Oliy va о‘rta maxsus ta’lim



Download 228,66 Kb.
bet3/9
Sana27.06.2022
Hajmi228,66 Kb.
#707971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAKROTAHLIL KI Usl.qollanma

3. KURS ISHIGA MAVZU TANLASH

Talabalarga tavsiya etiladigan kurs ishlari mavzulari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” fani dasturiga muvofiq tarzda kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida kо‘rib chiqilib, yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Talabaga kafedra tomonidan tavsiya etilgan mavzular tarkibidan istalgan mavzuni tanlab olish huquqi beriladi.


Ayrim hollarda talaba, kurs ishiga rahbar etib tayinlangan professor-о‘qituvchi va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda, kurs ishi mavzulari rо‘yxatiga kirmagan mavzuni tanlashi (agar bunga asos bо‘lsa) mumkin.
Odatda, kurs ishlari mavzulari rо‘yxatidagi mavzular soni akademik guruhdagi kurs ishini bajaradigan talabalar sonidan 2 barobar ortiq bо‘ladi va bu holat talabalarning mavzularni tanlash imkoniyatini beradi. Shu sababli bir akademik guruhdan bir necha talaba bitta mavzuni tanlamagani maqsadga muvofiq (kurs ishlarining namunaviy mavzulari ushbu kо‘rsatmalarning 2-ilovasida keltirilgan).
Kurs ishi mavzusini tо‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega, u yoki bu mavzuni tanlab olish tasodifiy bо‘lmasligi lozim. Ayrim talabalar mavzu tanlashdek muhim bosqichga jiddiy yondashmaydilar, natijada tasodifiy biror mavzuni olib, bir qancha vaqt о‘tgach, qator qiyinchiliklarga uchrab hamda qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, sо‘ng kafedraga mavzuni о‘zgartirishni sо‘rab murojaat qiladilar.
Shuningdek, ba’zi talabalar duch kelgan mavzuni tanlab, mavzu ustida yuzaki, hech bir tashabbus va izlanishsiz ishlaydilar. Bunday sovuqqonlik va loqaydlikdan, e’tiborsizlik va sustkashlikdan umumiy ish faqat zarar kо‘radi, kurs ishini bajarishdan kо‘zlangan maqsadga erishilmaydi.
Mavzuni tanlashga har bir talaba u yoki bu mavzuga ilmiy va amaliy qiziqishlarini, ilmiy tо‘garaklardagi avvalgi ishtirokini hisobga olib, maxsus о‘quv adabiyotlari bilan tanishuvi yoki oliy ta’lim muassasasigacha orttirgan ish tajribasiga tayangan holda yondashgani ma’qul.
Bundan tashqari, kurs ishi mavzusini talaba kelgusida yozajak bitiruv-malakaviy ishining mavzusi va yо‘nalishini hisobga olgan holda tanlagani maqsadga muvofiq, chunki kurs ishi, ma’lum ma’noda, malakaviy ishda kо‘tariladigan masala va muammolarning nazariy asosini tashkil qiladi.
Muxtasar aytganda, kurs ishining mavzusini tanlashda qanday omil asos bо‘lishidan qat’i nazar, bu tasodifiy emas, asoslangan va tо‘g‘ri qabul qilingan qaror bо‘lishi kerak. Talaba о‘z ilmiy rahbariga, nafaqat, о‘zi tanlagan kurs ishining mavzusini, balki aynan shu mavzuni tanlash sababini ham izohlashi tavsiya etiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda kafedra professor-о‘qituvchilarning yordami katta ahamiyatga ega. Mazkur fandan amaliy mashg‘ulotlar olib boruvchi professor-о‘qituvchilar yakka tartibda va guruh bо‘yicha maslahat soatlari uyushtirishi maqsadga muvofiq. Unda о‘qituvchi talabalarni dolzarb mavzular bilan yaqindan tanishtiradi, ayrim mavzularning dolzarbligi va mazmuni haqida axborot beradi, shuningdek, talabalarni tavsiya etilayotgan mavzularning muammoli jihatlarini yoritishga yо‘naltiradi, talabalarga jiddiy va har tomonlama о‘ylab mavzu tanlash maqsadida tegishli о‘quv adabiyotlarining tegishli boblari bilan tanishib chiqish, huquqiy-meyoriy manbalarni о‘rganish, amaliyotdagi mavjud holatni tahlil qilish kabi tavsiyalarni beradi.

  1. Download 228,66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish