Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti qo’lyozma huquqida: udk 37. 04 Jumayeva Farangiz Istam qizi



Download 15,64 Mb.
bet27/62
Sana23.07.2022
Hajmi15,64 Mb.
#840561
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
diss-Farang-2022

II BOB XULOSASI
Masalaning muhimligini inobatga olib, yana bir marta ta’kidlash kerakki, dirijyorning jamoaga yodlaydigan belgilari, signallari, haqiqiy sadolanishdan оldin ro‘y beradi va u dirijyorlik qiluvchining avvaldan ko'rsatadigan aynan o'sha tovush sadolanishini keltirib chiqaradi. Dirijyor ijrochilar jamoasiga uyoki bu vazitani bajarishni oldindan belgilab beradi, o‘z irodasiga bogdiq bo‘lmagan holda pavdo boigan haqiqiy sadolanishni aks ettinnaydiki, bu narsa dirijyorlik san 'ati, ijroga rahbarlik qilish san'ati nuqtai nazaridan yaqqol bema'nilik bo‘ lar edi.
Shunday qilib, dirijyorlik qilishdagi auftakt go'yo chaqmoqlaming uzilmas aloqa zanjiri, dirijyor va ijrochilar o'rtasidagi munosabatning juda kerakli sharti. dirijyor tasawurida yashaydigan tovush obrazidan dirijyor ко‘rsatib bergan haqiqiy sadolanish sari tashlangan ko‘prikdir.
Agar dirijyorlik sau'atining ushbu markaziy jihatiga rioya qilinmasa, agar dirijyorlik jamoaning haqiqiy javob sadolanishidan ilgari kelmasa, uni hayotga chorlamasa unda butun dirijyorlik jaravoni har qanday ma'nosini yo'qotadi, musiqa sadolaii ostidagi gimnastikaga aylanadi, dirijyorlik jarayoni bilan hech qanday umumiylikka ega bo'lmaydi. Dirijyorlik bilan guruhli inashg‘ulotlami shunday musiqa ostidagi gimnastika turiga kiriti sh mumkin afsuski hozirgi kundaham ayrim pedagoglar tomonidan bu amalda qo'llanadi.
III BOB


3. DIRIJYORLIK TEXNIKASI VA UNING DIRIJYOR UCHUN AHAMIYATI


3.1.Dirijyorlikning o’zbek modulidagi kreativ-kompotentligini qo’llash istiqbollari

Dirijyorlik texnikasi dirijyorga harakat orqali ijrochilarga va tinglovchilarga musiqa asarining mohiyatini yetkazib berishda yordam beradi. Dirijyor bilan ijrochi jamoa o’rtasidagi birdan-bir aloqa dirijyorlik texnikasidir. U yoki bu asarni ijro etishda dirijyor o’zining dirijyorlik texnikasi bilan ishtirok etadi. Dirijyorlik texnikasini puxta egallagan rahbar so’zsiz, o’zining dirijyorlik harakatlari bilan xorga talabini yetkazishi mumkin. Bu esa har bir xor rahbarining dirijyorlik texnikasini puxta bilishi kerakligidan dalolat beradi.


San’atda erkin bo’lish uchun texnikani puxta bilish zarur. Lekin biz ijrochini uning texnikasiga qarab baholamaymiz, aksincha, uning texnikani qanday qo’llashiga baho beramiz.
Xor dirijyorligi fanining asosiy masalalaridan biri – o’rganuvchiga dirijyorlik texnikasini o’rgatishdir. Xo’sh, dirijyorlik texnikasi deganda biz nimani tushunishimiz lozim? Bu haqda buyuk dirijyor K.B.Ptitsa shunday deydi: “Dirijyorning harakat sistemasini boshqarishi, xor kollektiviga tushunarli bo’lishi, ijroni boshqarishi, unga xarakter berishi dirijyorlik texnikasi deyiladi”.
Dirijyorlik texnikasi maqsad emas, balki asarning to’liq fikrining bayoni, xorning dirijyorga bo’ysunishidir. Bo’lajak dirijyorga dirijyorlik sirlarini o’rganishda o’qituvchi uning dirijyorlik texnikasiga katta e’tibor berishi kerak, shu bilan birga o’qituvchining umumiy musiqiy rivojlanishini doim nazorat qilishi katta ahamiyatga ega. O’quvchi muloyimlik, egiluvchanlik, qo’llarning erkinligini, bir qator mashqlarni o’zlashtirishi zarur, lekin bunda texnikani birinchi o’ringa qo’yishi mumkin emas, chunki texnika – bu also san’at emas.
Dirijyorlik texnikasini egallash ayniqsa qo’l texnikasini – juda murakkab va uzoq muddat talab etuvchi jarayon, buni o’quvchilarga birinchi navbatda o’qtirish zarur.
Dirijyorlik texnikasiga o’z ustida tinimsiz ishlash orqallli erishiladi. Boshlang’ich dirijyor o’zining tabiiy layoqatiga ishonibgina qolmasdan, balki uyda o’z ustida ishlashi, kerakli natijaga erishishi uchun tinimsiz mehnat qilmog’i zarur. Qo’llarni shunday tarbiyalash kerakki, eng sodda mashqlar qiyinchiliksiz, juda oson, yengil, avtomatik ravishda bajarilishi kerak. Ishni iloji boricha osonlashtirish, osonlik va yengillikka erishish uchun dirijyor yuksak mahorat va qunt bilan bir necha yillar mobaynida shug’ullanishi kerak.
Dirijyorlik texnikasini egallashda jismoniy mashqlar ham katta yordam beradi. Dirijyor irodasi kuchli, chidamli, harakatchan, gavda va nafasni to’g’ri boshqara oladigan bo’lishi kerak. Bu haqda Shari Myuni shunday deydi: “:Dirijyor harakatlarining sof jismoniy kuch talab qiluvchi mashqlari menga gimnastikaning dirijyor uchun qanchalik zarurligining isboti bo’la olishini ochib berdi. Gimnastika jismonan sog’lom bo’lishga yordam beradi, qo’llarning erkin va yengil harakatini ta’minlaydi. Undan tashqari u Jergiyani tejash va charchoqni yengishga o’rgatadi”. Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maxsus sinf o’qituvchilari o’qituvchilarni jismoniy tarbiya, sport bilan shug’ullanishga jalb qilinishlari nur ustiga a’lo nur hisoblanadi.

Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish