Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet53/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Birinchidan, bizning Konstitutsiya, haqiqatan ham, demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir.
Ikkinchidan, bizning Konstitutsiya eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan. Bunda qaysidir davlatning tayyor Konstitutsiyasini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish yo‘lidan bormay, balki eng ilg‘or xorijiy konstitutsiyaviy tajribalarni o‘rgandik va e’tiborga oldik. Natijada endilikda Bosh Qomusimiz dunyo miqyosida ham har qanday taraqqiy topgan davlat Konstitutsiyasi bilan bemalol kuch sinashmoqda.
Uchinchidan, Konstitutsiyaning g‘oya va normalari o‘zbek xalqining teran tarixiy ildizlariga asoslangan bo‘lib, u ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlarni, ulug‘ ajdodlarimizning huquqiy merosini o‘z ichiga olgan.
Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” bo‘lganligi, u “xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asoslangan ekanini yaqqol tasdiqlaydi.
SHu tariqa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimizning asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat qurilishi asoslarini, fuqarolar huquq va erkinliklarini belgilab beradi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarini tuzishni tartibga solib turadi, saylov tizimini joriy etadi, davlat ramzlarini belgilaydi va Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibini mustahkamlab qo‘yadi.
Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy siyosiy tizim negizini yaratib berdi. Davlat mulki qatorida xususiy mulk ham muhofazalangan. Konstitutsiyada mafkuraviy xilma xillik, ko‘ppartiyaviylik mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiya davlatni emas, balki insonni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatlar deb e’lon qilindi. SHuningdek, fuqaro va davlatni o‘zaro huquqlar va burchlar bilan bog‘lovchi prinsipni ham mustahkamlab qo‘ydi.
YUrtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Konstitutsiya va uning asosida yaratilgan qonunchilik bazasi, shuningdek, 2010 yilda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, 2011 va 2014 yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan tuzatishlar jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan, dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb tan olingan dastur asosini tashkil etdi. Ayni shu modelь zamonaviy, jadal va barqaror rivojlanib borayotgan davlatning shakllanishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi».25
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari: Davlat suvereniteti, bunga ko‘ra –O‘zbekiston Respublikasi mustaqil suveren


25 «Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat». (Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi).
davlat. Demokratiya, xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridir.
Konstitutsiyada e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlar quyidagilardir:
Ma’naviy qadriyatlar: ezgulik va adolatga ishonch; ajdodlar xotirasini e’zozlash; insonparvarlik; tinch hayotga intilish; suveren davlatchilikning e’lon qilinishi.
Vatanparvarlik va fuqarolikka sadoqat: vatanni sevish va e’zozlash; hozirgi va kelajak avlodlar oldida mas’uliyatni his qilish; o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiiy tajribasiga tayanish; ajdodlarning madaniy merosini avaylab asrash.
Demokratik qadriyatlar: inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi; demokratiya ideallari; fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikka intilish; mustaqillik va ma’naviy barkamollik mafkurasi.
Prezidentimiz ta’birlari bilan aytadigan bo‘lsak, mustaqilligimiz bizga eng oliy ne’mat bo‘lgan huquqni in’om etdi. Bu mustaqillikni anglash va fikrlash, o‘z taqdirini o‘z xalqi bilan birga mustaqil hal qilish huquqidir. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan huquqiy normalarning avvalgi Konstitutsiyalardan farqli o‘laroq, Konstitutsiyamizda eng oldingi o‘rinlarda, ya’ni ikkinchi bo‘limda joylashtirilganligi ham e’tiborga loyiqdir.
Masalan: Konstitutsiyamizning 22-moddasida davlat o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko‘rsatishi, 23-moddasida respublika hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq himoyalanishi kafolatlab qo‘yildi. SHuningdek, shaxsiy huquqlar va erkinliklar – inson hayotiga suiqasd qilish og‘ir jinoyat ekanligi, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi, aybliligi faqatgina sudning qonuniy qarori asosida tan olinishi mumkinligi, har kim qadr-qimmati, obro‘siga tajovuzlardan himoyalanishi huquqiga egaligi VII bob doirasida qat’iy belgilandi. Konstitutsiyaning 32-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi” deb belgilab qo‘yildi. Fuqarolarning siyosiy huquqlari qatorida qayd etilgan ushbu norma bugun hayotda o‘z o‘rnini topganligini barchamiz ko‘rib turibmiz. Oliy Majlisga o‘tkazilgan saylovlarda fuqarolarimiz o‘zlarining siyosiy va
fuqarolik saviyasi etukligini ko‘rsatishdi. Saylovlarning yakuni saylovchilarning bo‘layotgan jarayonlarga ongli munosabat bilan qarayotganligini yaqqol namoyon etdi. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli, xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasida degan normalar ilk bor Konstitutsiyaga kiritildi. Konstitutsiyaning 36-moddasida mustahkamlangan ushbu norma bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lgan tadbirkorlik uchun keng yo‘l ochib berdi. Kuchli ijtimoiy himoya tizimi, har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bepul umumiy ta’lim olish huquqlari ham Konstitutsiyamizda alohida-alohida moddalarda belgilab qo‘yildi. Davlat organlari, tashkilotlari bilan birga mamlakatimizda turli ko‘rinishdagi jamoat birlashmalarining faoliyat yuritishi Konstitutsion tarzda XIII bobda alohida mustahkamlandi.
Hozirgi kunda jahon miqyosidagi ulkan sinov va mashaqqatlar, og‘ir muammolarga, global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning hali-beri davom etayotgani, tayyor mahsulotlar va asosan xomashyo resurslariga bo‘lgan talabning keskin pasayib borayotganiga qaramasdan, yurtimizda iqtisodiyotning izchil va barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda. Bularning barchasi, albatta, Konstitutitsyamizda keltirilgan hayotbaxsh qoidalar evaziga emasmi?!

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish