Reja: Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bo’g’ini sifatida



Download 24,85 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi24,85 Kb.
#244491
  1   2
Bog'liq
19 мавзу маъруза матни


19-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari.

REJA:


  1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bo’g’ini sifatida.

  2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari.

  3. O’zbekistonda mavjud byudjetdan tashqari jamg’armalar.

1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bo’g’ini sifatida

Davlat Moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga qaratilgan Moliya tizimining muhim bo’g’inidir. Davlat Moliyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

- Davlat byudjeti.

- Byudjetdan tashqari jamg’armalar.

- Davlat kreditlari.

- Davlat korxonalari Moliyasi.

Davlat Moliyasining sanab о‘tilgan turli xildagi bo’g’inlari bо‘yicha davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning tarmoq va hududiy muammolarning yechimlarini keng miqyosda hal etadi.

Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashqari jamg’armalar tegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik shaxs huquqiga egadirlar.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar – umumdavlat Moliyasining muhim bo’g’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining Yuqori organlarining teegishli aktlari asosida о‘z faoliyatini amalga oshiradilar.

Byudjetdan tashqari jamg’armalarni:

- konsolidatsiyalashgan byudjetga qо‘shiladigan jamg’armalar;

- konsolidatsiyalashgan byudjetga qо‘shilmaydigan jamg’armalarga ajratish mumkin.

Funksional jihatiga kо‘ra va boshqaruv darajasiga kо‘ra byudjetdan tashqari jamg’armalar turli xil bо‘ladilar. Ularni funksional jihatiga kо‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy jamg’armalarga bо‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa umumdavlat respublika va regional jamg’armalarga bо‘lish mumkin.

Hozirgi kunda respublikamizda bir nechta byudjetdan tashqari jamg’armalar faoliyat kо‘rsatmoqda.

Ulardan Pensiya jamg’armasini misol qilishimiz mumkin.

Pyensiya jamg’armasi – bu pensiya bilan ta’minlovchi davlat Moliya boshqaruvining organidir. Bu jamg’arma mustaqil Moliya instituti hisoblanib, bu jamg’armaning mablag’lari davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi.

Pyensiya jamg’armasi bilan davlat byudjetining farqli tomoni shundan iboratki, о‘z resurslarining hissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag’ va dotatsiyalarni rad etadi. Maxsus pensiya tо‘lovlari ijtimoiy himoya doirasida shaxsiy funksional vazifaga ega bо‘lib, tushumlar va mablag’lar bilan qо‘shilmagan holda pensiya jamg’armasida tо‘planadi. Pyensiya jamg’armasi idoralari pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan byudjetdagi korxona va tashkilotlar uchun buxgalterlik hisobining hisob varaqlari rejasini qo’llagan holda hisob yuritadilar va yilning har choragida pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi haqida moliyaviy hisobotlarini tuzadilar.

2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari

Har qanday mamlakat, jumladan О‘zbekiston ham ijtimoiy siyosatning izchil amalga oshirilishida ma’lum iqtisodiy mexanizmlar asosida faoliyat yuritadi. Shunday iqtisodiy mexanizmlardan biri — bu davlatning turli maqsadli jamg’armalarining tashkil kdlinishi va faoliyat yuritishidir.

Maqsadli jamg’armalar - Moliya tizimining muhim tizimlaridan biri bо‘lib, markaziy va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari ixtiyoridagi va ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan pul resurslari yig’indisidir.

Bozor munosabatlariga о‘tish iqtisodiy sasturimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga о‘tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatshsh namoyon kilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yо‘qolib kyetgan egalik tuyg’usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikannng g’oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi.

Shu borada muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidai chikarish va xususiylashtirish yо‘li, yangi paydo bо‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan Shugullanayotgan va aholiga xizmat kо‘rsatayotgan xususiy, aksionyerlik, kollyektiv va boshqa korxonalarni qо‘llab-quvvatlash bilan aralash, kо‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. Mamlakatimizda byudjetdan tashqari jamg’armalarning ijtimoiy ahamiyati katta. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va о‘rta biznyesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bо‘lib, investisiyalarni jalb etish va boshqalar byudjetdan tashqari jamg’armalarning vazifasi hisoblanadi.

Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashkari jamg’armalar tyegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’lik bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Byudjetdan tashkari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi.

Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar — umumdavlat Moliyasining muxim bug’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan, davlat hukumatining Yukori organlarini tyegishli aktlari asosida о‘z faoliyati ni amalga oshiradilar.

Ularning tashkil qilinishi va tartibga solinishi Moliyaviy tartibda tartibga solinadi. Maqsadli jamg’armalar milliy daromadni kayta taqsimlashning usullaridan biri bо‘lib, u aholining aniq bir ijtimoiy guruhi yoki davlat ahamiyatiga molik aniq masadga yо‘naltiriladi. Bunda davlat aholi daromadlarining bir qismini о‘zining turli chora-tadbirlarini Moliyalashtirib boradi. Maqsadli jamg’armalar о‘z mohiyatiga kо‘ra asosan ikki vazifani bajaradi:

-iqtisodiyotning ustuvor sohalarini kо‘shimcha mablag’lar bilan ta’minlash:

-aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatish doirasini kengaytirish.

Ular iqtisodiyot oldida turgan bir qancha masalalar, jumladan ishlab chikarish sur’atining oshishini ta’minlash, vaqtinchalik tо‘xtalishlarni chetlab о‘tish, va inqiroz holatlari beqarorligini yechishga yordam beradi.




Download 24,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish