ekaniga amin bo‘lishi mumkin. Agar shu qo‘pol yoki jahldor kishi shifokor bo‘lsa, nima bo‘ladi degan savol hammani ham o‘ylatirib qo‘ysa kerak. O‘zi odamlar sog‘lig‘i va unga ta’sir qiluvchi nosog‘lom ijtimoiy me’yorlar to‘g‘risida gap ketsa-yu, xuddi shu salbiy ijtimoiy odat biz shifo izlab kelgan kishida bo‘lsa, unda dardingni kimga aytasan kishi. Bunday holatlar hayotda tez-tez bo‘lmasa-da, onda-sonda uchrab turadi. Jahldordik, qo‘pollikning aksi xushmuomalalik, xushfe’llik hisoblanadi. Bemorga birinchi galda, yaxshi gap kerak, buni bobomiz Ibn Sino ham qayta-qayta ta’kidlaganlar. Qo‘pollik, jahldorlik birinchi galda tarbiya mahsuli va u
orttirilgan ijtimoiy odatdir. Qolaversa, kasblarda ba’zi kishilar bosar- tusarini bilmay qolib, vaqtinchalik shon-shuhratga berilib, (xalkimiz bundaylarni odatda oyog‘i erdan uzilganlar deyishadi) qo‘pollikni yoki jahldorlikni o‘zlashtirib ham olishi mumkin. Agar yoshligidan irodaviy, axloqiy tarbiya yaxshi berilgan bo‘lsa, bu hol kamdan-kam hollarda paydo bo‘lishi mumkin. Bolaning jahldor, qo‘pol bo‘lib qolishiga ta’sir qiluvchi omillar juda ham ko‘p. Bularning hammasiga, albatta, tarbiya jarayonida e’tibor berish kerak. Bola yoshligidan ko‘p kasal bo‘lishi mumkin, yoshlikda bolani ko‘p qo‘rqitib tarbiyalansa, salbiy hissiyotlar bilan kechadigan jarayonlar ko‘p bo‘lsa, notinch, noto‘liq oilalarda tarbiyalansa, kimdir yoshligidan doimiy ravishda jig‘iga tegaversa, bolani juda kichik yoshda maktabga berilsa, bola maktabda beriladigan psixologik yuklamani hali o‘zlashtiri olmaydigan davrida va boshqa omillar ta’sirida bolada jahldorlik va qo‘pollik shakllanishi mumkin.
Bulardan tashqari, oilada ota-ota va boshqa katta yoshli a’zolardan ham bola to‘g‘ridan-to‘g‘ri andoza olib, bunday salbiy me’yorlarni o‘zlashtirib olishi mumkin. Xo‘sh, bunday salbiy odatlarni qanday qilib kamaytirish yoki umuman bolada yo‘qotish mumkin. Bu borada ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni juda katta. Ta’lim-tarbiya usuli bilan boladagi ayrim tibbiy nuqsonlarni, orttirilgan salbiy odatlarni-qo‘pollik, besharmlik, jahldorliklarni pedagogik jihatdan to‘g‘ri yondashib, ijobiy tomonga aylantirsa bo‘ladi. Buning uchun maktablarda, litseylarda, kollej va oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning aynan pedagogik mahorat darajasi yuksak darajada bo‘lishi kerak. Bu borada ular o‘quvchilarga namuna o‘rnak ko‘rsatishlarining o‘zi bu boradagi tarbiyaning asosini tashkil etadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, chekish, ichish, giyohvandlik kabi qator orttirilgan salbiy ijtimoiy nosog‘lom odatlar qatorida insonlarning sog‘lig‘iga bevosita, ba’zida bilvosita biz tahlil qilgan qo‘pollik, serjahllik ham yomon ta’sir ko‘rsatadi. Har bir inson hech qachon shuni esdan chiqarmasligiga kerakki, organizmdagi mavjud barcha a’zolarimizning qanday ishlashi, birinchi galda, bizning kayfiyatimizga, ruhiyatimizga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘ta muhim tibbiy – ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi.26


26 Matn I.K.Abdullaev, Z.J.Mutalovalarning “Ijtimoiy me’yorlar va inson salomatligi” kitobidan
olindi. T.:2007y. 81-83 b

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish