Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish. Kurs ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy qо‘llanma. (Oliy ta’limning 5230100–“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun) – Qarshi-2021.
Ushbu uslubiy qо‘llanma “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi yig‘ilishida (bayonnoma №___, “______” 2021 y.), “Iqtisodiyot” fakulteti uslubiy komissiyasida (bayonnoma №____, “_____” 2021 y.), “Iqtisodiyot” fakulteti kengashi yig‘ilishida (bayonnoma №___, “_____” 2021 y.), institut uslubiy Kengashida (bayonnoma №____, “_____” 2021 y.) hamda institut ilmiy Kengashida (bayonnoma №____, “______” 2021 y.) kо‘rib chiqilgan va chop etishga ruxsat etildi.
1.
|
Kirish
|
|
2.
|
Umumiy qoidalar
|
|
3.
|
Kurs ishiga mavzu tanlash
|
|
4.
|
Tanlangan mavzu bо‘yicha о‘quv adabiyotlar bilan dastlabki tanishish
|
|
5.
|
Kurs ishining rejasini tuzish
|
|
6.
|
О‘quv adabiyotlarni о‘rganish va amaliy ma’lumotlarni tо‘plash
|
|
7.
|
Kurs ishini yozish va rasmiylashtirish
|
|
8.
|
Kurs ishini himoya qilish
|
|
9.
|
Baholash tartibi va mezonlari
|
|
10.
|
Kurs ishlari mavzularining rо‘yxati
|
|
11
|
Kurs ishining namunaviy titul sahifasi
|
|
12
|
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar rо‘yxati
|
|
13
|
Kurs ishining ayrim mavzulari bо‘yicha namunaviy rejalar
|
|
14
|
Kurs ishida keltiriladigan jadval, chizma va rasmlardan
namunalar
|
|
15
|
Kurs ishida keltiriladigan diagramma, gistogramma va
grafiklardan namunalar
|
|
KIRISH
Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan asosiy fanlardan kurs ishlarini bajarish – о‘quv jarayonining zaruriy elementi hisoblanadi. Talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish kо‘nikmalarini tarbiyalash, tanlangan mavzuni mustaqil ravishda chuqur о‘rganish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy, nazariy va amaliy xulosalarni shakllantirish va pirovardida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda kurs ishlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur uslubiy qо‘llanma О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” fani о‘quv dasturi asosida yozilgan.
Mazkur uslubiy qо‘llanmada keltirilgan kurs ishi mavzulari О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichidagi dolzarb muammolar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari hisobga olingan holda mamlakatimizning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan.
Uslubiy qо‘llanma “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish” fani bо‘yicha kurs ishi mavzulari namunalarini, talabalar uchun kurs ishini
bajarishga oid tavsiyalarni, kurs ishiga rahbarlik qilish va himoya etish tartibi yuzasidan vazifalarni hamda tavsiya etilgan adabiyotlar rо‘yxati keltirilgan.