3. Fors-tojik tilidagi geografik va adabiy asarlar
XI asrning yirik tilshunos olimlaridan biri Maxmud Qoshg‘ariydir. Asl ismi: Maxmud ibn al-Xusayn ibn Muxammad al-Koshg‘ariy. Xayoti va ilmiy faoliyati bilan atroflicha shug‘ullangan olimlar (A. N. Kononov, A. Rustamov, Muallim Rif’at, X. Xasanov va b.)ning fikricha, Maxmud Koshg‘ariy Koraxoniylar xizmatida bo‘lgan nufuzli turk beklaridan birining oilasiga mansub bo‘lib, taxminan 1029—1038 yillar orasida Barsxonda tug‘ilgan, lekin umrini ko‘p qismini Bolosog‘un, Koshg‘ar, Bag‘dod va boshqa shaxarlarda o‘tkazgan. Maxmud Koshg‘ariy yoshligida yaxshi ma’lumot olgan va o‘rta asr fanlarining ko‘p soxalarini, arab tili, turkiy tillar, tarix xamda geografiya fanlarini chuqur egallagan. U O‘rta Osiyo, qadimgi Uzbekiston va Eronga sayoxat qilib, bu mamlakatlarning bir talay yirik shaxarlarida bo‘ldi; ularning mashxur kishilari(olimlari va shoirlari) bilan tanishdi, suxbatlashdi. Bu olimning bilimini nazariy va amaliy jixatdan birmuncha boyitdi1. Maxmud Koshg‘ariy o‘zining turkiy tillarga bag‘ishlanlangan muxim asari bilan shuxrat topdi. Bulardan biri «Javoxir an-naxv fi lug‘at at-turk» («Turk tili sintak-asoslari») nomi bilan ma’lum. Afsuski, bu muxim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan. Olimning ikki asari ilmiy jamoatchilikka kup vaqtlardan beri ma’lum va mashxur bo‘lgan. Uning ikkinchi asari bu -«Devoni lugatit at-turk» asaridir. Bu asari turkiy xalqlarning tili, shevalari, shuningdek ularning etnik tarkibini o‘rganishda muxim manba xisoblanadi. «Lugat»ning tarix fani uchun axamiyati shundaki, unda turkiy qabilalar-bijanak, qipchok, ukuz, boshqird, yabogu, tatar, qirg‘iz, chigil, yagmo, uyg‘ur va boshqalarning turar-joylari xamda ijtimoii-siyosiy xayotda tutgan o‘rni atroflicha ko‘rsatib berilgan. Asarda turklarning madaniy-maishiy, iqtisodiy xayotiga doir juda ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, ayollar va erkaklarning kiyinishlari, ayollarning qanday bezangani, xalkning urf odatlari, bolalarning uyinlari to‘g‘risidagi malumotlarni olish mumkin. Asarda turklarning kasbu-kori, taomlari, xar-xil ichimliklar tayyorlash texnologiyasi, tabobatchilikka doir materiallari xam bor. Xullas. "Devonu lugat at-turk" boy etnografik ma’lumotlari bilan tarixchilarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Mashxur tarixchi, biograf va sayyox as-Sam’oniy (XII asr) mashxur Marvlik olimlar sulolasiga mansubdir. Sam’oniyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan "Kitob al-Ansob" aloxida o‘rin tutadi. Bu asarda O‘rta Osiyoning tarixi, madaniyati va tarixiy geografiyasiga oid muxim va qiziqarli faktlar keltiriladi. Kitobda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarda, ko‘proq Eron va Movarounnaxrda o‘tgan mashxur kishilar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi2. XI asrning so‘nggi choragi va XII asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan Nizomi Aruzi Samarqandiy bo‘lib, o‘z davrining adibi, shoiri va adabiyotshunos olimi bo‘lgan. Xayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma’lumotlar quyidagicha: xaqiqiy ismi: Najmiddin Axmad ibn Umar ibn Ali; asli Samarqandlik. Otasi bir paytlar Saljuqiy Alp Arslonning xizmatida bo‘lgan Nizomi Aruzi Samarqandiy taxminan XI asrning 90-yil larida tug‘ilgan; 1116—1119 yillari Sulton Sanjar (111-1157 yy.) saroyida Nishopurda xayot kechirgan, keyincha Fyp va Bomiyon (Afgonistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar)da xukm yuritgan Shansabiylar (IX-X asrlar) xizmatiga kirgan va umrining oxirigacha o‘sha yerda kun kechirgan. Nizomi Aruzi Samarqandiy etik-didaktik mavzuda yozilgan «Majmu’ al-g‘aroib» («Ajoyibotlar majmuasi») yoki «Chor maqola» nomi bilan mashxur bo‘lgan asar muallifidir, Asar 1156—1157 yillarda yozilgan. «Chor maqola» to‘rt qismdan iborat: 1) dabirlar (kotiblar) va dabirlik xunari xaqida; 2) she’riyat ilmi va shoirlarning qadr-qiymati xususida; 3) sayyoralar xaqidagi ilm va munajjimlar xaqida; 4) tibb (meditsina) ilmm va tabiblarga pand-nasixatlar. Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o‘rtasida 1141 yilning 9 sentabrida Samarqand atrofida bo‘lgan urush, Qoraxitoylar bilan Xorazm, shuningdek Sulton Maxmud Gaznaviy bilan Movarounnaxr xukmdori Qoraxoniy Bug‘raxon Muxammad (1033—1056 yillar atrofida vafot etgan) o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining umumiy axvoli xaqida qiska, lekin qimmatli ma’lumotlar keltirilgan1. «Chor maqola»ning ikkinchi qismida xam muxim ma’lumotlarni uchratamiz. Mashxur forsiyzabon shoirlar Rudakiy (taxm. 860-941 yy.), Farruxiy (1038 yili vafot gan), Firdavsiy (taxminan 940—1020—1030 yillar orasi) larning xayotiga oid, shuningdek, Bodxizning tabiiy sharoiti, masalan u yerda bo‘lgan 1000 ga yaqin koriz, uzumning 120 navi, Qoraxoniylar davrida Movarounnaxrning adabiy va madaniy xayotiga oid axborotlar shular jumlasidandir. Uchinchi qismda Abu Rayxon Beruniy va Umar Xayyomning (taxm. 1048-1123) xayoti (Nizomi Aruzi Samarqandiy u bilan yaqindan tanish bo‘lgan) bilan bog‘liq. ma’lumotlar berilgan. To‘rtinchi qismda o‘zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) Buxoro va Xorazmdagi ilmiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni uchratamiz. Xullas, Nizomi Aruzi Samarqandiyning mazkur asari O‘zbekistonning X—XI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayotini o‘rganishda ma’lum axamiyatga ega bo‘lgan manbalardan biri xisoblanadi. Chor maqola»ning forsiycha matni 1910 va 1955—1957 yerda Eronlik sharqshunos olimlar Mirzo Muxammad-Kazviniy xamda Muxammad Muin tomonidan Chop qilingan. Asar ingliz (1921 y.) hamda rus (1963 i.) tillariga ham tarjima qilingan. XI asrning birinchi yarmida o‘tgan yirik tarixshunos olimlardan biri bu- Gardiziydir. Uning to‘la ismi: Abu Sa’id Abdulxay ibn Zaxxok ibn Maxmud Gardiziy. G‘aznaga (Afg‘oniston) tobe bo‘lgan va uning sharqiy tarafida joylashgan Gardiz qishlog‘ida tug‘ilgan. Xayoti va faoliyatiga oid boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Gardiziy o‘z zamonida xam, keyin xam shuxrat topgan tarixchilardan. Unga bunchalik zo‘r shuxrat keltirgan narsa uning «Zayn ul-axbor» («Tarixlar bezagi») nomli katta kitobi bo‘ldi. Asar 1049-1050 yillar orasida yozib tamomlangan va G‘aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049-1053 yy.) taqdim etilgan.«Zayn ul-axbor» asosan kadim zamonlardan (islomiyatdai avval o‘tgan kadimgi Eron podsholari zamonidan to 1041 yilgacha, ya’ni G‘aznaviylardan Sulton Mavdud (1041—1051 yy.) bilan Sulton Muxammad (1030-1031; ikkinchi marta 1041 i.) o‘rtasida, ya’ni 1041 yili Dinovorda bo‘lgan urushgacha Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar xaqida xikoya qiladi. Asarda ayniqsa Xurosonning arab istilosidan 1041 yilgacha bo‘lgan tarixi boshqa asarlarga qaraganda kengroq yoritilgan. Gardiziy mazkur asarini yozishda yuqorida zikr etilgan as-Sallomiyning «Kitob fi axbor vuloti Xuroson», al Jayxoniyning «Ajoyib al-buldon», shuningdek, ibn al Asir xamda ibn Xalliqon asarlaridan xam foydalangan. «Zayn ul-axbor» rumliklarning madaniyati (dar mari fati rumiyon), turli xalqlarning diniy marosimlarini yil xisoblari, O‘rta Osiyoning turkiy axolisi va Xindiston xaqida degan boblardan iborat. Asarning turli xalqlapning (musulmonlar, yaxudiylar, xristianlar va b.) diniy marosimlari va yil xisoblari xamda Xindiston xaqida boblari Abu Rayxon Beruniy asarlari, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning turkiy axolisi xaqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbeh, Jayxoniy hamda ibn Mukaffa asarlariga tayanib yozilgan. Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O‘rta Osiyoning arablar istilosidan to XI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan siyosiy tarixini o‘rganishda muxim o‘rin tutadi. Asarning forscha matni Eronlik sharqshunos olimlar Mirzo Muxammadxon Kazvaniy (1937 y.), Muxammad Nozim (1928 y.) xamda Sayd Nafisiy (1954 y.) tomonidan chop etilgan. To‘la nashri 1969 yili Texronda chop etildi. Uning turkiy xalklar xaqidagi bobi rus tilida V. V. Bartold tomonidan 1900 yili nashr qilingan. «Zayn ul-axbor»ning A. K. Arende tomonidan amalga oshirilgan rus tilidagi tarjimasi 1991 yilda Toshkentda chop etildi. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048). U tabiiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha 150 dan ortiq asarlar yaratib, asosan tabiiy fanlar sohasida ulkan kashfiyotlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, o‘zining ijtimoiy fan, ayniqsa tarix to‘g‘risidagi chuqur bilimlarini “Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) hamda “Hindiston” yoki “Kitab tahqiq molil-Hind min manqula fi-l-aql va-l-marzuma” (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarining tadqiq etish”) va “Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm” (“Xorazm haqidagi axborotlar haqida suhbatlar”) nomli asarlari bilan tarix va madaniyat tarixiga katta hissa qo‘shdi. Ayniqsa, bo‘lg‘usi tarixchilar uchun “Osor ul-boqiya” har tomonlama namuna bo‘ladigan qimmatli manbadir. Asar 1000 yili Jurjon shahrida Yozib tamomlangan. “Yodgorliklar” faqat o’tgan asrning buyuk yodgorligi emas, balki hozirgi kunning ham qimmatbaho boyligidir. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”ning arab tilidagi nusxasi birinchi marta nemis sharqshunos olimi Eduard Zaxau (1845—1930 ) tomonidan 1878 yili Leypsigda izohlar bilan chop etilgan. Bir yildan keyin Zaxau asarning ingliz tilidagi tarjimasini Londonda nashr etdi. Tarjimaga Beruniyning tarjimayi holi va izohlar ilova qilingan. Bu bilan Zaxau “Yodgorliklar”ni o’rganishga keng yo’l ochib berdi. Zaxauni nashr etgan arabcha nusxasi va ingilizcha tarjimasi XVII- XVIII asrlarda ko’chirilgan to’rtta qo’lyozma asosida amalga oshirilgan edi. Bu nusxalarning hammasi deyarli bitta qo’lyozmadan ko’chirilgan bo’lib, ularda juda ko’p tushub qolgan joylar bor. Bu o’rinlarni to’ldirish uchun “Yodgorliklar”ning yangi nusxalarini topish zarur edi1. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko‘ra ushbu hayit kunlari podshoh va raislar o‘zlari uchun marosimlar o‘tkazganlar hamda ular orqali nafslarini sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor bo‘lganlar, o‘z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va kambag‘allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan qutqaruvchi sabablarning biri bo‘lgan. Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan. Bayramlarning eng ulug‘i Navro‘z hisoblanib, u deyarli hamma xalqlarda nishonlangan. Olimning yozishicha ushbu bayramning nishonlanish sabablari turli xalqlarda turli xil afsonalar bilan bog‘langan. Qadimgi Eron afsonalariga ko‘ra quyosh bilan farishtalar shu kuni yaratilgani va ushbu kun hayotning birinchi kuni hisoblangani uchun podshohlar ham bu kunni ulug‘laganlar. Eron afsungarlari esa “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin uch qoshiq asal yalab, uch bo‘lak mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi” deb hisoblashgan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasini o‘rganishda ham muhim va birinchi darajali manba hisoblanadi. Ammo bu asar olim uchun yot bo‘lgan sof arab tilida yozilganligi, hamda arab imlosi bo‘yicha qisqa unli tovushlari ko‘pgina hollarda belgilanmaganligi uchun ham mavjud tekstlarda bu oylarning nomlari juda buzib berilgan. Asaring 1968 yilgi o‘zbek tilida chop etilgan nusxasida yozilishicha, mavjud materiallar bo‘yicha ularni to‘g‘ri talaffuzini aniqlash imkoni bo‘lmagan2. Shuning uchun ham kitobda oy, kun nomlari shartli ravishda yozib ko‘rsatilgan. Shubhali o‘rinlarda esa unli tovushlar o‘rniga chiziqcha yoki umuman undosh harflarni yozish bilangina kifoyalanilgan1. Asarda qadim xalqlarning taqvim sistemalari, ulardagi ba’zi muammolar va ularning hal qilinish yo‘llari to‘g‘risida ham bir qancha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Olim asarni yozar ekan, barcha xalqlar sistemasida bir yil 12 oydan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, u yozadi: “Xudo osmon va yerni yaratgan kundan beri oylar soni 12 ta Xudoning kitobida shu”. Eron taqvimi ham xuddi shu tartibda: bir yil 12 oydan, kunlar majmui 365 kundan iborat bo‘lgan. Asarda keltirilishicha har 120 yilda yil oylari 13 ta bo‘lib, bu yil “kabisa yili” deb, ortiqcha oy kunlarini esa qolgan navbatdagi oylar (kunlari) nomi bilan ataganlar. 912-yili asarning ikkita ancha qadimgi qo’lyozmasi topildi. Ulardan bittasi Tehrondagi rus diplomatik vakolatxonasining vakili L. Bagdanov tomonidan qo’lga kiritildi. Hozir bu qo’lyozma Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankpetrburg bo’limida saqlanmoqda. Bu nusxa 1219-1220 yillarda ko’chirilgan bo’lib “Yodgorliklar”ning eng qadimgi qo’lyozmasi hisoblanadi. Ikkinchi qo’lyozma Istanbulda topilgan va hozir Istanbul xalq kutubxonasida saqlanmoqda. Zaxau nashr etgan arabcha nusxa asosida 1943-yili “Yodgorliklar” Eron sharqshunosi Akbar Dono Sirisht Sayrafiy tomonidan fors tiliga tarjima qilindi. Nenis olimlari K. Garbers va I. Fyukk Zaxau matnining tushib qolgan o’rinlarini Istambul nusxasi asosida to’ldirilib, 1952-yili qo’shimcha nashr etdilar. K. Garbers va I. Fyukklarning qilgan nashrini 1959-yili A.B. Xolidov tomonidan rus tiliga tarjimasi bilan qo’shib nashr etildi. Abu Rayhon Beruniy o’z ijtimoiy qarashlari aks ettirilgan maxsus asar qoldirmagan. Ammo, shunga qaramay, olimning ko’pgina qomusiy asarlarida faqatgina qimmatli tarixiy ma’lumotlar keltirilmagan, balki muallif ishning borishiga qarab u yoki bu ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining nuqtayi nazarini e’tirof etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Bu uning ijtimoiy qarashlari to’g’risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Beruniy ilmiy faoliyatining dastlabki davridanoq ijtimoiy – tarixiy masalalarni zo’r qiziqish bilan o’rgana boshladi2. Masalan “al- osor al- boqiya” asaridan ilgari, Beruniyning o’zi e’tirof etishicha, “ Oq kiyimliklar ” va qarmatiylar xabarlari haqida kitob” nomli asarlarini yozgan. Mazkur asar o’rta asr sharqida eng ilg’or, taraqqiyparvar ijtimoiy harakatlardan biri bo’lgan qarmatiylarga bag’ishlangan. Beruniy shuningdek, xorazm tarixiga oid maxsus asar yaratgan. Bayhaqiy undan parcha ham keltirgan. Afsuski, uning tarixiy - ijtimoiy masalalarga oid maxsus bu va boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan. Lekin ularning tematikasining o’ziyoq Beruniyning qiziqish doirasini ifoda etadi. Tadqiqotlar natijasida tarixchilar shuni aniqlashdiki, Abu Rayhon Beruniy o’z davrining yirik siyosiy arbobi ham bo’lgan. To’gri, Beruniy Farobiy kabi o’zining ijtimoiy qarashlari bo’yicha bir butun yaxlit ijtimoiy ta’limot yaratmagan. Biroq uning fikr mulohazalari va umumlashmalari shuning uchun ham qimmatliki, olimning fikrlari, bir tomondan, O’rta Osiyo, qadimgi yunon va hind mutafakkirlarining ilg’or ananalarini ijodiy rivojlantirgan bo’lsa, Ikkinchi tomondan, yetukligi va tafakkur doirasining kengligidan dalolat beradi. Garchand qur’ondan misollar keltirgan bo’lsa ham Beruniy fikrlarining mazmuni tarixiy xolislik va aniqlikka asoslangan. Davrning o’ziga xos xususiyati, o’sha davrdagi ijtimoiy shart – sharoit dinni ijtimoiy hayotning turli sohasiga kirishiga, diniy aqidalarga rioya qilishga majbur qildi. Beruniy tomonidan “sabablarning sababi” – inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qo’yilishi diqqatga sazovordir, “Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri bu bashariyatning boshlanishidir. Kitob ahllari bo’lmish yahudiylar, xristianlar, otashparastlar va boshqa xalqlar orasida bashariyatning boshlanishi va uning tarix boshi qilib olinishi xususida shunday ixtiloflar borki, tarixlar haqida bu kabi xilma- xillik bo’lishi mumkin emas. Beruniy inson va kishilik jamiyati xudo tomonidan yaratilgan degan afsonani chuqur tahlil qilib, quyidagi xulosaga keladi: “Yaratilishning boshlanishi va o’tmish asrlar ahvoli orqali bilinadigan har bir narsa uydirma gaplar va afsonalar bilan qorishgandir, chunki bu ishlar juda uzoqda qolib biz bilan ular orasida ko’p zamon o’tib ketgan”. Bu yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo’lishi haqida “Ratsionalizm” pozitsiyasida turganini ko’ramiz. U bu voqealar sodir bo’lgan davr noma’lum, bu haqda olim ega bo’lgan ma’lumotlar mazkur savolni yechishga yetarli emas deb biladi; bunday pozitsiyada turishning o’zi Beruniyning bu masalaga tabiiy ravishda yondashganligidan dalolat beradi. Ana shu nuqtai nazardan u payg’ambarlar va muqaddas kitoblarda inson qanday yaratilganligi to’g’risidagi rivoyatlarni rad etgan. Olamning mavjudligi mavzusiga kelganda Beruniy ehtimol u bir necha ming million yillardan beri mavjud bo’lgandir, degan taxminlarni aytgan. Unda qadimgi O‘rta Osiyo, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlarning islomiyatgacha bo‘lgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni hisoblash taqvim-xronologiya to‘g‘risida mukammal ma’lumot beradi. Ushbu asarning XIV asrda yaratilgan mo‘‘tabar qo‘lYozmasiga nodir rasmlar ishlangan va bu noyob san’at obidasi SHotlandiya poytaxti Edinburg shahri universiteti kutubxonasida 161 raqam ostida saqlanmoqda. “Osor ul-boqiya”ning ruscha va o‘zbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 1968 yillari chop etildi. Kitob Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur. Biz asar to‘g‘risida ortiqcha ma’lumotlarni keltirmadik, chunki bizning vazifamiz qimmatli Yozma manbalar to‘g‘risida umumiy tushuncha, bilim va yo‘nalish berishdir. Ushbu kitob to‘g‘risida talabalar mustaqil ish jarayonida yoki laboratoriya ishi jarayonida chuqurroq va keng bilimga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, uning ayrim lavhalari – parchalari Abulfazl Bayhaqiyning 1056 yili Yozib tamomlangan “Tarixi Bayhaq” va Yoqut Hamaviyning “Mo‘‘jam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan. “Kitob ul-ansob” (“Nasablar haqida kitob”) nomli asarning muallifi mashhur giograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa’id Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy (1113-1167 y.)dir. U Marvda yirik qonunshunos olim oilasida dunyoga keldi, Marv, Buxoro hamda Samarqandda tahsil ko‘rdi, 1155-1156 yillari Movarounnahr va Xorazm bo‘ylab sayohat qildi, ma’lum muddat Nishopur, Isfahon, Bag‘dod, Xalab, Damashq hamda Quddus (Ierussalim) shaharlarida hayot kechirdi. Sam’oniy “Kitob al-ansob”dan tashqari yigirma jildlik “Marv tarixi” nomli asarning ham ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha etib kelmagan qo‘rinadi. Taxminlarga ko‘ra, bu muhim asar Chingizxon yurishlari vaqtida kuyib ketgan bo‘lishi mumkin, chunki o‘shanda Marvning eng katta va boy kutubxonasi bilan birga Sam’oniylar xonadoniga tegishli bo‘lgan ikki yirik kutubxona ham (Yoqut Hamaviy Sam’oniylar kutubxonasini ko‘rganligini aytadi) yonib ketganligi taxmin qilinadi. Bizgacha olimning faqat “Kitob al-ansob” asarigina etib kelgan. Beruniy suyangan tamoyillardan biri manbadir. Beruniy bu o‘rinda islom manbalari bilan birga, “kitob ahllari”ning, turli din arboblarining so‘zlari, ular keltirgan rivoyatlarning ishonchliligini ta’kidlamoqda. Chunki yozma manbalarda saqlangan rivoyatlar, qaysi diniy oqimga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, ishonchli. Jumladan, Beruniy yana bir “kitob ahllari” – zardushtiylar davridan davom etib kelgan mehrjon va Navro‘z bayramlari to‘g‘risida so‘z yuritganda, bu bayramlar bilan bog‘liq rivoyatlarning O‘rta Osiyodan tashqarida – arablarda joriy etilishiga oid qiziq rivoyatlarni bayon qiladi. Har ikkala bayramni tarixda podshohlar tomonidan o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlarni Beruniy hikoya qilar ekan, bu prinsipni hukmdorlar o‘zgartirishga jur’at qilmaganlari sababiga dalillar keltiradi. Azaldan davom etib kelgan odatlarni o‘zgartirish - xalqlarning o‘tmishdagi udumlariga qarshi borish ekanini Beruniy hukmdorlar tilidan bayon etadi. Bu haqdagi rivoyatlar orqali Beruniy hamma xalqlar yaratgan udumlar, inonchlar muqaddas va ularni hurmat qilish zarur ekanini uqtiradi. Beruniy bu rivoyatlarni ishonchli manbalardan keltiradi. Najmuddin Abu Xafs Nasafiy. Yirik tarixchi, geograf olim, tilshunos va faqix.. To‘la ismi: Najmuddin Abu Xafs Umar ibn Muxammad ibn Axmad ibn Luqmon an-Nasafiy (1058-1142 yy.). Nasafiy musulmon qonunshunosligiga oid «Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiyot» («Kelishmovchiliklar haqdsa an-Nasafiyning she’riy asari»), «Aqoid an-Nasafiy» («(Islom) aqidalariga an-Nasafiy sharxi») shariat yo‘l-yo‘riqlari va «Kur’on» sharhiga bag‘ishlangan «Al-yavoqit fi-l-mavoqit» («Kulay vaqtlar xususida yokutlar»), «Zal-lat al-qoriy («Qorilarning xatolari xaqida»), shuningdek tasavvufga oid «Risolayi Najmiya» («Najmuddinning risolasi») kabi asarlar muallifidir.Lekin, Nasafiyning biz uchun eng muxim asari uning «Kitob ul-kand fi tarixi Samarkand» («Samarkand tarixi xaqida kand kitob») asaridir. U «Kitob ul-kand fi ma’rifati ulamoyi Samarkand» («Samarqand olimlarini tanish borasida kand kitob») nomi bilan xam mashhur. Mazkur asarda O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi, uning arab istilochilari tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori atiqalari haqida ma’lumot keltirilgan. XI asrning birinchi yarmida o‘tgan yirik tarixshunos olimlardan biri bu- Gardiziydir. Uning to‘la ismi: Abu Sa’id Abdulxay ibn Zaxxok ibn Maxmud Gardiziy. G‘aznaga (Afg‘oniston) tobe bo‘lgan va uning sharqiy tarafida joylashgan Gardiz qishlog‘ida tug‘ilgan. Xayoti va faoliyatiga oid boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Gardiziy o‘z zamonida xam, keyin xam shuxrat topgan tarixchilardan. Unga bunchalik zo‘r shuxrat keltirgan narsa uning «Zayn ul-axbor» («Tarixlar bezagi») nomli katta kitobi bo‘ldi. Asar 1049-1050 yillar orasida yozib tamomlangan va G‘aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049-1053 yy.) taqdim etilgan. «Zayn ul-axbor» asosan kadim zamonlardan (islomiyatdai avval o‘tgan kadimgi Eron podsholari zamonidan to 1041 yilgacha, ya’ni G‘aznaviylardan Sulton Mavdud (1041—1051 yy.) bilan Sulton Muxammad (1030-1031; ikkinchi marta 1041 i.) o‘rtasida, ya’ni 1041 yili Dinovorda bo‘lgan urushgacha Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar xaqida xikoya qiladi. Asarda ayniqsa Xurosonning arab istilosidan 1041 yilgacha bo‘lgan tarixi boshqa asarlarga qaraganda kengroq yoritilgan. Gardiziy mazkur asarini yozishda yuqorida zikr etilgan as-Sallomiyning «Kitob fi axbor vuloti Xuroson», al Jayxoniyning «Ajoyib al-buldon», shuningdek, ibn al Asir xamda ibn Xalliqon asarlaridan xam foydalangan. «Zayn ul-axbor» rumliklarning madaniyati (dar mari fati rumiyon), turli xalqlarning diniy marosimlarini yil xisoblari, O‘rta Osiyoning turkiy axolisi va Xindiston xaqida degan boblardan iborat. Asarning turli xalqlapning (musulmonlar, yaxudiylar, xristianlar va b.) diniy marosimlari va yil xisoblari xamda Xindiston xaqida boblari Abu Rayxon Beruniy asarlari, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning turkiy axolisi xaqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbeh, Jayxoniy hamda ibn Mukaffa asarlariga tayanib yozilgan. Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O‘rta Osiyoning arablar istilosidan to XI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan siyosiy tarixini o‘rganishda muxim o‘rin tutadi1. Asarning forscha matni Eronlik sharqshunos olimlar Mirzo Muxammadxon Kazvaniy (1937), Muxammad Nozim (1928 i.) xamda Sayd Nafisiy (1954 i.) tomonidan chop etilgan. To‘la nashri 1969 yili Texronda chop etildi. Uning turkiy xalklar xaqidagi bobi rus tilida V. V. Bartold tomonidan 1900 yili nashr qilingan. «Zayn ul-axbor»ning A. K. Arende tomonidan amalga oshirilgan rus tilidagi tarjimasi 1991 yilda Toshkentda chop etildi. Najmuddin Abu Xafs Nasafiy. Yirik tarixchi, geograf olim, tilshunos va faqix.. To‘la ismi: Najmuddin Abu Xafs Umar ibn Muxammad ibn Axmad ibn Luqmon an-Nasafiy (1058-1142 yy.). Nasafiy musulmon qonunshunosligiga oid «Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiyot» («Kelishmovchiliklar haqdsa an-Nasafiyning she’riy asari»), «Aqoid an-Nasafiy» («(Islom) aqidalariga an-Nasafiy sharxi») shariat yo‘l-yo‘riqlari va «Kur’on» sharhiga bag‘ishlangan «Al-yavoqit fi-l-mavoqit» («Kulay vaqtlar xususida yokutlar»), «Zal-lat al-qoriy («Qorilarning xatolari xaqida»), shuningdek tasavvufga oid «Risolayi Najmiya» («Najmuddinning risolasi») kabi asarlar muallifidir. Lekin, Nasafiyning biz uchun eng muxim asari uning «Kitob ul-kand fi tarixi Samarkand» («Samarkand tarixi xaqida kand kitob») asaridir. U «Kitob ul-kand fi ma’rifati ulamoyi Samarkand» («Samarqand olimlarini tanish borasida kand kitob») nomi bilan xam mashhur. Mazkur asarda O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi, uning arab istilochilari tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori atiqalari haqida ma’lumot keltirilgan1. «Kitob ul-qand»ning arabcha asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muxammad ibn Abdujalil ibn Abdumalik ibn Xaydar as-Samarqandiy (XII asr) mazkur asarning qisqartirilgan forscha taxririni yaratgan. V. V. Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild, M., 1973, 257-bet.) Abulfazl Muhammad as-Samarqandiy «Kitob ul-kand»ning forscha taxririga Abulfazl Muhammad as-Samarqandiy al-Idrisiyning (1015 yili vafot etgan) «Kitob komil al-ma’rifat ar-rijol» («Mashxur kishilarni tanish xaqida mukammal kitob») nomli asaridan xam ayrim parchalarni olib kiritgan. «Kitob ul-kand»ning XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Sayd Axmad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha taxriri ham bor. «Kandiyayi xurd» («Kichik qandiya») nomi bilan mashxur bo‘lgan bu asarning qo‘lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent, Dushanbe shaxarlarida xamda chet el (Germaniya, Xindiston, Saudiya Arabistoni) kutubxonalarida saqlanmoqda. «Qandiyayi xurd» bir necha marta toshbosma usulida Samaarqand (1909 i.), Toshkent va Texronda (1955 i.) chop etilgan; bir qismi V. L. Vyatkin (1869—1932 yy.) tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan. XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asr boshlarida o‘tgan tarixchi olimlardan yana biri bu- Faxruddin Muborakshoh Marvarrudiydir. Uning to‘liq ismi: Faxruddin Muhammad ibn Mansur Marvarrudiy; ko‘pincha Faxruddin Muborakshoh va Faxr mudir nomlari bilan mashxur bo‘lgan. Tarjimai xoliga oid ma’lumotlar juda kam. Faxruddin Muborakshohning o‘zi kitobining debochasida, shuningdek, ibn al-Asir va «Xaft iqlim» muallifi Amin Ahmad Roziy keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, otasi xam, o‘zi xam, G‘uriylardan Shahobiddin (yoki Mu’izzuddin) Muhammad (1173—1206 yy.) saroyida xizmat qilgan va o‘z zamonasining keng ma’lumotli kishilaridan (az jumlayi ulamoyi zu funun) xisoblanganlar. Faxruddin Muborakshoh Marvarrudiy 1206 yili o‘zining mashhur «Tarixi Muborakshoh» («Muborakshoh tarixi») asarini yozib tamomladi va Loxurda Giyosiddin Maxmudga taqdim etib, uning e’tiborini qozongan. Asar, muallifning so‘zlariga qaraganda, 13 yil ichida tamomlangan. «Tarixi Muborakshoh» 136 qism (shajara)dan iborat bo‘lib, unda Muhammad payg‘ambar, xulafayi Roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali), ansorlar, muxojir sahobalar, g‘assaniylar, ya’ni Suriya xukmdorlari, Yaman podsholari, johiliyat zamonida, ya’ni islomiyatdan avval o‘tgan shoirlar, saxobalar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podsholari (Peshdodiylar, Kayyoniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Ummaviylar, Abbosiylar, Toxiriylar, Safforiylar, Somoniylar, g’aznaviylar va nixoyat Guriylar tarixi bayon etilgan. Asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarhadlari va Turkistonda ishlab chiqariladigan mol va matolar, ularning xorijiy mamlakatlarda e’tibor qozongan navlari, turk qabilalari va urug‘lari, ularning tili va madaniyati (yozuvlari, urf-odatlari) xaqida boy daliliy ma’lumotlar keltiriladi. «Tarixi Muborakshoh»ning yagona qo‘lyozma nusxasi Angliya (Bodleyan kutubxonasi)da saqlanmoqda. Uning g’uriylar va turkiy xalklar tarixiga oid qismi (matni) mashxur ingliz sharqshunosi Ye. Denisov Ross tomonidan 1927 yili chop qilingan.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi. Ular insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog’i odamlarning o’zaro munosabatining natijasi o’laroq yaratilgan va o’sha zamonlarda yuz bergan ijtimoiy siyosiy voqyealarni o’zida aks ettirgan manba sifatida o’rta asr (X-XII asrlar) tarixini o’rganishda muhim o’rin tutadi. Yozma manbalar ma'lumotlarning kelib chiqishiga qarab, ular taqdim etgan ma'lumotlarning eksklyuzivligi bo'yicha, uni chiqaradigan organga va axborotni uzatish vositalariga ko'ra tasniflanishi mumkin. Yaqin-yaqingacha manbashunoslikda tashqi va ichki manba tanqidini ajratib kelardi, ammo zamonaviy manbashunoslik yodgorlikni har tomonlama, yaxlit o‘rganishga asoslanadi. Manbani ma'lum bir ijtimoiy-madaniy muhit mahsuli sifatida talqin qilishda yozma bo'lmagan manbalar va ularni o'rganuvchi yordamchi tarixiy fanlar: tarixiy landshaftshunoslik, arxeologiya, etnografiya, onomastika (to'g'ri nomlar, shu jumladan geografik nomlar haqidagi fan) ajralmas yordam beradi. San'at tarixi, numizmatika va hokazo. Ishonchli vosita. Jamiyatni turli tomonlardan yorituvchi, bir-birini nafaqat to'ldiradigan, balki to'g'rilab turadigan turli xil va manbalar sinflari ma'lumotlarini birlashtirish usuli o'tmishni bilish usuli bo'lib qoladi. , ko'plab olimlar avlodlari tomonidan sinovdan o'tgan. So'nggi o'n yilliklarda ushbu usul fanlararo tadqiqotlarning rivojlanishi tufayli qo'shimcha turtki oldi. Yozma tarixiy manba, shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. Manba shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. Manbani turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fani shugʻullanadi. Kо‘rib turibsizki, О‘zbekiston tarixining rivojlangan о‘rta asrlar davri tarixi manbalari rang-barang va katta. Ular kо‘p tillarda yozilgan bо‘lib, asosan, arab, fors, turk, mugul va boshqa tillarda yozilgan. Lekin, ularning ichidagi ma’lumotlarni bir yerga tо‘plab о‘rganishning о‘zi bо‘lmaydi. Ularning xammasini bir bitiruv malakaviy ishiga sig‘dirish xam mumkin emas. Shuning uchun, tarixshunos va manbashunos olimlarning diqqat-e’tiborini tortish maqsadida, ularning muhim-muximlariga qisqacha tо‘xtalib о‘tdik, xolos. Biz tarixning manbalarini yaxshi bilmaymiz, ko‘pchiligimiz uni o‘qiy olmaymiz ham. Manbani yaxshi bilgan, bemalol o‘qiy oladigan tarixchilarimiz yetishmaydi. Manbasiz esa tarixni, haqqoniy tarixni yozib bo‘lmaydi. Birinchi Prezidentimizning so‘zlari bilan aytadigan bo‘lsak, «(tarixchilarimizning) talabga javob beradiganlari juda kamchilikni tashkil etadi»1. Til biladigan, manba bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan tarixchilarimiz xozir xam bitta yarimta topiladi. Lekin ular qartayib kolishgan. Agar zarur sharoit yaratilsa, ulardan xam foydalanish mumkin. Lekin, bu bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. Tarix, sharqshunoslik, universitet, pedagogika institutlari tarix fakultetlarida Sharq tillarini o‘qitishga, qo‘lyozma asarlar ustida ishlay bilish malakasini o‘rgatish, ishlash va yetuk manbashunoslar tayyorlash ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarur. O’rta asrlarda yurtimiz tarixiga oid fors-tojik tilida yozilgan asarlar muhim manba hisoblanadi. Ushbu nodir qo’l yozma asarlar bugungi kunda dunyoning ko’plab ilmiy, tarixiy kutubxonalarda saqlanib kelinmoqda. Bugungi kunda nodir qo’lyozma asarlarni o’rganuvchi mutahasislarning kamligi, shunday muhim manbalarning o’rganilmay kelayotganligi o’rta asrlar tarixini haligacha to’liq o’rganilmaganligidan dalolat beradi. Bugungi kuyunda bizning yurtimizdagi Sharqshunoslik institutida, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada, O’z FA huzuridagi Tarix institutida, O’zbekiston milliy arxiv fondlarida X – XII asrlarga oid hujjatlar kam bo’lsada borligi biz uchun tarixni o’rganishda asosiy manbalardandir. Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasida o’zgarishlarning olib borilishi o’laroq o’zga yurtlarda saqanayotgan nodir qo’l yozma asarlarning yurtimizga qaytarish bo’yicha qilayotgan ishlari tahsinga sazavordir. Kelajakda biz yoshlar shunday muhim manbalarni o’rganib tarjima qilish, yosh o’quvchilarga yolg’onlarsiz tarixni o’zgartirmasdan holisona o’rgatish oldimizda turgan maqsadlardan biri bo’lishi shartdir. O’rganilmagan asarlarni o’rganish ushbu sohada yetuk kadr bo’lish burjimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |