Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet3/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

Davlat tili — siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda ma‘lum bir davlatda integratsiya (birlashtiruvchi) vazifasini amalga oshiradigan, shuningdek ushbu davlatning ramzi sanaladigan tildir.
Rasmiy til – davlat boshqaruvi, qonunchilik, sud jarayoni tilidir.
Ushbu ikki ta‘rif tushuntirish-tavsiya sifatida qabul qilinadi, barcha mamlakatlar uchun majburiy emas.
Oʻzbekiston – koʻp millatlik davlat. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi.
Oʻzbekiston aholisining 80 foizdan ortigʻini Oʻzbeklar tashkil etib, ularning umumiy aholi sonidagi ulushi muntazam oshib bormoqda. Shuningdek, boshqa millatlarning katta jamoalari ham mavjud. 10 foizdan ortigʻi – Markaziy Osiyo xalqlarining boshqa vakillari (5 foizga yaqini – tojiklar, 3 foizga yaqini – qozoqlar, 2 foizi – qoraqalpoqlar, 1 foizi — qirgʻizlar, shuningdek turkmanlar va boshqalar). Rus va boshqa slavyan xalqlari vakillari respublika aholisining 10 foizini tashkil qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili toʻgʻrisida»gi Qonuniga (yangi tahrir) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili Oʻzbek tilidir. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning Oʻz ona tilini Qoʻllashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini Oʻz xohishlariga koʻra tanlash huquqiga egadirlar.
Shu bilan birga, Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat tillariga hurmat koʻrsatiladi va ularning rivoji uchun sharoitlar yaratadi. Ommaviy
axborot vositalari Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi millat va elatlarning bir necha tillarida efirga uzatiladi va chop etiladi.
Shuningdek, ish yuritish va kundalik foydalanishda tillarni tanlash va ishlatish bilan bogʻliq muammolar mavjud emas. «Davlat tili toʻgʻrisida» gi Qonunga binoan korxonalarda ish yuritish va boshqa hujjatlar, notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi, zurur hollarda rus tilida yoki boshqa tillarda amalga oshirilishi ham mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta‘minlanadi.
Davlat tili hamda zamonaviy Oʻzbekiston hududida keng tarqalgan va huquqiy maqomiga oʻzgartirishlar kiritilgan rus tili bilan bir qatorda hududlarda boshqa tillardan ham foydalanib kelinadi. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasida qoraqalpoq tili ham rasmiy til hisoblanadi. Fargʻona viloyatining SOʻx tumanida esa aholining aksar qismi etnik tojiklar boʻlib, u yerda tojik tilida ta‘lim olib boriluvchi 24 ta maktab, 2 ta litsey va 2 ta kasb-hunar kolleji mavjud. Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Namangan va boshqa hududlarda tojik tilidagi OAV, maktablar, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim muassasalarining boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Toshkent va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida qozoq tilida Oʻqitiladigan maktablar va oliy ta‘lim muassasalarining boʻlimlari mavjud. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida turkman tilida ta‘lim beriluvchi maktablar faoliyat koʻrsatmoqda.
Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni hisobga olgan holda, “Yuksalish” umummilliy harakati ma’lum bir tilga Oʻzbekiston hududida maxsus maqom berilishini maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi. Chetdan kirib kelayotgan har qanday xorijiy til ta‘siri ona tili va milliy madaniyatga soya solishi mumkin. Misol uchun, Shvesiyada ingliz tilidan faol foydalanish natijasida turli soha faoliyatida shved tilidan foydalanilmay qoʻyildi. Shved tili davlat tili sifatida yoʻqolib bormoqda. Mustamlakachilik tarixiga ega boʻlgan koʻplab mamlakatlarda eski mustamlaka tillari ijtimoiy hayot tili hisoblanadi, ona tili esa faqatgina uyda foydalanish va norasmiy kundalik aloqada qoʻllaniladi.
Bundan tashqari, koʻp millatli Oʻzbekistonda yuridik jihatdan ma‘lum bir tilga davlat tiliga teng boʻlgan maxsus maqom berilishi jamiyatda qandaydir darajada keskinlik, uning boʻlinishi va etnik qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Boshqa tillarni bilmaslikni yetarlicha baholamaslik zararli va progressiv rivojlanish jarayonini sekinlashishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, biz bugungi kunda zamonaviy oʻzbek tili, shu jumladan adabiy til qanday oʻzgarayotganiga guvoh boʻlyapmiz. oʻzbek tiliga chet tillardan boshqa soʻzlarning kirib kelishi, kelib chiqishi va shakllanishi chuqur ildizga ega oʻzbek tilining tarixiy ahamiyati yoʻqolib borayotganini koʻrish mumkin.
Davlatlar oldiga yoʻnalishlar va zamonaviy global jarayonlarga qoʻshilish vazifasini qoʻyayotgan mintaqalashuv va globallashuv davrida an‘anaviy qadriyatlar hamda milliy va madaniy oʻziga xoslikni saqlab qolish kabi muhim jihatlarning jamlanmasi insoniyat rivojining asosiy omili hisoblanadi.
Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, soʻzlash, aloqa-munosabat vositasi, mansub-xoslik omili boʻlgani bois hamisha jamiyat ravnaqining asosiy mezonlaridan boʻlib kelgan. Jumladan, oʻzbek tili Oʻzbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, oʻz siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati, ulkan ma‘naviy yutugʻidir. Bugungi taraqqiyotiga qadar shonli va sharafli yoʻllarni bosib, keskin va shiddatli tOʻfonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlat maqomida yanada ulugʻvor va ustuvorligini namoyon qilmoqda.
Turli darajadagi ijtimoiy munosabatlar, xalqaro aloqalar, fan-texnika taraqqiyoti, globallashish jarayonlari milliy til qiyofasiga ham muayyan darajada oʻz ta‘sirini oʻtkazmoqda, ichki va tashqi tahdidlar xavfini oshirmoqda. Shulardan biri yaqin kunlar oraligʻida munosabat-munozara maydonini egallab, keng jamoatchilikning tanqidu e‘tiroziga uchrayotgan «rus tilini ikkinchi rasmiy davlat tili sifatida e‘lon qilish» tashabbusini ilgari surgan ayrim «ziyolilar»ga ham tegishlidir.
Mamlakatda Oʻzbek tili rasmiy davlat maqomiga ega yagona til sifatida Konstitutsiya va qonunlar orqali huquqiy mustahkamlab qoʻyilganligiga ham e‘tibor qaratmasdan, ikkinchi tilni rasman tan olish jamiyatni ikkiga boʻlish, millat ajratishga olib kelishini, turli koʻrinishdagi noroziliklar sodir boʻlishini inobatga ham olmasdan bunday koʻr-koʻrona taklifni ilgari surish talab qilinayotgan ikkinchi tilni, shu til vakillarini oʻz milliy tili, milliy qadriyatlari, milliy hamiyatidan ustun qoʻyish, ustuvor koʻrishni anglatadi. Amaldagi davlat tiliga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlikni koʻrsatadi. Ushbu Oʻrinsiz va asossiz vayronkor gʻoyani bugun barcha millatsevar, vatanparvar jamoatchilik, ma‘rifat ahli keskin qoralab, oʻz milliy tiliga, Oʻzbek tilining asriy va azaliy maqom- martabasiga muhabbat-ehtiromini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli koʻrinishlarda namoyish qilmoqda. Albatta, Oʻzligini qadrlagan, oʻz millatiga daxldorligini his qilgan, milliy gʻurur va iftixorini yuqori tutgan har bir fuqaro bunday yoʻl tutishi tabiiy. Ushbu muammo sabab, bugun jamiyatning amaldagi rasmiy davlat tili boʻlgan oʻzbek tiliga munosabati yana bir elakdan Oʻtmoqda, sinovlarda toblanmoqda va qat‘iylashmoqda.
Tajribalardan ayonki, koʻp til bilish – rivojlanishning ilgʻor qonuniyati, muvaffaqiyat garovi. Ammo oʻz milliy tilingni unutish, Oʻzga tillar bilan chogʻishtirish, qorishtirish evaziga emas! Oʻzga tillarni Oʻrganish orqali taraqqiyotga erishishni yoqlab chiqqan ma‘rifatparvar jadidlar ham bu borada ehtiyotkor va mas‘uliyatli boʻlishgan. Xususan, Abdulla Avloniy Oʻz qaygʻusini
«Milliy tilni yoʻqotmak millat ruhini yoʻqotmakdur. Hayhot! Biz turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun, kundan-kun unutmak va yoʻqotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arab, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz... Zigʻir yogʻi solub moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur», - degan Oʻtli fikrlarida ta‘sirchan oshkor qilgan. Bu fikrlar ayni kunda yana ham dolzarblashmoqda.
Milliy tilga e‘tibor va ehtirom millatsevarlik, vatanparvarlik, oliyjanoblikning yorqin ifodasi. Milliy til – milliy urf-odat, qadriyatlarni, milliy ma‘naviy meros-manbalarni bilish, oʻzlashtirish, yetkazib berish, targʻib etishda,
Oʻzlikni anglash, anglatishda birlamchi vosita. Oʻz milliy tiliga muhabbati yoʻq, Oʻzga tillarga ehtiromi yuksak insonni millat vakili, vatanparvar shaxs deb atash mumkinmi? Til millatga, jamiyatga, Vatanga daxldor oliy tushuncha. Shu boisdan bu borada ehtiyotkor boʻlish, ajdodlardan meros buyuk ne‘mat ildiziga bolta urmaslik talab qilinadi.
Masalaga munosib yechim izlab olib borilgan tahliliy kuzatishlar oʻzbek tilining davlat tili maqomidagi rutbasini yanada mustahkamlash, qonuniy asoslarni kengaytirish, qat‘iylashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatadi. Nafaqat ayni shu kunlarda, balki oʻtgan yillar davomida ham millatsevar tilshunoslar, ma‘rifat ziyolilarini oʻzbek tilining rasmiy talablarini kuchaytirish, milliy martabasini oshirish, barcha soha vakillarining adabiy til me‘yorlariga amal qilishiga erishish kabi dolzarb muammolar hamisha oʻylantirib, munozaraga chorlab kelgan. Shu asoslarga tayanib, quyidagi vazifalarni kechiktirmasdan hal qilib borish talab etiladi:

  • Davlat tili toʻgʻrisidagi qonunni tahririy koʻrib chiqish va unda milliy rasmiy tilga munosabatni, adabiy me‘yor talablarini kuchaytirish;

  • davlat tili barqarorligiga toʻsiq boʻluvchi Oʻzbek alifbosi bilan bogʻliq ikkilanish muammolariga qonuniy chek qoʻyish, yozuv birligi, aholining savodxonlik darajasini oshirishga erishish;

  • Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy gʻoyani rivojlantirish konsepsiyasiga tayanib, oʻzbek tilining rasmiy maqomini mustahkamlash;

  • milliy qadriyatlarning asosiy timsoli boʻlgan oʻzbek tilining rasmiy va milliy maqomini targʻibu tashviq etuvchi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar koʻlamini kengaytirish, bu borada maqsadli, manzilli va tizimli tadbirlar tashkil qilish;

  • milliy ma‘naviy merosga muhabbat va ehtirom, avvalo, oiladan boshlanishi, oila qadriyatlar beshigi ekanligini e‘tiborga tutgan holda farzand tarbiyasida ona tilini puxta egallash, milliy tilni, qadriyatlarni avaylash, ijtimoiy daxldorlik, vatanparvarlikni shakllantirish usullari tavsiya qilingan metodik Qoʻllanmalar yaratish;ta‘lim bosqichlari, tashkilot, muassasa va korxonalarda Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilgan kun arafasidagi bayramdan tashqari jarayonlarda ham davlat tilining rasmiy talablari bilan tanishtiruvchi, mohiyatini tushuntiruvchi, milliy til ruhiyatini yuksaltiruvchi ma‘naviy-ma‘rifiy targʻibot-tashviqot tadbirlarini muntazam yoʻlga qoʻyish;

  • mamlakatning har bir fuqarosida rasmiy davlat tiliga nisbatan hurmat va ehtirom tuygʻulari barqarorligini ta‘minlash ishlarini tizimli olib borish.


Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish