Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi matnazarov nodirbekning fizika o’qitish metodikasi fanidan darsni rejalashtirish va o’qituvchining unga



Download 182,53 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2022
Hajmi182,53 Kb.
#878392
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Matnazarov Nodirbek 2-G fizika

Kurs ishining dolzarbligi : Hozirgi kundadarsni rejalashtirish va unga pedagogning tayyorligi o’z qiymatini yo’qotmoqda. Bu albatta, darsni sifatsizligidan dalolat beradi. Zero «Sifatsiz o’tilgan har bir soat dars kelajakka qilingan ulkan xiyonatdir».Xulosa qilib aytganda talaba hozirgi axborotlar makonida zarur va kerakli ma’lumotlarni mustaqil ola olmaydi, u adashishi mumkin, unga yo’l ko’rsatuvchi esa albatta pedagog hisoblanadi. Lekin, talaba doim ham o’qituvchiga suyanib qolmasligi kerak.
Kurs ishining maqsadi: Fizika ta’limi murakkab, takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan sistema hisoblanadi. Bu sistemani o’rganish va tushunishni osonlashtirish uchun fizika ta’limida o’quv mashg’ulotlarini qiziqarli va mazmunga ega qilib tashkil qilish albatta pedagogdan mahorat va tajriba talab qiladi. Kurs ishining maqsadi pedagogni darsni mazmunli tashkil qilish, oldindan puxta rejalashtirilgan dars ishlanmasi bilan darsni qiziqarli ma’lumotlarga to’ldirib olib borish va sifatli ekanligini ta’minlashhisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari: Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
Darsni oldindan rejalashtirish va uning mazmunini qiziqarli tashkil etish;
Dars o’tish uchun pedagogning tayyorgarligi ;
Dars jarayonida o’quv materiallaridan foydalanish.

2.1. Darsni rejalashtirishda qo’yiladigan talablar
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik - talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbivaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviymasalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat- e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik, shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish,«rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o’zib ketish» darajasidagi o’quv mashg`ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag`batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg`ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi .
Darsni rejalashtirish bosqichlari: darsning maqsadi va turini aniqlash, uning tuzilishini rivojlantirish; o'quv materialining maqbul tarkibini tanlash; talaba darsda tushunishi va eslab qolishi kerak bo'lgan asosiy materialni ajratib ko'rsatish; darsning maqsadi va turiga muvofiq texnologiya usullarini, vositalarini, o'qitish usullarini tanlash; sinfda o'quvchilar faoliyatini tashkil etish shakllarini, tashkil etish shakllarini va ularning mustaqil ishlarining maqbul hajmini tanlash; tekshiriladigan talabalar ro'yxatini aniqlash; dars natijalarini xulosa qilish shakllari, mulohaza yuritish; uy vazifalarining shakllari va hajmini aniqlash; dars rejasini ro'yxatdan o'tkazish [5].


Download 182,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish