Diqqat-faoliyat kо‘rsatish maqsadida tanlangan obyektga (jumladan, muayyan fanga) ongning jamlanish holati.
Tafakkur- bilish va anglashning yuqori shayush bо‘lib, ong-ning о‘zida obyektiv borlikdagi narsa va hodisalarni tashkil qiluvchi qismlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorliklarni aks ettirish.
Kasbga yо‘naltirish-jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan holda, tarbiyalanuvchiga ma’lum bir kasb-hunar о‘rgatishning ma’rifiy jarayoni.
O‘zluksiz ta’lim-tarbiya jarayonining hujayrasi bo‘lib o‘quv materialini rejalashtirishga qo‘yiladigan uslubiy talablar to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega bo‘lish davr talabi.
Ta’lim jarayonni rejalashtirishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
о‘qitish mazmunining qо‘yilgan vazifalarini eng muvaffaqiyatli hal qilishni ta’minlaydigan о‘ziga mos variantini tanlash;
о‘qitishning qо‘yilgan vazifalarni belgilangan vaqt ichida muvaffaqiyatli hal qilishni ta’minlaydigan usullari va uslublarini tanlash;
masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishni, shu jumladan, о‘quvchilarga tabaqali yondashishni ta’minlaydigan tashkiliy shakllarini tanlash
Hozirgi paytda ta’limning muhim jihatlari — ta’lim mazmunini boshqatdan ishlab chiqish, muammoli kamol toptiruvchi о‘qitish, talabalarning о‘qishini yanada faollashtirish, yangi о‘qitish usullarini yaratish, о‘quv materialini rejalashtirish va uni strukturalashtirish kabi muammolar jadal о‘rganilmoqda. Biz fizikadan o‘quv materialini rejalashtirishga qo‘yiladigan uslubiy talablar, dars jarayonida kerak bo‘ladigan meyoriy hujjatlar bilan tanishamiz.
Darsni zamonaviy tarzda tashkil qilish uchun quyidagi meyoriy hujjatlar taxt bo‘lishi shart. Bular ta’lim oluvchilarga bilim berish maqsadida darsga kirish uchun zarur bo‘lgan meyoriy hujjatlar. Shularga qo‘shimcha qilib, o‘tiladigan fan bo‘yicha eng oxirgi darslik va bir qator metodik qo‘llanmalar ham tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Fizikadan o‘quv materialini rejalashtirishga qo‘yiladigan talablardan biri - meyoriy hujjatlar bu namunaviy o‘quv dasturi, ishchi dastur, taqvimiy reja, texnologik xarita, ma’ruzalar matni hamda darslik, o‘quv qo‘llanma va didaktik materiallar majmui hisoblanadi.
Namunaviy o‘quv dasturi ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki tayanch o‘quv muassasalaridagi yirik olimlar tomonidan ishlab chiqiladi. U o‘quv muassasasini bitiruvchilarga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, yuz foiz davlat standarti asosida tuziladi. Uni tuzishda didaktikaning barcha tamoyillaridan foydalanib, u fanning o‘qitilishidan qo‘zlangan asosiy maqsadga mos ravishda bo‘ladi. O‘quv uslubiy majmuaning asosiy elementlaridan biri namunaviy o‘quv dasturidir.
Darsni boshlashdan avval, birinchidan, o‘qituvchi va pedagog qo‘lida o‘z fanidan, mutaxassislar tomonidan tuzilgan hamda mutasaddi vazirliklar tasdig‘idan o‘tgan namunaviy o‘quv dastur bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, shu dasturdan kelib chiqqan holda hamda o‘quv muassasasining yo‘nalishi, moddiy texnika bazasi va o‘qituvchining shaхsiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ishchi o‘quv dasturi tuzilgan bo‘lishi shart. Uchinchidan, mazkur fanni o‘tish uchun berilgan soatlar va tuzilgan, o‘quv jadvalidan kelib chiqib, taqvimiy o‘quv reja tuzilgan bo‘lishi kerak. To‘rtinchidan, ushbu o‘quv fanidan o’tilayotgan har bir dars uchun konspekt yoki ma’ruzalar matni yoki pedagogik texnologiya asosida darsning loyihasi tuzib chiqilgan bo‘lishi lozim. Shular bilan bir qatorda, har bir darsning ishlanmasi va texnologik xaritasi bo‘lishi ham kerak. Pedtexnologiya asosida darsning loyihasi tuzilgan bo‘lsa, texnologik harita talab qilinmaydi. Chunki u loyihaning ichiga kiritilgan bo‘ladi. Aytilgan meyoriy hujjatlarga yana ko‘rgazma qurollar, tarqatma materiallar va boshqa bir qator didaktik meteriallar talab qilinadi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ish mavzulari, konsultatsiya va qoldirilgan darslarni qayta topishirish jadvali, baholash mezonlari, nazorat va test savollari jamuljam bo‘lishi shart.
Ishchi o‘quv dastur-namunaviy dasturdan kelib chiqib, muayyan o‘quv muassasasining yo‘nalishidan hamda ushbu fanni o‘qiydigan pedagogning imkoniyatidan kelib chiqqan holda, pedagog tomonidan tuziladi va avval o‘quv muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi, tasdig‘idan o‘tadi. Bu pedagogning darsga olib kiradigan ikkinchi meyoriy hujjatidir [9].
Taqvimiy o‘quv reja - o‘quv muassasasida tuzilgan jadval va ishchi dasturida ko‘rsatilgan mavzular asosida tuzilib, pedagogning dars o‘tishi yoki ma’ruza o‘tish va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishining oy va kunlar bo‘yicha tartibini ko‘rsatadi.
Konspekt yo ma’ruzalar matni, yoki dars loyihasi. Dars yangi bilimlarni berish uchun an’anaviy og’zaki uslubda olib borishga mo‘ljallangan bo‘lsa, pedagogning qo‘lida konspekt yoki ma’ruzalar matni bo‘lishligi talab qilinadi. Bu o‘quv-metodik majmuaning asosiy unsurlaridan biri. Agar dars pedagogik texnologiya asosida olib borilsa, pedagogning qo‘lida shu darsning loyihasi bo‘lishi shart.
Dars ishlanmasi. Agar dars pedagogik texnologiya asosida olib borilmaydigan bo‘lsa, pedagogning qo‘lida konspekt yoki ma’ruzalar matnidan tashqari, darsning ishlanmasi bo‘lishligi talab qilinadi. Dars ishlanmasida mavzuning nomi, darsning maqsadi, kutilayotgan natija, darsda bermoqchi bo‘layotgan asosiy g‘oya, tayanch tushunchalar, darsning jihozlari va darsning rejasiga an’anaviy tarzda — tashkiliy qism, avvalgi mashg‘ulotda egallangan bilimlarni mustahkamlash va bugungi beriladigan bilimlarga ko‘prik o‘rnatish maqsadida takrorlash, yangi dars mazmunini tushuntirish, guruhlarda ishlash, musobaqalar tashkil qilish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish degan unsurlarni kiritish lozim.
Texnologik haritaning birinchi ustunida mavzuning nomi, o‘quv jarayonining mazmuni, o‘quv jarayonini amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar va ularning tizimi, kutiladigan natijalar o‘z ifodasini topishi kerak. Ikkinchi ustunda birinchi ustunda qo‘yilgan savollarga chuqur o‘ylab turib javoblar beriladi.
Pedagog qo‘lida bo‘lishi talab qilinadigan hujjatlar ichida quyidagilar ham bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Darslik-yuqorimalakali va tajribali olim hamda pedagoglar tomonidan tuzilib, yuz foiz namunaviy dasturdagi g‘oyalardan hamda didaktika tamoyillaridan kelib chiqib yaratiladi. Darslik o‘qituvchi pedagoglarga va talabalarga asosiy o‘quv quroli hisoblanib, oddiy va hammaga tushunarli adabiy tilda yoziladi. Darslik barchaga umumiy yoki oliy o‘quv muassasasining xususiyatlaridan kelib chiqib maxsus bo‘lishi mumkin.
O‘quv qo‘llanmalar, asosan, tajribali pedagoglar tomonidan yozilib, faqat o‘qituvchi va pedagoglarga qo‘shimcha o‘quv quroli bo‘lib xizmat qiladi.
Metodik qo‘llanmalar: mazkur fanni o‘qitish metodikasi, shu fanda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish metodikasi, kurs ishlarini bajarish metodikasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Didaktik materiallar- pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlangan bo‘lib, u dars mazmunini to‘la ifodalash va o‘quvchi-talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi. Bularga har turli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o‘yinlar va hokazolar kiradi. Didaktik materiallar ham didaktikaning tamoyillariga mos ravishda yaratiladi [8].
Do'stlaringiz bilan baham: |