Kirish Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan O’rta Osiyolik buyuk allomalar va ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissalari Fors-tojik tilidagi geografik va adabiy asarlar Xulosa


Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar



Download 91,71 Kb.
bet2/5
Sana21.07.2022
Hajmi91,71 Kb.
#832623
1   2   3   4   5
Bog'liq
тгкчфнще флф

1. Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar
X asrdan boshlab fors-tojik tilida xam ilmiy tarixiy asarlar yozila boshlandi. Bora-bora arab tili ilm soxasida siqib chiqarildi. XV asrga kelib Movarounnaxr tarixiga bag‘ishlangan asarlar asosan davlat tili vazifasini bajargan fors-tojik tilila yoziladigan bo‘ldi. Oldingi davrlarda arab tilida yozilgan qator tarixiy asarlar xam fors tiliga tarjima qilinar edi. Arabchadan fors tiliga o‘girilgan dastlabki tarixiy asar Narshaxiyning "Buxoro tarixi" nomli kitobi edi. Bu asar 944 yilda yozilib, 1128 yilda ibn Nasr Axmad al-Kuboviy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. U «arab tilidagi nusxada so‘zlangan keraksiz va o‘qiganda kishi tabiatida malollik orttiradigan narsalarni» qisqartirib yuborgan. Undan yarim asr o‘tgandan keyin asar yana qaytadan taxrirga uchragan. 1178-1179 yillarda Muxammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani ikkinchi marotaba qisqartirib bayon etgan. Asarning bizning zamonamizgacha yetib kelgan barcha nusxalarida 1178-1220 yillar voqealari xam bayon qilinadi. Shunga qaraganda, Narshaxiyniig "Buxoro" tarixi" kitobi uchinchi marta noma’lum muxarrir tomonidan taxrir qilinganligi va to‘ldirilganligini bilib olish mumkin. Asarning asl nusxasi va al-Kuboviy tarjimasi xamda Muxammad ibn Zufar taxrirlari bizgacha yetib kelgan1. Tarjimon Abu Nasr Axmad al-Kuboviy va muxarrir Muxammad ibn Zufar o‘z ishlariga mustaqil tus berganlar. Ular Narshaxiyni tarjima va taxrir qilish bilan bir qatorda asarni yangi manbalar asosida boyitganlar va keyingi yillar voqealari bilan to‘ldirganlar. "Buxoro tarixi" islom dini va xukmron sinflar pozitsiyasidan yozilganligi sababli mavjud tuzumga qarshi xarakatlar, jumladan Muqanna qo‘zg‘olonini qoralash pozitsiyasidan yozilgan. Biroq, shunga qaramay asarda katta tarixiy qimmatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan va ularni ilmiy ob’ektiv ravishda taxlil qilish tarix fani uchun g‘oyat muximdir. XI asrda yashab o‘tgan yirik olim va davlat arbobi Nizomulmulk asl ismi Abu Ali al-Xasan ibn (Ali ibn Xasan at-Tusiy) Saljuqiy sulton Alp Arslon xamda sulton Malikshox 1 larning bosh vaziri bo‘lgan. Nizomulmulk Saljuqiylar davlatining ijtimoiy-siyosiy xayotida katta rol o‘ynagan. U feodal tarqoqlikka barxam berish, markaziy davlat appartini mustaxkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun kurash olib bordi. Uning Nizomulmulk, ya’ni "Mamlakatni tartibga soluvchi" deb atalishi xam shu sababdan. Nizomulmulk 1092 yilda Isfaxonda Bag‘dodga ketayotganda Ismoiliylar (shia mazxabi oqimi) tomonidan o‘ldiriladi2. Nizomulmulk davlatni idora qilish masalalariga bag‘ishlangan "Siyosatnoma" asari bilan nom qoldirgan. Asar 51 bobdan iborat bo‘lib, unda markaziy davlat apparatining tuzilishi va uning moliyaviy xisob-kitob ishlari, qo‘shinning tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul qilish marosimlari xamda ularni tayyorlash va o‘tkazish tartibi, mansabdorlar faoliyati ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o‘rtaga qo‘yilgan. "Siyosatnoma"da O‘rta Osiyo tarixi xaqida xam muxim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g‘ulomlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o‘rni, Turkiston xonlari (Koraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy axvoli, Somoniylar xizmatida bo‘lgan amirlarning unvonlari, xorazmshox Oltintosh (11017-1032) bilan sulton Maxmud G‘aznaviyning vaziri Axmad ibn Xasan o‘rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari asarda karpatiylar, botiniylar xarakati, Muqanna qo‘zg‘oloni xaqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. Sharqshunos olim R. D. Zaxoderning fikricha, "Siyosatnoma"ning 43 ta bobi Nizomulmulk tomonidan so‘nggi 8 ta bobi esa qariib 20 yildan keyin uni qaytadan taxrir qilgan noma’lum olim tomonidan yozilgan. Asar bir necha xorijiy tillarga, shu jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilnib, nashr etilgan. XI asrla yashab o‘tgan yirik tarixchilardan yana biri Abulxay Gardiziy xisoblanadi. Gardiziy o‘zining "Zayn ul-axbor" ("Xabarlar bezagi') nomli asari bilan shuxrat qozongan. Asarda islomiyatdan oldingi Eron podshoxlaridan to 1041 yilgacha Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar xaqida so‘z yuritiladi. Asarda O‘rta Osiyoning turkiy axolisi xaqida Xuroson va Movarounnaxrning arablar istilosidan to XII asrgacha bo‘lgan siyosiy tarixi to‘g‘risida keng ma’lumotlar beriladi. Faxriddin Muborakshox Marvarrudiy o‘zining "Tarixi Muborakshox" nomli asari bilan mashxurdir. Asar 1206 yilda yozib tugatilgan. asar 136 bobdan iborat bo‘lib, Muxammad payg‘ambardan boshlab G‘aznaviylar va Guriylar xukmronlari davrigacha bo‘lgan voqealar bayon qilingan. Asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda Turkistonning sarxadlari va Turkistonda ishlab chiqarilgan mollar va matolar, ularning xorijiy mamlakatlarda e’tibor qozongan navlari, turk qabila va urug‘lari, ularning tili va madaniyati xaqida boy faktik ma’lumotlar keltiriladi. "Tarixi Muborakshox" asarining yagona qo‘lyozma nusxasi Angliyada saqlanmoqda. Asarning bir qismigina ingliz tilida nashr etilgan, xolos. XI asrda yashab o‘tgan tarixchi olimlardan yana bittasi Abu Fazl Bayxakiydir. Bayxakiy 19 yil davomida G‘aznaviylar davlatining devoni rassilida (xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi maxkama) dabir bo‘lib xizmat qildi va yana 11 yil davomida shu devonga boshchilik qildi. Bayxakiy "Tarixi Oli Maxmud" ("Jome’ fi tarixi Oli Sabuktakin" nomi bilan xam ma’lum) nomli 30 jildlik asar muallifidir. Lekin bizgacha bu asarning 7, 8, 9-jildlari va qisman 6, 10-jildlari yetib kelgan Bu qismlar sulton Ma’sud xukmronligi davrini o‘z ichiga olganligi bois "Tarixi Mas’udiy" aeb ataladi. "Tarixi Mas’udiy" muallif o‘zi ko‘rgan va ishonchli kishilardan eshitgan materiallar, shuningdek xukumat maxkamalarida saqlanayotgan rasmiy xujjatlar asosida yozilgan. Asar faktik materiallarga boyligi, voqealarning keng va atroflicha bayon etilishi va nixoyat zo‘r badiiy maxorat bilan yozilganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda Sulton Mas’ud davrida G‘aznaviylar imperiyasining ijtimoiy-siyosiy axvoli keng bayon etilgan. Shuningdek Safforiylar Saljuqiylar tarixiga oid, G‘aznaviylar va Xorazm davlati, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylarning o‘zaro munosabatlariga doir ma’lumotlar bor. XIII asrda o‘tgan yirik tarixchi va davlat arbobi Alouddin Otamalik Juvayniy 1226-1283 (arab, fors, mug‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal bilgan) uzoq muddat mug‘ul xukmdorlari saroyida xizmat qilgan shaxsdir. Juvayniy turli topshiriqlar bilan 3 marotaba Mug‘uliston poytaxti Koraqurumga bordi. 1259 yili u Iroq va Xozoriston xokimi qilib tayinlandi va bu lavozimda 20 yildan ko‘proq turdi. Aloiddin Otamalik Juvayniy "Tarixi jaxonkusho" nomli asar yozib qoldirgan (1260) asar Z qismdan iborat. Birinchi qismda Mug‘ul imperiyasi tarixi, ikkinchi qismda Xorzmshoxlar davlati va Xurosonning 1258 yilgachga bo‘lgan tarixi, uchinchi qismda Eronning 1256-1258 yillardagi siyosiy axvoli bayon qilinadi. Asarni yozishda muallif Bayxakiy, Faxruddin Roziy asarlaridan foydalangan. Juvayniy o‘zining Movarounnaxr, Sharqiy Turkiston va Mug‘ulistonda qilgan sayoxatlari chog‘ida yiqqan materiallaridan keng foydalangan. Eronlik boshqa bir mashxur olim Rashiduddin (1247-1318) iloxiyot, tabiiy fanlar, adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan edi1. Rashiduddin Abakaxon davrida uning shaxsiy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik G‘ozonxon va Ultoyjuxonlarning vaziri bo‘lgan. Mazkur xonlarning xomiyligi va o‘zining tadbirkorligi tufayli Rashiduddin o‘z zamonasining eng badavlat va nufuzli kishisiga aylandi. Uning 80 ming gektar yeri, 250 ming qo‘yi, 30 ming yilqisi va 10 ming tuyasi xamda boshqa boyliklari (jami 35 million dinorga teng) bo‘lgan. Rashiduddin feodal tarqoqlik va separatizm tarafdori bo‘lgan turk-mug‘ul zodagonlaridan farqli o‘laroq o‘troqlik xamda markaziy davlat apparatini mustaxkamlash tarafdori bo‘lgan. Oxiri Rashiduddin Elxoniylar saroyida fitna qurboni bo‘ldi. 1318 yilda uni Ultoyjuxonni zaxarlab o‘ldirishda ayblab qatl etdilar. Uning barcha mol-mulki musodara etildi. Tabrizdagi 60 ming boy kutubxonasi xam talon-taroj qilindi. Rashiduddin juda ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Lekin bizning zamonamizgacha uning bittagina asari - "Jome’ ut-tavorix" yetib kelgan. "Jome’ ut-tavorix" Sharq tarixnavisligida yangi an’anani boshlab bergan asardir. Rashiduddin avval o‘tgan tarixchilarning ko‘pchiligi umumiy tarix deganda faqat musulmon mamlakatlarning tarixini tushunganlar. Rashiduddin esa ulardan farqli ularoq, Umumiy tarix deganda Sharq mamlakatlari bilan bir qatorda G‘arb mamlakatlari, Xitoy xamda Xindiston tarixini xam nazarda tutgan. "Jome’ ut-tavorix" 1301-1311 yillarda G‘ozonxonning topshirig‘iga mufoviq yozilgan. Asar uch qismdan iborat: 1 mug‘ullar va ular asos solgan davlatlarning qisqacha tarixi: 2 Sharq mamlakatlari tarixi. Xitoy yaxudiylar, Rim imperiyasi, Franklar davlati va Xindiston tarixi. Asarning uchinchi kismi bizgacha yetib kelmagan. "Jome’ ut-tavorix"ning ayniqsa turk-mug‘ul xalqlari tarixini o‘z ichiga olgan qismi O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda katta axamiyatga ega. XIII asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy xayotga bag‘ishlangan boblari xam g‘oyat qimmatli ma’lumotlarga boydir. Rashiduddinning bu asari ko‘pgina tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan. Bu asar XV asrdayok o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Mug‘ullar davlati tarixi xamda mug‘ul istilosi davri Mirzo Ulug‘bekning "To‘rt ulus tarixi" nomli asarida xam o‘z aksini topgan. Bu asar kompilyativ asar bo‘lib, asosan Rashiduddin, Juvayniy va boshqa mualliflarning asarlariga tayanadi. XV asrda yaratilgan tarixiy asarlarning katta bir guruxi Amir Temur va Temuriylar davlati tarixiga bag‘ishlangan. Bunday asarlar qatoriga Nizomuddin Shomiy, Muiniddin Natanzii, Xofizi Abru, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Axmad ibn Arabshox. Mirxond, Xondamir singari tarixchilar asarlarini kiritish mumkin. Asli Tabriz shaxridan bo‘lgan Nizoimuddin Shomiy 1391 yilda Amir Temur Bag‘dodni olganida shu yerda bo‘lgan va Temur xizmatiga qabul qilingan. Nizomuddin 1404 yilgacha Temur bilan birga bo‘lib, uning xarbiy yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 1402 yilda Temur unga o‘zining tarixini aniq va sodda tilda yozishni buyurgan. Shomiy bu asarni 1402-1404 yillarda yozib tamomlagan. Asar Temurning xokimiyatga kelishidan (1370) to 1404 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga olgan. "Zafarnoma" deb atalgan bu kitobda Temurning shaxsi bir muncha ideallashtirilgan. Asar XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixni o‘rganishda muxim va ishonarli manbalardan biri xisoblanadi. Asarni yozishda muallif Temurning uyg‘ur kotiblari tomonidan yozilgan "Tarixi xoniy" nomli she’riy kitobdan, boshqa original manbalardan foydalangan. Nizomiddin Shomiyning bu asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilingan. Temur va Temuriylar davri tarixiga oid ma’lumotlar Xofizi Abruning "Majmuai Xofizi abru" va "Zubdat ut-tavorix" nomli asar-larida keltiriladi. Xofizi Abruning birinchi asarida uning Rashiduddin va Nizomuddin Shomiy asarlariga yozgan seyllari (ilovalari) e’tiborga loyiqdir. XV asrning yirik tarixchilaridan biri Sharafuddin ali Yazdiy xam Amir Temurning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan "Zafarnoma" nomli asari bilan shuxrat qozongan. Bu asar Nizomuddin Shomiyning "Zafarnoma"si asosida yuksak badiiy maxorat bilan yozilgan. Sharafuddin Nizomuddin asarida bayon qilingan voqealarni yangi manbalar asosida to‘ldirilgan, ba’zilariga aniqlik kiritadi. Uni yangi fakt va dalillar bilan boyitadi. Sharafuddinning "Zafarnoma"sida Temurning shaxsi nixoyatda yuksaltirilgan. Shunga qaramay, uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-karshiliklar va ziddiyatlar bir muncha xaqqoniy va to‘g‘ri tasvirlangan. Asarning dastlabki qismi «Mukaddimayi Zafarnoma» deb ataladi. Unda Temurgacha bo‘lgan davrda Mug‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar tarixi aks ettirilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zo‘r qimmati shundaki, unda Mo‘g‘ul imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O‘rda, Elxoniylar davlati, Chig‘atoy ulusi, shuningdek Movarounnahrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo bo‘lishigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib yuerilgan. Asarning bu qismi “Tarixi Jahongir”, yoki “Muqaddimayi Zafarnoma” nomi bilan ataladi va 1419 yili yozib tamomlangan. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki rejalariga ko‘ra, uch qism – maqoladan iborat bo‘lmog‘i, birinchi qismda Amir Temur tarixi, ikkinchi qismda Shohruh Mirzo va nihoyat, uchinchi qismda ushbu asar yozishning tashabbuskori Ibrohim Sultonning davrida o‘tgan voqealar bayon etilishi mo‘ljallangan edi. Lekin, biz hozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos. Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Ehtimol, ikkinchi va uchinchi qismlari yozilmay qolgan bo‘lsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 yili yozib tamomlangan1. Asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan Toshkentda O‘zR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma to‘rt nusxasi bo‘lib, ularning ikkitasiga (Inv. № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 1972 yili A.O‘.O‘rinboev tomonidan Toshkentda chop qilingan. Asar ikki marta o‘zbek tiliga, ingliz, fransuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim parchalar ingliz hamda rus tillarida bosilgan. “Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnahr voqealari bayoni O.Bo‘riev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili nashr qilindi. Kitob O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning ta’siri yaqqol seziladi. “Ulusi arba’-yi Chingiziy” (“Chingiziylar to‘rt ulusi” (tarixi) yoki “Tarixi arba’ ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish tashabbuskori XU asrda o‘tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shohruh Mirzoning o‘g‘li Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekdir. U 1394 yil 22 martida Amir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida, Eron Ozarbayjonida tug‘ilgan. Amir Temur saroyida hukm surgan an’anaga ko‘ra, shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim, Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi vaqt o‘tgach, 1395 yili Amir Temur Saroymulk xonim va nabirasini Shohruhga qo‘gib Samarqandga jo‘natadi2. 1398 yili Ulug‘bekka mashhur qissaxon, shoir va olim, shayx Orif Ozariy (1382-1462 yy.) muallif etib tayinlandi va u dastlabki asosiy ta’limni ana shu ajoyib shaxsdan oldi. Shahzoda Amir Temurning bar qator harbiy harakatlarida, 1399-1404 yillari Turkiya va Suriyaga qarshi o‘tkazilgan yurishda, 1404-1405 yili Xitoyga qarshi uyushtirilayotgan yurishda qatnashdi. Amir Temur 1405 yil 18 fevralda vafot etgach, Movarounnahr taxtini nabirasi Xalil Sulton zo‘rlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda Ulug‘bek otasi Shohruh xizmatida bo‘ldi. 1409 yili Xalil Sulton o‘z amirlari tomonidan asir olingach, Shohruh Xurosondan Movarunnahrga kelib, Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlandi. U 1449 yil 25 oktabrigacha bu mamlakatni boshqardi. Mirzo Ulug‘bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin u buyuk olim va ilm-fan hamda madaniyat homiysi sifatida tengi yo‘q edi. Samarqand uning davrida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Mirzo Ulug‘bek ikki yirik asar yaratdi. Biri “Ziji jadidi ko‘ragoniy” (“Ko‘ragoniyning yangi astronomik jadvali”) bo‘lib, 1437 yili yaratilgan kitobda ilmi nujumning nazariy va amaliy masalalari qamrab olingan, o‘sha davrdagi eng yuksak ilmiy jasorat hisoblangan. Olimning ikkinchi asari “Ulusi arba’-yi Chingiziy” bo‘lib, unda XIII-XIV asrlarda Mo‘g‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. Kitob 1425 yildan keyin tugallangan. “Tarixi arba’ ulus” muqaddima va to‘rt qismdan iborat. Muqaddimada o‘rta asrlarda tarixchilar o‘rtasida hukm surgan an’anaga ko‘ra, islomiyatdan avval o‘tgan payg‘ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yofas ibn Nuh va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk mo‘g‘ul qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan. Birinchi qism Ulug‘ yurt, ya’ni Mo‘g‘uliston va Shimoliy Xitoy tarixi, O‘gadayxon (1227-1241 yy.), Chingizxonning uchinchi o‘g‘li davridan to Ariq Bug‘o avlodi O‘rdoy qoon zamonigacha yuz bergan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi qismda Jo‘ji ulusi, ya’ni Oltin O‘rda tarixi, Jo‘jixondan davridan to Shohruhning zamondoshi bo‘lmish Muhammadxon zamonigacha, XIII-XV asrning birinchi choragi tarixi bayon etilgan. Uchinchi qismda Elxoniylar, ya’ni Eron hamda Ozarbayjonning XIII-XIV asrlardagi tarixidan baxs yuritiladi. To‘rtinchi qismda Chig‘atoy ulusining, Koshg‘ar, Yettisur, Movarounnahr, Shimoliy Afg‘oniston hududidagi XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni ham aytish kerakki, muallif mazkur ulusda hukmronlik qilgan har bir hukmdor xon ustida qisqa va alohida-alohida to‘xtalib, ularning davrida sodir bo‘lgan voqealardan eng muhimlarini yuayon etgan. “Tarixi arba’ ulus” asarining ayrim qismlari, xususan uning to‘rtinchi qismi, ko‘p jihatdan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimayi Zafarnoma”siga o‘xshab ketadi. Lekin Ulug‘bek asari birmuncha mukammaldir. Bundan tashqari, unda to‘rt ulus o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, “o‘zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tahririning to‘rt mo‘tabar qo‘lyozmasi yuizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va to‘rtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838 yili Mayls tomonidan Angliyada chop etilgan. O‘zbekcha tarjimasi B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar bajarilib, 1994 yili Toshkentda chop etildi. “Tarixi arba’ ulus” Markaziy Osiyo, O‘zbekiston va Qozog‘istonning XIII-XIV asrlardagi tarixini, ayniqsa Chig‘atoy ulusi tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biri vazifasini o‘tashi mumkin. Asrlar davomida shakllangan an’anaga ko‘ra XVI-XIX asr tarixiga doir juda ko‘p asar xamon fors-tojik tilida yozilgan edi. Bu tilda yozilgan asarlar nixoyaatda ko‘p bo‘lib, ular xonliklar tarixi xar tomonlama teran yoritilgan. Fors-tojik tilida yozilgan tarixiy asarlar katta guruxi Muxammad Shayboniyxon istilolariga bag‘ishlangan. Bu asarlar Mulla Shodiy Kamoliddin Binoiy Fayzullox Ibn Ro‘zbexon va boshqalar qalamiga mansubdur. Mulla Shodiyning 1502 yilda ta’lif etgan «Fatxnoma» asarida Muxammad Shayboniyxon tavvaludidan 1451 to uning Samarqand shaxrini istilo qilishgacha bo‘lgan davrda Dashti Qipchoq Xorazm va Movoraunnaxrda sodir bo‘lgan voqealar taxlil etgan. Asarda Shayboniyxon askarlarining Movorounnaxr viloyatida qilgan yovuzliklari xaqida qimmatli ma’lumotlar bor. Asar xozirga qadar bironta tilga tarjima qilinmagan va nashr etilmagan. Asarning qo‘lyozma nusxasi Dushanbe, Toshkent va boshqa shaxarlardagi kutubxonalarda bor. Toshkentdagi Sharqshunostlik institutida saqlanayotgan nusxasi nodir xisoblanadi. Bu nusxa XVI asrda ko‘chirilgan ajoyib mintaqalar bilan bezatilgan 1501 yilda umrining oxirigacha shayboniyxonlar saroyida xizmat qilgan istedodli shoir va tarixchi Kamoliddin Binoiy u 1512 yilda Qarshi shaxrini qizilboshlardan mudofaa qilishda qatnashgan va jangda xalok bo‘lgan «Shayboniynoma» nomli asari muallifidur. Bu asar 1505-1507 yillar orasida yozilgan bo‘lib, Shayboniyxonning tug‘ilishidan to ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan Movorounnaxr va Xorazmni bo‘ysindirishgacha qadar Dashti Qipchoq xamda O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Binoiyning «Shayboniynoma»si xozircha nashr etilmagan. Xorazmlik tarixchi Muxammad Yusuf Bayoniyning bu asarni o‘zbekchaga qilgan tarjimasi xam mavjud. Asli Eronlik bo‘lgan yirik olim Fazlullox ibn Ruzbexon Shayboniyxon va Ubaydullaxon saroyida xizmat qilgan va ko‘pgina asarlar yozib qoldirgan. Tarixchilar uchun uning «Mexmonnomayi Buxoro» nomli asari qadrlidir. Bu asar Shayboniyxonning 1509 yilda qozoq sultonlari Jonish sulton, Axmad sulton va boshqalarning ulusiga qilgan bosqinchilik yurishi tarixini bayon etadi. Ruzbexon bu yurishda shaxsan ishtirok etgan, ro‘y bergan voqealarning ko‘pini o‘z ko‘zi Bilan ko‘rgan, ba’zilarni esa xon va uning yaqin kishilaridan eshitgan. «Mexmonnomayi Buxoro» asarining ikkita qo‘lyozma nusxasi mavjud bo‘lib, ular Turkiyadagi «Nuri Usmoniya» kutubxonasida va Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi. Toshkentdagi nusxasi avtografdir. Asarning forscha matni Texronda (1962) va qisqartirilgan ruscha tarjimasi Toshkentda (1976) nashr etilgan. Fors-tojik tilida ijod etgan yirik tarixchi olimlardan Yana biri Xondamirdir. (1475-1535). Uning otasi Temuriy Sulton Muxammad mirzoning vaziri bo‘lgan. Ona tomonidan Xondamir yirik tarixchi olim Mirxondning nabirasidir. Xondamir turli Temuriy xukmdorlar saroyida xizmat qilgan. Hayotining so‘nggi davrida Bobur va Xumoyun xuzurida xizmatda bo‘ldi va va vofotidan so‘ng Dexli shaxrida Dafn etildi. Xondamir o‘nga yaqin asar muallifidir. Uning tarixiy asarlar orasida «Xabib us-siyar» («Do‘stning tarjimayi xoli») aloxida o‘rin tutadi. «Xabib us-siyar» asari umumiy tarix tipida yozilgan bo‘lib, muqaddima, 3 jild va xotimadan iborat. Xar bir jild 4 qism (juz)ga bo‘linadi. 3-jildning III va IV juzlari original bo‘lib, Xuroson va Mavorounnaxrning XV asrning 90 yillaridan 1524 yilgacha bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy axvolni chuqur va atroflicha bayon etadi. «Xabib us-siyar»ning forscha matni Bombey (1857) va Texronda(1954) nashr etilgan. Mashxur tojik adibi Zaynuddin Vosifiy (1485-1551) o‘zining «Badoe’ ul-vaqoe’» nomli asari bilan shuxrat qozongan. Bu memuar asarda 1512-1532 yillar orasida muallifning Xuroson va Movarounnaxrda ko‘rgan-kechirganlari zo‘r maxorat va yuksak san’at Bilan bayon etiladi. XVI asr yirik tarixchilaridan biri Mirzo Muxammad Xaydar (1500, Toshkent-1551, Kashmir) «Tarixiy Rashidiy» nomli asar muallifidir. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Mo‘g‘iliston xonlari tarixi Tug‘luq Temur xukmronligi boshlanishidan to Abdurashidxonning taxtga chiqishigacha, 1348-1533, ikkinchi qismida esa xotira tarzida Qoshg‘ar, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Shimoliy Xindistonda XVI asrning birinchi yarmida sodir bo‘lgan voqealar bayon qilinadi1. Eronlik tarixchi Xasanbek Rumlu (XVIasr) o‘zining 12 jilddan iborat «Axsan at-tavorix» asarining original qismi bo‘lgan so‘nggi jildida Eron va qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘rta Osiyoning 1495-1577 yillardagi siyosiy tarixini bayon etadi. Asarda Bobur va shox Ismoilning Shayboniylarga qarshi ittifoqi, Eron va Shayboniylar o‘rtasida Xuroson uchun olib borilgan kurash va boshqa masalalar keng yoritilgan.


Download 91,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish