Kirish
1. Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar
2. IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan O’rta Osiyolik buyuk allomalar va ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissalari
3. Fors-tojik tilidagi geografik va adabiy asarlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, hullaski, Vatanini tarixini bilishni istaydi. Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh-yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki o‘zingizga ma’lum, Sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi.1 O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-o‘zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo‘yganidan buyon o‘tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o‘zgarishlarning eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to‘plagan boy tarixiy-ma’naviy merosiga e’tiborning kuchayishi bo‘ldi. Mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan bo‘lsa-da, xalq o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini avaylab saqlab va boyitib keldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik davrida ma’naviy merosga sinfiy nuqtai nazardan yondashish oqibatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz progressiv va reaksion bloklarga bo‘lindi. Reaksion deb baholangan milliy qadriyatlarimiz, odatlarimiz va an’analarimiz qoralandi, tanqid ostiga olindi. Ko‘pgina tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi, kitoblar va qo‘lyozmalarni nashr etish, o‘rganish man etildi yoki e’tiborsiz qoldirildi. Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqimizning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Mavzuning maqsad va vazifasi. Mustaqillik yillarida xozirgi O‘zbekiston xududlarida kechgan davlatilik va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar tarixini tadqiq etish borobarida ko‘plab tadqiqotchi olimlar asarlarida antik davr muarrixi asarlariga xususan “Avesto”, Eron, Hind, Xitoy va Qadimgi Yunoniston hamda Rim manbalariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa, o‘rta asrlarda xususan rivojlangan o‘rta asrlarda kechgan ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot masalalari ko‘proq fors sayoxlari hamda mahalliy muarrixlarning asarlarida bayon etilganligi tarixchilarning asarlarida tadqiq qilindi. malakaviy ishini biz asosan rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixini o‘rganishda muxim manbalarga tayanib, arab va fors-tojik tilidagi manbalarga tarixiy-jug‘rofiy va adabiy asarlar asosida yozishga xarakat qildik. Mavzuning obyekti va predmeti Rivojlangan o‘rta asrlar davriga oid manbalarni taxlil qilishdan iborat. Rivojlangan o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda kechgan ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot masalalarining o‘sha davr tarixiy, adabiy, geografik asarlarida muarrixlar tomnidan qay tartibda yoritilganinini tadqiq qilishdan iborat. o‘zbek davlatchiligi tarixida muxim rol o‘ynagan ushbu davrdagi davlatlarning tarixini o‘rganishda muxim ahamiyat kasb etuvchi birlamchi manbalar asosan maxalliy muarrixlarning arab va fors-tojik tilida bitgan asarlarini ushbu davr tarixini yoritishda birlamchi manbalar sirasiga kirishini ochib berishga xarakat qildik. Rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixini o‘rganishdagi ushbu manbalarni tarixiy-jug‘rofiy va adabiy asarlar sifatida turkumlarga bo‘lgan xolda yoritishga xarakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |