О‘QUV ADABIYOTLARINI О‘RGANISH VA AMALIY
MA’LUMOTLARNI TО‘PLASH
Kurs ishi mavzusi bо‘yicha reja tuzilib va ilmiy rahbar bilan tuzilgan reja xususida kelishib olingach, tо‘plangan о‘quv adabiyotlarini yaqindan о‘rganish va asosiy nazariy xulosalarni konspektlashtirishga kirishish mumkin. Bu bosqichda talaba о‘quv adabiyotlaridan tegishli mavzularni chuqur va har tomonlama о‘rganishi va shu tariqa tо‘plagan bilimlarini kurs ishining rejasiga asoslangan holda guruhlab olishi lozim. Talaba о‘quv adabiyotining u yoki bu bо‘limini о‘rganib chiqib, tо‘plangan ma’lumotlarni kurs ishining qaysi paragrafida aks ettirishni о‘ylab kо‘rishi kerak. Bu ishni avval kurs ishi bо‘yicha tavsiya etilgan darsliklar va о‘quv qо‘llanmalarni о‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq, sо‘ng ilmiy tadqiqot ishlari va amaliy qо‘llanmalarni о‘rganib chiqish mumkin.
Bundan tashqari, о‘rganilayotgan mavzuga taalluqli bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, ma’ruzalari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, amaliyotda qо‘llanilayotgan yо‘riqnomalar va huquqiy-meyoriy hujjatlarni о‘rganib chiqish va kurs ishining reja savollarini yoritishda ulardan foydalanish kurs ishini yozishga qо‘yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi. Bu borada О‘zbekiston Respublikasining huquqiy-meyoriy xujjatlari va har yili uchun qabul qilinadigan “О‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va boshqa qonuniy- huquqiy va meyoriy xujjatlarni tegishli tarzda о‘rganib chiqish va kurs ishini yozish jarayonida ulardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, Prezident asarlaridan foydalanish, ularda belgilab berilgan vazifalarning bajarilish darajasini mavzuga bog‘lab о‘rganish va kurs ishida maqsadga muvofiq aks ettirish tavsiya etiladi.
Kurs ishida bahs-munozarali, muammoli masalalarga alohida о‘rin ajratish kerak. Bu boradagi vazifa shundan iboratki, turli mualliflarning u yoki bu iqtisodiy kategoriya yoki iqtisodiy voqelik xususidagi qarashlarini, ularning qay tarzda asoslanayotganligini о‘ylab kо‘rib, ishda tо‘g‘ri aks ettirib, talaba bu boradagi о‘z nuqtai-nazarini bayon qilishi va asoslab berishi ayniqsa muhimdir. Bu maqsadlarda vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlarning materiallarini, shuningdek, iqtisodchi olimlarning mavzuga taalluqli ilmiy monografiyalarini о‘rganib chiqish lozim bо‘ladi.
Iqtisodiy mavzuda bajarilgan kurs ishi, agar unda tegishli amaliy, statistik ma’lumotlar keltirilmasa va ularning tegishli tartibdagi tahlili berilmasa, bunday ishlar ijobiy baholanmaydi, chunki, iqtisodiy jarayonlarning о‘zgarish qonuniyatlarini, о‘sish yoki sustlashish tendensiyalarini, muayyan kо‘rsatkichlarning о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni faqat raqamlar orqali, ularni solishtirish, baholash, monitoring va tahlil qilish orqali kо‘rsatish mumkin. Bu maqsadda statistik tо‘plamlar, iqtisodiy jurnallardagi iqtisodiy jarayonlarning yillar va choraklar bо‘yicha о‘zgarishini xususiyatlovchi statistik kо‘rsatkichlardan, davlat organlarining (masalan, О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xо‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi, Davlat bojxona qо‘mitasi, Moliya vazirligi va G‘aznachiligi, Statistika qо‘mitasi kabi) rasmiy Internet-saytlaridagi rasmiy ma’lumotlaridan foydalanish va ularni jadvallar, diagrammalar, grafiklar, chizmalar tarzida jamlab, kurs ishida aks ettirish lozim.
Shuningdek, mavzuga mos ravishda alohida olingan iqtisodiy subyektlar, davlat, nodavlat, tijorat va notijorat tashkilotlar, boshqaruv va nazorat organlari, davlat boshqaruvi idoralari va byudjet tashkilotlari va muassasalarining hisobot ma’lumotlaridan foydalanib, о‘rganilayotgan sohaning yoki byudjet mexanizmining alohida bir dastak-vositasining mohiyatini, uning harakatini, samaradorlik darajasini ochib berish mumkin. Bu ma’lumotlarni oxirgi 3 yil bо‘yicha keltirish maqsadga muvofiq.
Agar tanlangan mavzu nazariy xususiyatga ega bо‘lsa, keltirilgan raqamli ma’lumotlar nazariy xulosalarning ishonarli kо‘rgazmasi va isboti bо‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |